|
Romantik sevgida munosabatlarning rivojlanishiBog'liq оила психологияси китоб4.2. Romantik sevgida munosabatlarning rivojlanishi
R
omantik sevgi
–
ikki kishi o`rtasidagi munosabatlarning eng ko`p tarqalgan turi
hisoblanadi. Olimlarning fikricha, romantik sevgi
–
eng kam anglanadigan,
odamning biologik ehtiyojlari bilan
bog’liq
munosabatlardir. Bunday
munosabatlarning eng muhim jihati shundaki, ikkala tomon ham bir-birlaridan
o`zlari ko`rishni xohlagan sifatlarni qidiradi va ko`radi. SHu bois ham ko`pincha
romantik his-
tuyg’ularga
asoslangan munosabatlarning umri qisqa bo`ladi, chunki
real xulq-atvor bilan ideal tasavvurlar o`rtasida ziddiyat, nomutanosiblik paydo
bo`lishi mumkin. Ayni shu munosabatlarning salbiy oqibatlari odamni qiynaydi,
hayotdan umidsizlikni, boshdan kechirgan hissiyotlari
yolg’onligini
anglash unda
juda qattiq aziyatlarni keltirib chiqaradi. Lekin bir yomonning bir yaxshisi bo`ladi,
deganlariday, boshdan kechirilgan azoblar odamni shaxs sifatida takomillashuviga,
ichki hissiyotlarning ko`p qirrali bo`lishiga olib keladi. Masalan, tashqi
ko`rinishiga
bee’tibor
bo`lgan qiz bir yigit bilan romantik hissiyotlarga berilib
qolib, toshoyna oldidan ketmaydigan, toza, orasta yurishga odatlanadigan,
kiyimlarni ham hamisha bejirim kiyishga o`rganib boradi. Sevgilisiga yoqishni
astoydil xohlagan yigit esa ayrim zararli odatlaridan, masalan, dangasalik, ko`p
uxlash, tamaki chekish kabilardan voz kechib, yangidan turmush tarzini boshlashga
azmu-qaror qilishi tabiiy. Yoki institutda o`qishni o`ziga ep ko`rmagan yigit talaba
qizni sevib qolib, u o`qiydigan oliygohga ne-ne mashaqqatlar bilan kirib o`qigani
bilan
bog’liq
misollar ham hayotda talaygina uchraydi.
L. Kameron-Benjler
(1993) ning fikricha, romantik sevgi hissi
rivojlanishining
7
bosqichi bo`lib, unga quyidagilar kiradi:
|
| |