4-bob. Oilaviy munosabatlar psixologiyasi
4.1. Er-xotin munosabatlarining shakllanishi
Oilaviy munosabatlar attraktsiyasi
.
Oila
a’zolari
o`rtasida sodir bo`ladigan
murakkab va serqirrali o`zaro munosabatlar ko`plab olimlar, shu jumladan,
o`zbekistonlik olimlar (
M.Davletshin,
G’
.SHoumarov, E.
G’oziev
, B.Qodirov,
X.Karimov, N.
Sog’inov
, F.Akramova, G.Yadgarova, M.Salaeva, D.Xoliqov
va
boshqalar) tomonidan o`rganilgan. Ularda ko`proq o`zbek oilasiga xos urf-odatlar,
udumlar,
an’analar
nuqtai nazaridan oilaviy munosabatlarning etnopsixologik
qirralari tadqiq etilgan. Lekin oila institutini ijtimoiy voqelik sifatida uning
qonuniyatlarini tahlil etar ekanmiz, bu o`rinda biz oilaviy o`zaro munosabatlarga
xos bo`lgan munosabatlarning psixologik tabiatiga, kelib chiqishi va dinamikasiga
e’tiborni
qaratgan ko`plab tadqiqotlarda ilgari surilgan
ma’lumotlarni
keltirishni
joiz deb bildik. SHu nuqtai nazardan oilaviy munosabatlar fenomenologiyasi
ijtimoiy-psixologik izlanishlar
ob’ekti
sifatida o`rganilgan bir qator tadqiqotlar
natijalariga murojaat qilamiz.
Oiladagi ijtimoiy munosabatlar va ularning kelib chiqish qonuniyatlarini
batafsil monografik tarzda o`rganganlardan biri rus olimi
L.Ya. Gozman
(1987)
hisoblanadi. U bu qonuniyatlarni ilmiy jihatdan tahlil etish uchun attraktsiya
tushunchasini ishlatgan.
Attraktsiya
inglizcha
attraction
–
tortilish, intilish
so`zlaridan olingan bo`lib, u bir insonning ikkinchi bir insonga nisbatan his
qiladigan ijobiy munosabatini anglatadi. Har qanday ana shu zayldagi diadik,
ya’n
i, diada
–
ikki kishi o`rtasidagi munosabatlarning boshlanishi simpatiya,
yoqtirish yoki attraktsiya bilan
bog’liqdir
.
Gozman
ning
ta’kidlashicha
, juftlik munosabatlarida attraktsiyaga turtki
bo`luvchi omillarning eng muhimi
–
bu sherikning tashqi, jismoniy jihatdan
yoqimtoyligi va uning ijtimoiy-demografik xususiyatlaridir.
Ya’ni
, bir ko`rishda
yoqtirib qolish, uning xusniga rom bo`lish kabilar attraktsiyaning dastlabki
bosqichi bo`lib, bu aslida odamlar ongidagi bir
bid’atga
,
ya’ni
chiroyli odam aqlli
va ahloqli bo`lishi
to`g’risidagi
tasavvurlarga
bog’liqdir
. Ayniqsa, bunday tasavvur
xotin-qizlarga nisbatan qo`llanilishi isbotlangan. Buni muallif grafik shaklida
U
–
69
simon egrilik tarzida tasavvur etadi (4.1-rasm).
4.1
–
rasm. Yoqtirib qolishning tashqi yoqimtoylikka
bog’liqligi
Yoqtirib qolishga turtki bo`luvchi ijtimoiy-demografik xususiyatlarga eng
avvalo insonning jamiyatda tutgan o`rni, ijtimoiy maqomi,
ma’lumoti
darajasi,
kasb-kori, moddiy
ta’minlanganligi
, millati va diniy
e’tiqodi
, qaerda, kimlar bilan
yashashi kabilar kiradi. Ko`pincha ayni shu belgilar yoki xususiyatlar bilan yaqin
bo`lgan insonlar o`zaro bir-birlarini tezroq yoqib qoladilar, chunki o`xshash
belgilar yoki ko`ngildagi sifatlarning sherikda, tanishda mavjudligi unga nisbatan
ijobiy fikr-mulohazalarning shakllanishiga, stereotiplarning yaxshi
ma’noda
uyg’unlashishiga
zamin yaratadi.
Bundan tashqari, yoqtirib qolishga shaxsning qadriyatlari tizimi, hayotdagi
maqsadlarining mushtarakligi, bajarayotgan ijtimoiy rollarining yaqinligi,
omadlilik kabi qator jiddiy sifatlar ham turtki bo`ladi. SHuning uchun talabaning
talabani yoqtirib qolishi, tibbiyot xodimining aynan shu sohada ishlaydigan
odamni bir ko`rishda
“
sevib qolishi
”,
safarda birga bo`lganlarning yoki dam olish
maskanlarida tanishib qolganlar o`rtasida romantik munosabatlarning
uyg’onishi
ehtimoli ko`proqdir.
Bir ko`rishda yoqtirib qolish jarayonining jiddiyroq munosabat-larga
aylanishini tushuntirish uchun olimlar
“
uch fil
ь
tr nazariyasi
”
ni ilgari suradilar (4.2
Ё
қти
ри
б
қоли
ш
Ташқи ёқимтойлик
70
–
rasm).
4.2
–
rasm. SHeriklik munosabatlarining dinamikasini ifodalovchi
“
uch fil
ь
tr
”
nazariyasi
1-fil
ь
tr
bir insonning boshqa bir insonni bevosita o`ziga qaratishi bilan
bog’liq
jarayon bo`lib, bunda yangi tanishning tashqi jozibasi, bir qarashda ko`zga
tashlanadigan sifatlari (masalan, qiz bolaning sochi uzun, ko`zi moviy, yigitning
bo`yi uzun, alp qomat kabi) asosiy rol
ь
o`ynaydi. Bunday munosabatlar
ko`pchilikka xos,
ya’ni
aksariyat odamlar turli vaziyatlarda boshqa bir odamni
yoqtirib qolaveradi. Agar bir-birini o`zaro yoki bir tomonlama yoqtirish
mobaynida sherikning ijtimoiy-demografik xususiyatlari ham kutishlarga mos,
ma’qul
kelib qolsa, munosabatlar 2-fil
ь
trga o`tadi. Agar yangi tanishlarning
ijtimoiy-psixologik, shaxsiy xususiyatlari va hayotiy maqsadlari ham bir-birlariga
ma’qul
kelsa,
uyg’un
munosabatlar 3-fil
ь
trga ham o`tadi. Har bir fil
ь
trdan o`tishda
sheriklar bir-birlari uchun o`zlarining yangidan yangi qirralarini ochaveradilar.
Ya’ni
, yangidan topishgan, bir-birini yoqtirib qolgan odamlar uchun muhim
bo`lgan asosiy narsa o`xshashlikni qidirish va ularni inobatga olgan holda o`z
munosabatini bildirishga intilishdir. Boshqa bir yo`nalish
–
bu sherigida o`zida
yetishmayotgan, o`zida mavjud bo`lmagan sifatni topish va uni o`zidagi sifat bilan
uyg’unlantirishga
intilish. Masalan, o`zi o`ta tortinchoq bo`lgan qizga dadil, gapga
chechan yigitning yoqib qolishi ko`p kuzatilgan.
Uchinchi yo`nalish ikkinchiga yaqin,
ya’ni
, yangi tanishda o`zidagi mavjud
sifatlarning qarama-qarshisini izlash, masalan, yigit kamgap bo`lsa, shaddot,
sergap qizni yoqtirib qoladi. Bu kabi kemtiklarni sherigi orqali to`ldirishga intilish,
1-
фильтр
2-
фильтр
3-
фильтр
71
ularga kelajakdagi munosabatlarda anchagina egiluvchan bo`lish va har biridagi
yaxshi sifatlarni qadrlashni o`rgatadi.
|