7
Kirish so`zi o`rnida
Mamlakatimizda barcha aholining 97 foizi
oilalarga birlashib yashaydi,
qolgan uch foizi
–
ya’ni
,
yolg’iz
qolgan keksalar, ota-onadan yetim bo`lib qolgan
va Mehribonlik uylarida tarbiyalanayotganlar, boshqa yurtdan kelib vaqtinchalik
O`zbekistonda istiqomat
qilayotganlar ham oila
a’zolari
, yaqinlari, yurtdoshlari,
turli davlat va nodavlat tashkilotlaridagi insonparvar odamlarning mehridan
darig’
emas. SHu
ma’noda
oila
–
inson o`z
baxti va saodati, orzu-havaslari, maqsad-
muddaolarini
mushtarak qilgan, o`zini inson sifatida idrok etib hayot nashidasini
suradigan muqaddas makondir.
Oila
–
ijtimoiy institutlarning eng qadimgisidir. Insoniyat boshidan kechirgan
tarixiy davrlarning qanchalik turfa va murakkab bo`lishiga qaramay, ayniqsa, XIX
va XX asrlarda ro`y bergan buyuk o`zgarishlar va islohotlarga dosh bera olgan
ushbu maskan o`z tizimi, tarkibi va jamiyat oldida turgan majburiyatlarini bajarishi
nuqtai
nazaridan
sog’
omon saqlanib qolgan tuzilmadir. Oilani insonlar tashkil
etgani va undagi hayot-mamotni ular o`rtasidagi o`zaro munosabatlar tashkil
qilishini hisobga oladigan bo`lsak, uni sof psixologik jarayonlar maskani ham deb
atash mumkin.
Oila
–
jamiyatning ajralmas bo`lagi.
Biror bir xalq, millat yoki jamiyat
yo`qki, u o`zining rivojlanish tarixida va taraqqiyot istiqbolini belgilashda oila va
uning atrofidagi muammolarni, qadriyatlarini inobatga olmagan bo`lsa. Har qanday
istiqbol oilaning manfaatlaridan ayro tasavvur qilinmaydi. Zero, har bir inson
uchun oila
–
bu
umrning boshlanishi, barcha narsalarning muqaddimasidir.
Qolaversa, har bir inson o`z baxti va saodatini eng avvalo oilasi bilan
bog’laydi
,
ya’ni
, o`z uyi, oilasida baxtli bo`lgan insongina o`zini to`laqonli bahtiyor his etadi.