79
(sibling yondashuv). Bu aloqalarning bir ko`rinishi
shundayki, unda er va xotin
bir-biriga akaday, singilday u yoki bu munosabatlardagi kemtikliklarni to`ldirib
borishlari mumkin (komplementar nikoh). Bu bizdagi munosabatlarga ham xos
bo`lib, ko`pgina o`zbek oilalarida xotin erini
“
aka
”
deb atasa, er birinchi farzand
tug’ilgach
, xotiniga
to`ng’ich
farzandning ismini aytib murojaat qiladi. Bu holat
ayniqsa, er o`z oilasida singillarining akasi bo`lgan bo`lsa, yoki xotin ham o`z
navbatida ota-onasining uyida akalarning singlisi bo`lgan bo`lsa
komplementar
tarzda
uyg’unlik
kashf etadi, ular oilaviy munosabatlarda kim ustun, kim tobe kabi
muammolarga duch kelmaydilar. Agar xotin o`z oilasida biriga singil, biriga opa
bo`lib katta bo`lgan bo`lsa, u yoki bu tajriba eri bo`lgan munosabatlarda qisman
komplementar vazifani bajaradi. Nihoyat, agar er o`z oilasida
to`ng’ich
farzand va
xotin ham o`z oilasida to`ng
’ich
bo`lgan bo`lsa, unda er-xotin munosabatlari
nokomplementar nikohga
to`g’ri
keladi,
ya’ni
, ular teng mavqeli bo`lgani uchun
odatda o`zaro munosabatlarida liderlik va o`zaro adaptatsiya
holatlari muayyan
qiyinchiliklar va muammolar bilan kechadi, tez-tez bir-biriga nimalarnidir
da’vo
qiladigan, o`z fikrini uqtirish va amalga oshirishga moyillik kuzatiladi. Odatda
bunday nikoh ikki ziyoli inson o`rtasida tuzilgan bo`lsa, ular baxtli bo`lishlari
mumkin, ayniqsa, hozirgi davrda, lekin o`zaro til topishib, ko`nikib ketishlariga
anchagina vaqt, sabr-toqat kerak bo`ladi.
Ota-onasining oilasida ko`rgan-kechirganlari bolaning
bo`lg’usi
oilasi, undagi
er-xotin
munosabatlari, farzandlar tarbiyasi, qarindosh-
urug’lar
bilan bo`ladigan
murakkab o`zaro aloqalarning qanday kechishini belgilovchi muhim omildir.
Ushbu omilning
ta’sirini
batafsil o`rgangan olimlardan biri
N. Pezeshkian
(1993)
bo`lib, u bunday
ta’sirchanlikning
3 jihatini alohida ajratadi:
turli stresslarga nisbatan munosabat;
hissiyotlarga beriluvchanlik va uning oqibatlari
–
ijtimoiy xatti-harakat
me’yorlari
;
oilaviy munosabatlar.
Pezeshkian
ota-ona oilasida ko`rgan-kechirganlari
ta’sirida
turlicha stresslarga
hozirjavoblikning to`rt xil tipik usullarini, yo`llarini ajratadi: Avvalo, bu
–
tana
80
reaktsiyalari yoki vujud bilan javob berish bo`lib, u turli psixosomatik kasalliklar
yoki holatlarga nisbatan inson vujudining javobi (masalan, uyqu, kayf bo`lish,
ochlik yoki to`qlik kabi) sifatida namoyon bo`ladi. Bunda masalan, ota-ona
oilasida urf bo`lgan xazil-xuzul, aytishuvlar orqali u yoki bu zarar yetkazuvchi
tangliklarning oldini olish tajribasi nazarda tutiladi.
Faoliyat ham stressning oldini olish vositasi sifatida muallif tomonidan ikki
yo`nalishda bo`lishi mumkinligi qayd etiladi. Masalan,
birinchisi
–
ishga
mukkadan ketish orqali stressni yechish bo`lsa, ikkinchisi
–
u yoki bu sohadagi
yutuqlar va qo`lga kiritilgan natijalar orqali o`zini-o`zi tinchlantirish, tangliklardan
“
qochish
”
ni anglatadi.
Muloqot yoki bevosita muomala shaklida odam ko`proq turli suhbatdoshlarni
topib, ular bilan kirishib ketish orqali yoki aksincha, o`zini
yolg’izlikka
mahkum
etish orqali stressni yengillatish usuli bo`lsa, oxirgi yo`l
–
xayolga berilish,
ya’ni
,
real harakatlarni ramziy taassurotdagi obrazlar bilan almashtirish hisobiga
tangliklardan uzoqlashishdir.
Hissiyotlarga berilish hamda uni ijtimoiy xatti-harakat normalariga
muvofiqlashtirish
–
bu ko`rgan-kechirgan hissiyotlar va xulq namunalari
to`g’risidagi
tasavvurlar.
Pezeshkian
bevosita hissiy-emotsional normalarga sevgi-
muhabbatni, ishonch, umid, sabr-qanoat, o`zgalarga
e’tiborli
bo`lish, o`zgalar bilan
yaqin samimiy
munosabatlarga kirisha olish,
e’tiqodlilik
, diniy hissiyotlarni
kiritadi. Bunday hissiyotlar odatda ota-onasi, yaqinlari, aka, opalar, uka-singillar
bilan o`zini identifikatsiya qilish, o`zini ular bilan solishtirish, o`xshashlikka
intilish jarayonida shakllanadi. Aynan shu sababli
inson kimgadir ishonishga,
samimiy muruvvat ko`rsatishga o`rganadi. Oila muhitida boshdan kechirgan
hissiyotlar oqibati bo`lmish xatti-harakatlar normalariga esa bir so`zlilik, saranjom-
sarishtalik, ozodalik, samimiyat, adolatlilik, intiluvchanlik, tejamkorlik, sadoqat,
ishonch, xalollik kabilar kiradi.
Pezeshkian,
ayni emotsional
sohalarda er-xotin
o`zaro munosabatlarining o`xshamasligini er-xotin nizolarida asosiy nizo keltirib
chiqaruvchi sabab, deb hisoblaydi. Xatti-harakat normalaridagi kelishmovchiliklar
ham muhim, lekin ular psixoterapevtik amaliyotda biroz yumshoqroq hisoblanadi.