urf-odat, marosim va bayramlar




Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/96
Sana18.05.2024
Hajmi1,81 Mb.
#242197
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   96
Bog'liq
оила психологияси китоб

urf-odat, marosim va bayramlar 
milliy 
mafkuraning asosiy 
g’oyalarini
singdirishda muhim omil bo`ladi. Xususan, 
Mustaqillik, Navro`z, O`qituvchilar va murabbiylar, Xotira va qadrlash kuni kabi 
yangi bayram va marosimlarimizdan jamiyat hayotiga zamonaviy mazmun baxsh 
etish yo`lida oqilona foydalanish zarur. 
Kattalarga hurmat, o`zaro hamkorlik, farzandlarning taqdiri va kelajagi uchun 
qayg’urish
, ularga 
g’amxo`rlik
qilish hamisha oilaviy qadriyatlarning va 
udumlarning asosiy qoidalari bo`lib kelgan. Afsuski, o`tgan totalitar tuzum davrida 
bu qadriyatlarga jiddiy putur yetdi. SHajaralar unut bo`ldi, oilaviy 
hunarmandchilik va kasb-korni avlodddan-avlodga uzatish, oilaviy kasbiy 
ko`nikmalar unut bo`lishi uchun barcha choralar ko`rildi. Qarindosh-
urug’ning
bir 
xil kasbga ixlos qo`yishi 

qarindosh-
urug’chilik” tamg’asi
ostida qoralandi. SHu 
tarzda jamiyatda oilalar va 
urug’larning
an’anaviy
kasbiy va iqtisodiy 

o`rni
” 
batamom yo`qolib ketishiga sal qoldi. Uning o`rniga 
urug’
-aymoqchilik va oshna-
og’aynigarchilikning
ijtimoiy buzuq shaklllari yuzaga kela boshladi. SHu bilan 
birga, qarindoshlarning o`zaro yordami 
ba’zi
hollarda jamiyat taraqqiyotini 
sekinlashtirib qo`yadigan tayyorga ayyorlikka va tanish-bilishchilikka aylanib 
ketdi. 
Istiqlol yillarida oila qadriyatlari va qon-qarindoshlik munosabatlarining 
qayta tiklanishi har bir oilaning iqtisodiy, madaniy va kasb jihatidan erkin bo`lish 
imkoniyatini yaratdi. 
Ya’ni
, istiqlolning har bir oilaning mustaqil mamlakat 
ichidagi mustaqil 

jamiyat, davlat
” 
sifatida erkin faoliyati, oilaviy biznesni 
rivojlantirish, o`z 
a’zolarining
barcha fazilatlari yaqqolroq namoyon bo`lishiga 
ochgan cheksiz imkoniyatlari tufayli o`zbek xalqining turli faoliyat sohalaridagi 
iste’dodi
o`sdi, uning tadbirkorlik va kirishimlilik, bir necha chet tillarni tez 
o`rganib olish kabi noyob fazilatlari to`la-to`kis ro`yobga chiqa boshladi. Buni 


136 
yurtimizga mehmon bo`lib kelayotgan xorijlik turistlar, rasmiy arboblar 
e’tirof
etishlari bois milliy mehmonnavozlik va sahovat 
an’analari
yanada rivojlandi. 
O`zbekning qaddi rosmana tiklandi, milliy 
g’urur
o`sdi. 
Endi biz 
G’arbning
yoki dunyoning boshqa burchidagi xalqlarning u yoki bu 
an’analari
, rasm-rusmlariga ko`r-ko`rona taqlid qilishdan ko`ra, o`zining noyob 
udumlarini ko`z-ko`z qilishga hozir bo`lgan xalqqa aylandik. Vaholangki, oila va 
nikoh, farzand tarbiyasi, jamiyatning katta va kichigi o`rtasidagi samimiy, insoniy 
munosabatlarga rivojlangan mamlakatlardan kelgan minglab xorijliklar havas 
qilayotganlari ham ayni haqiqatdir. O`z asriy qadriyatlarining egasi bo`lgan 
xalqimiz mustaqillik yillarida sharqona demokratiyaning o`z mentalitetiga mos 
shaklini qaror toptirishda tashabbusni tobora o`z qo`liga olmoqdaki, bunda 
aholining bilimdonligi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Faqat bilimli, 
ma’rifatli
jamiyatgina demokratik taraqqiyotning barcha afzalliklarini qadrlay olishini va 
aksincha, bilimi kam, omi odamlar avtoritarizmni va totalitar tuzumni 
ma’qul
ko`rishini hayotning o`zi ishonarli tarzda isbotlamoqda, bu haqiqatga xalq o`z 
zakovati va fahm-farosati bilan yetib bormoqda. 
Milliy 
an’analarni
o`rganish, 
targ’ib
etish bilan bir qatorda to`y-
ma’rakalarni

odat va udumlarni ixchamlashtirish, bu borada isrofgarchilik va dabdababozlikka 
yo`l qo`ymaslikka alohida 
e’tibor
qaratish darkor. Bunda oila hamda mahalla 
institutlarining keng imkoniyatlaridan oqilona foydalanish zarur. Bu borada amalga 
oshirayotgan ishlarimiz oxir oqibat naqfahat mamlakat manfaatiga, balki har bir 
oilaning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatiga xizmat qilishi muqarrar. 


137 

Download 1,81 Mb.
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   96




Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish