84
ma’naviy
qo`llab-quvvatlashna doir qo`shimcha chora-tadbirlar
to`g’risida”
gi
Farmonidir. Farmonning ijtimoiy hamda tarixiy ahamiyati shundaki,
unda yosh
oila mustahkam va unda tarbiyalanayotgan farzandlarning
sog’
-salomat
uylag’ishlariga
oid barcha eng muhim vazifalar belgilab berilgan. Xususan, ko`p
bo`g’inli
va ko`p farznadli oilalar soni nisbatan ko`p bo`lgan bizning sharoitimizda
Prezident Farmoni bo`yicha yosh oilalarning maishiy turmush sharoitini
yaxshilash, kam
ta’minlangan
oila farzandlarining nikohdan o`tishi va to`y
marosimlarini o`tkazishda qo`shimcha moddiy yordam ko`rsatish, kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik bilan
shug’ullanishni
xohlaganlar uchun, uy-joy qurilishi,
ta’mirlash
va sotib olish uchun, uy ho`jaligini yo`lga qo`yish, mebel
ь
va boshqa
uzoq muddat foydalaniladigan hayotiy zarur tovarlar uchun ipoteka,
iste’mol
kreditlarining imtiyozli tarzda berilishi kabi tadbirlar oila mustahkam va baxtli
hayot kechirishini kafolatlovchi muo`im masalalardir.
Oxiri statistik
ma’lumotlarga
qaraganda, O`zbekistonda yiliga o`rtacha 175-180 mingdan ortiq
nikohlar qayd etiladi. Umumiy oilalar miqdoriga nisyubatan qaralganda yosh
oilalar salkam 40 foizni tashkil etadi. Demak, oila sonining ko`pligi ular orasida
moddiy va
ma’naviy
jihatdan qo`llab-quvvatlashga muhtojlari ham bo`lishi tabiiy
ekanligini ko`ratstadi va xukumatimiz va shaxsan Prezidentimizning bu boradagi
siyosati aynan yosh oilaning manfaatlarini himoya qilish yo`lidagi
say’i
-
harakatlardan biridir.
Albatta, yosh oila borasidagi eng muhim masalalardan biri
–
yoshlarning
o`zaro munosabatlari va ularning yangicha munosabatlar tizimiga ko`nikishi
masalasidir. CHunki romantik sevgi, bir-birini yoqtirish bosqichidan o`tgan
yoshlarning endi yangi oilaviy hayot tamoyillari asosida kundalik hayotni boshdan
kechirishiga muayyan qiyinchiliklar bo`lishi tabiiy. Yigit-ku o`z uyida, ota-onasi
yaratib bergan sharoitda yashaydi. Moslashuv jarayonidagi qiyinchiliklarning eng
og’iri
kelinchakning bo`yniga tushadi. U boshdan kechiradigan muammolardan
biri esa
–
yangi oila
a’zolari
bilan
muomala maromlarini
to`g’ri
o`rnatishdir.
To`g’ri
, to`ydan keyin turkona, o`zbekoana urq-odatga ko`ra qizning onasi va
uning yaqin qarindoshlari kelinchakni
“
yo`qlaydi
”, ya’ni
, pishir-kuydir qilib, qiz
85
o`z xonadonida suygan taomini pishirib, yangi kelin tushgan xonadonda dasturxon
yuboriladi. Albatta, bu kabi azaliy urf-odatni asosida yotgan muhim sabablar
bo`lib, birinchisi, yangi muhitga tushib qolgan qiz bu yerdagi issiq-sovuqqa tez
ko`nikib ketolmasligi, taom tanavvul qilishda keskin o`zgarish bo`lmasligi
uchun
to ko`nikkuncha, bir necha kun o`z xonadonidan ovqat yuborish va shu orqali uni
“
yupatish
”
bo`lsa, ikkinchi
ma’nosi
–
ota-ona qizini unutmaganligi, hanuz unga
mehrli munosabatda ekanliklarini izhor qilishdir. Bu kabi munosabatlarning
saqlanishi qisman bizning hozirgi sharoitimizda ham o`zini oqlaydi, lekin yo`qlov
bahonasida
tog’oralarda
ovqat-oziqning xadeb kuyov uyiga jo`natilishi, ortiqcha
dabdabalarga yo`l qo`yilishida umuman mantiq yo`q. CHunki hozir ko`pchilik
onalar oila yumushidan tashqari davlat va jamoat muassasalarida xizmat qiladilar.
Ular uchun bunday tashvishlar ortiqcha, ikkinchidan, qizlar ilgarigiday juda erta
turmush qurmaydigan va o`qish, ish bahonasida
turli taomlarni yeyishga
yoshlikdan o`rgangan sharoitda ularning oshqozonlari yangi xonadonda ham
birday ishlayveradi.
Ya’ni
, yosh oilaning mustahkam bo`lishiga rahna soluvchi
omillardan biri hisoblanmish ortiqcha ovoragarchiliklar, dabdabali tushliklarning
ikkinchi xonadonga yuborilishi bugshungi taraqqiyot bosqichida biroz erish
tuyulishi tabiiy.
O`tkazilgan tadqiqotlardan yana shu narsa
ma’lum
bo`lmoqdaki, yosh
oilaning tinchlik-totuvchilikda yashashiga halaqit berayotgan sabablardan biri
–
qaynonalar bilan yangi kelinchakning tez kirishib, til topishib keta olmayotganligi.
Bu ham oilaviy munosabatlar borasidagi muammolardir. CHunki ayniqsa,
shahar
sharoitida bitta yoki ikkitagina
o`g’il
o`stirgan ona ko`pincha yangicha
munosabatlar tizimiga o`zi ko`nika olmaydi va kelinchakni ham tezroq ko`nikib
ketishiga yordam berish choralarini bilmaydi.
Ya’ni
, qaynona bilan kelin o`rtasida
o`ziga xos rashkka o`xshash munosabatlar paydo bo`ladiki, bu holat qaynonaning
kelinga nisbatan adolatli,
bag’rikeng
inson sifatida ish tutishiga halaqit beradi.
Toshkent shahrida sodir bo`layotgan nikoh ajrimlarining sabablari orasida aynan
qaynona bilan kelin o`rtasidagi nizolarning qayd etilishi yuqoridagi fikrlarning
dalilidir. SHuning uchun bunday holatlarning oldini olishning yo`llaridan
86
birinchisi
–
bu yoshlarni (yigit va qizlarni) oilaviy munosabatlarga psixologik
jihatdan tayyorlash bo`lsa, ikkinchi yo`li
–
jamoatchilikni keng jalb qilgan holda
mahallalarda
“
Oila saboqlari
”, “
Ota-onalar universiteti
”
kabi
ma’rifiy
institutlarni
joriy etish orqali ota-onalarni ham kelin
va kuyov bilan munosabatga, muloqotga
o`rgatishdir. Bunda OAV va ommabop nashr etilgan risolalarning ham ahamiyati
katta.