Diagnostik yo`nalishdagi ishlar




Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/96
Sana18.05.2024
Hajmi1,81 Mb.
#242197
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   96
Bog'liq
оила психологияси китоб

Diagnostik yo`nalishdagi ishlar
o`z ichiga quyidagi vazifalarni qamrab oladi: 
Bola psixik taraqqiyotida sodir bo`layotgan muammolar, chekinishlar va 
ularning asl sabablarini diagnostika usullari yordamida aniqlash; 
Bola normal taraqqiyoti jarayonida aniqlangan muammolari jihatlar va ularni 
bartaarf etish bilan 
bog’liq
ishlar; 
Bola psixik taraqqiyotidagi patologiyalar va ularni qisman bo`lsa-da bartaraf 
etish, kelib chiqish sabablarini ota-onaga bildirish hamda hamkorlikda bolaga 
yordam berish choralarini belgilash. 
Bola salomatligi va uning xastaliklarini psixik hayotga aloqadorligi bevosita 
ekanligini aniqlagan psixolog 

maslahatchi ota-ona bilan birgalikda muammoning 


103 
yechimini izlaydi va bu bilan oila muhitini yaxshilashga hissa qo`shadi. 
Bolalar o`rtasida olib boriladigan 
profilaktik ishlar
asosan avvaldan 
belgilangan reja bo`yicha amalga oshiriladi. Profilaktikaning maqsadi 

bolada 
anomal holatlarning oldini olishdir. Albatta bunda ham psixolog mutaxassis 
psixodiagnostik vositalardan foydalandi, lekin uning vazifasi eng avvalo bolada 
ro`y berishi mumkin bo`lgan patologik jarayonlarning oldini olishdir. CHunki 
oilaviy nizolar, oilaviy munosabatlarning izdan chiqishi shu oila muhitida 
tarbiyalanayotgan bolaning asab tizimiga, psixologik rivojlanishiga salbiy 
ta’sir
ko`rsatadi. 
Oilasida muammo bo`lgan bolalar o`rtasida olib boriladigan 
korrektsion-
tuzatish bilan 
bog’liq
chora-tadbirlar
ham diagnostik amaliyot bilan birgalikda 
amalga oshiriladi. Bunda diagnostika orqali aniqlangan xulqdan chekinish holatlari 
bolaning yoshi, oilaviy sharoiti, qiziqish va iqtidori inobatga olingan holad 
malakali amaliyotchi psixolog tomonidan amalga oshiriladi. Bunda bevosita bola 
ongi va fikrlash tarziga 
ta’sir
ko`rsatiladi, shuning uchun bunday tadbirlar 
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar o`rtasida o`tkaziladi. 

Download 1,81 Mb.
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   96




Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish