|
F82b9f65-d018-45f6-bb38-4ca54906821e pdfBog'liq оила психологияси китобEr-xotin munosabatlarini
muvofiqlashtirish-ga oid
qonuniyatlar
Ya.Gozman,
K.Xorni
va
boshqalarning
yozishlaricha, faqat emotsional hissiyotlarga
tayangan er va xotin munosabatlari tobora vaqt o`tishi bilan oqilona hamkorlik va
do`stlik, qon-qarindoshlik munosabatlariga aylanib boradi.
Yu.Dubrovin
ning
(2004)
ta’kidlashicha, “
Ko`pchilik nikohlarni baxtli ham baxtsiz ham deb atash
mushkul, chunki ularda er-xotinlarning bir-birlarini sekin-asta tarbiyalab borishlari
va taqdir taqozosi bilan bora-bora munosabatlar chuqurlashib, tushunish hissi va
do`stona munosabatlar sayqal topib, u hattoki, romantik muhabbat darajasiga
ko`tariladi
”.
Nikoh modeli
. Oila va nikoh bo`yicha ko`plab mutaxassislar
Z.Freyd
va
A.Adler
ning
g’oyalarini
ma’qullagan
holda shuni
ta’kidlaydilarki
, oila qurayotgan
yosh kelin-kuyovlar o`zlari anglamagan ravishda o`zlari tarbiya topgan oilalarining
modelini yangi oilaga tadbiq eta boshlaydilar.
Ota-ona oilasi
Z.Freyd
ning psixoanalitik nazariyasi mos keladi. Unga
muvofiq, bola o`zi katta bo`lgan oilasidagi o`z jinsiga mos ota yoki ona obraziga
o`zini identifikatsiya qilib, hayoti mobaynida ko`rgan-kechirganlarini xatti-
harakatlarida takrorlaydi, qarama-qarshi jins vakili bo`lmish ota-onaning obrazi esa
turmush
o`rtog’ini
tanlashni belgilaydi. Agar ushbu obraz ijobiy bo`lgan bo`lsa,
masalan, qiz bola uchun otasi ideal, namunali tuyulsa, kelajakda shu qiz o`z
turmush
o`rtog’i
bilan kelishib yashashga moyil bo`ladi. Mobodo obraz salbiy
bo`lsa (ota ichuvchi yoki bevafolik qilib tashlab ketgan), unga o`xshamagan
insonni qidiradiyu, aslida topgan taqdirda ham u bilan kelishib yashashiga o`zi
ham ishonmaydi, ruhiy iztirobda bo`ladi, ko`p ikkilanadi. Agar o`zi o`sib
ulg’aygan
oila kichik bo`lsa, istiqbolda u ham aynan detotsentrik, kichik oila
qurishga intiladi.
|
| |