100
xonadonda bir necha alohida oilalar istiqomat qiladigan patriarxal oilalar jami
oilalarning salkam
23,5
foizini tashkil etadi. Nuklear, yosh oilalarning aksariyati 9
yildan kam bo`lgan turmush tajribasiga ega bo`lganlar bo`lib, sodir bo`layotgan
nikohning barbod bo`lishi holatlari
aynan shu kabi oilalarga
to`g’ri
kelmoqda.
Ya’ni
, ilmiy izlanishlardan olingan
ma’lumotlarga
ko`ra, 70 foizdan ortiq nikoh
ajrimlari yosh oilaga
to`g’ri
keladi.
Noto`liq oila
–
yolg’iz
onaxon yoki otaxonlar, er yoki xotinning o`limi tufayli
noto`liq bo`lgan oilalar, yoki ajrim tufayli paydo bo`ladigan oila tipidir. Afsuski,
oxirgi sabab bo`yicha noto`liq bo`lgan oilalar boshqa toifaga nisbatan ko`p. Ajrim
bo`lgan oilalarning salkam 1% dagina bolalar otaning qo`lida qoladi. Qolgan
holatlarda voyaga yetmagan bolalar onalari bilan qoladi. Bu onalarning o`rtacha
yoshi
23-24
yoshni tashkil etadi, ularning qo`lida qolgan bolalarning o`rtacha soni
2,5 nafardir.
Yolg’iz
farzand tarbiyalayotgan
yosh ayollarning
ma’lumotliligi
o`rganilganda, ularning aksariyati o`rta va to`liqsiz o`rta
ma’lumotli
ekanligi
e’tirof
etilgan (20,5%). Yosh turmush qurayotgan qizlarimizning 12,3%i 15-19
yosh
oralig’ida
ona bo`lishadi. 15-16 yoshda ona bo`lish holatlari ham xanuz
mavjud bo`lib, 2006 yilda ular soni 95 nafarni, yoki jami tuqqanlarning 0,01%ini
tashkil etdi (2005 yilda 117 nafar edi, yoki 0,02%), 17-19 yoshda ona bo`lgan
ayollar soni 19419 nafar bo`lib, bu jami tuqqanlarning 3,6 foizini (2005 yilda mos
ravishda 19147 yoki 3,7%) tashkil etdi. Ularning har 10 tasidan bittasi (10,6%)
talaba qizlardir.
Psixologik adabiyotlarda ajrimlarning tabiati, bu
jarayonga oid qonuniyatlar
ilmiy nu
ы
tai nazardan beriladi. Masalan,
S.Kraxotvil
ajrim jarayonining quyidagi
bosqichlarini ajratadi:
Bosh ko`tarish bosqichi
: xo`rlangan va norozi ayol o`z faolligini oshirib,
ajrim sodir bo`lmasligining
oldini olib uchun muayyan
say’i
-harakatlarga
kirishadi. Lekin barcha ishlarni xavotirlik va hayajon bilan amalga oshirgani
sababli, ko`p xatolarga yo`l qo`yadi va
noma’qul
ishlar ham qilib qo`yishi
mumkin;
Tushkunlikka tushish bosqichi:
ajralishni xohlamagan tomon vaziyatni
101
boshqara olmaganligini tan olib, tushkunlik,
depressiya holatiga tushadi, va
endi o`zini ham ayblay boshlaydi;
Bo`yinga olish bosqichi:
ajralishni xohlamagan tomon endi mavjud holat
bilan kelishib, bunday nikohning bo`lganidan bo`lmagani
ma’qulligi
fikriga
keladi.
Albatta, shuni
ta’kidlash
joizki, ayrim hollarda
ikkala tomon ongli ravishda,
o`zaro kelishib, bir-birlariga tana-dashnom bermaydilar va bunday ajrimlar
yuqorida ko`rsatilgan bosqichlarsiz sodir bo`ladi. Demokratik huquqiy davlat,
erkin fuqarolik jamiyati qurilayotgan davlatlarda
ajrimlar masalasiga ham
demokratik tarzda qaraladi,
ya’ni
, bu ikki tomonning yoki birining manfaatiga mos
kelishi inobatga olinib, ajrim sodir etiladi, lekin bunday holatlarda, ayniqsa, yosh
bolasi bilan qolgan ona ijtimoiy-psixologik yordamga,
jamiyat toomnidan
ko`rsatiladigan madadga muhtoj bo`ladi.