§ ADOBE Photoshopda qavatlarni tanlash, guruhlash va bog‘lash




Download 3,84 Mb.
bet14/19
Sana16.05.2024
Hajmi3,84 Mb.
#238274
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Adobe photoshop dasturning grafik obyektlarda ranglar va qatlamlar bilan ishlashning zamonaviy usullari.

2.3§ ADOBE Photoshopda qavatlarni tanlash, guruhlash va bog‘lash.


Bir nechta qavatlar bilan ishlash uchun ularni bir vaqtda belgilab olish mumkin.
Chizish va rang qiymatlarini o‘zgartirish kabi amallar uchun bir vaqtning o‘zida faqatgina bitta qavat bilan ishlash mumkin. Joriy tanlangan qavat faol qavat deyiladi.
Faol qavatning nomi joriy hujjatning sarlavha qismida aks ettiriladi. Siljitish,
tartiblash, shaklini o‘zgartirish va stillar panelidan stil qo‘llash kabi amallar uchun
bir vaqtning o‘zida bir nechta qavatlarni tanlab ishlash mumkin.
Qavatlar panelida qavatlarni tanlash uchun quyidagilardan birini bajarish
kerak:
- qavatni sichqon ko‘rsatkichi bilan tanlash;
- bir nechta ketma-ket qavatlarni tanlash uchun birinchi qavat tanlanadi, so‘ng, klaviaturaning Shift tugmasini bosib turgan holda belgilanishi kerak bo‘lgan oxirgi qavat tanlanadi;
- bir nechta ketma-ket bo‘lmagan qavatlarni tanlash uchun klaviaturaning Ctrl
tugmasini bosib turgan holda ushbu qavatlarni sichqon ko‘rsatkichi bilan tanlash
kerak;
- barcha qavatlarni tanlash uchun dasturning Select menyusidan All Layers
buyruq qatorini tanlash kerak;
- belgilangan qavatga o‘xshash qolgan barcha qavatlarni tanlash uchun
dasturning Select menyusidan Similar Layers buyruq qatorini tanlash kerak;
- qavatning tanlanishini bekor qilish uchun klaviaturaning Ctrl tugmasini bosib turgan holda ushbu qavatni sichqon ko‘rsatkichi bilan tanlash kerak.
Ish sohasida qavatlarni tanlash uchun uskunalar panelidan siljitish uskunasini
tanlab quyidagilarni bajarish kerak:
- dasturning xususiyatlar panelidan Auto Select elementini belgilab ochiladigan menyudan Layer qatorini tanlanadi. Ish sohasida tanlash kerak bo‘lgan qavat ustiga sochqon ko‘rsatkichi bilan bosiladi. Sichqon bosilgan joyda pikselga ega eng yuqoridagi qavat tanlanadi;
- dasturning xususiyatlar panelidan Auto Select elementini belgilab ochiladigan menyudan Group qatorini tanlanadi. Ish sohasida tanlash kerak bo‘lgan content ustiga sochqon ko‘rsatkichi bilan bosiladi. Sichqon bosilgan joyda pikselga ega eng yuqoridagi qavatlar guruhi tanlanadi;
- tasvir ustiga sichqon ko‘rsatkichini joylashtirib o‘ng tugmasi bosiladi va
ochilgan kontekst menyusidan kerakli qavat tanlab olinadi. Sichqon bosilgan joyda
pikselga ega barcha qavatlarning ro‘yxati kontekst menyusida aks ettiriladi.
Qavatlar guruhidagi biror bir qavatni tanlash uchun quyidagilarni bajarish
kerak:
1. Qavatlar panelida qavatlar guruhi tanlanadi;
2. Qavatlar guruhi yorlig‘ining chap tomonidagi ko‘rsatkich bosiladi;
3. Qavatlar guruhining ochilgan ro‘yxatidan kerakli qavatni tanlab olish
mumkin.
Qavatlarni guruhlash loyihani tashkil etishda yordam beradi va qavatlar
panelini tartibli saqlaydi. Qavatlarni guruhlash uchun quyidagilarni bajarish kerak:
1. Qavatlar panelida bir nechta qavatlar tanlanadi;
2. Dasturning Layer menyusidan Group Layers buyruq qatorini tanlash yoki
sichqon ko‘rsatkichi bilan qavatlarni ushlab qavatlar panelining yangi qavatlar
guruhini yaratish tugmasi ustiga qo‘yish kerak;
Qavatlarning guruhlanishini bekor qilish uchun qavatlar guruhini tanlab
dasturning Layer menyusidan Ungroup Layers buyruq qatorini tanlash kerak.
Qavatlar guruhiga qavat qo‘shish uchun quyidagilarni bajarish mumkin:
- Qavatlar panelida qavatlar guruhi tanlanadi va yangi qavat yaratish
tugmasini bosish kerak;
- Qavatni sichqon ko‘rsatkichi bilan ushlab qavat ustiga qo‘yish kerak;
- Qavatlar guruhini sichqon ko‘rsatkichi bilan ushlab boshqa qavat guruhi
ustiga qo‘yish kerak;
- Qavat guruhini sichqon ko‘rsatkichi bilan ushlab yangi qavatlar guruhini
yaratish tugmasi ustiga qo‘yish kerak.
Qavatlar ketma ketligining har xil joyida joylashgan bo‘lsa ham qavatlarni
bog‘lash orqali ular o‘rtasida munosabat o‘rnatish mumkin. Ikki va undan ortiq
qavatlarni yoki qavat guruhlarini bog‘lash mumkin. Bir vaqtning o‘zida tanlangan
bir nechta qavatlardan farqli ravishda bog‘langan qavatlar ushbu bog‘lanish olib
tashlanmagunicha bog‘langan bo‘lib turadi. Bog‘langan qavatlarni siljitish yoki
shaklini o‘zgartirish mumkin. Qavatlarni bog‘lash uchun quyidagilarni bajarish
kerak:
1. Qavatlar panelida bir nechta qavatlar yoki qavat guruhlari tanlanadi;
2. Qavatlar panelida bog‘lash tugmasini bosish kerak.
Qavatlarning bog‘liqligini bekor qilish uchun quyidagilardan birini bajarish
kerak:
- bog‘langan qavatlarni tanlab bog‘lash tugmasini bosish kerak;
- qavatning bog‘lanishini vaqtinchalik bekor qilish uchun klaviaturaning Shift
tugmasini bosib turgan holda qavatning o‘ng tomonidagi bog‘lanish yorlig‘ini
sichqon ko‘rsatkichi bilan bosish kerak. Natijada yorliq ustiga qizil chiziqlar
chiziladi.
Qavat kontentining chegaralarini aks ettirish ushbu kontentni siljitish va
tartiblashni osonlashtiradi. Bundan tashqari tanlangan qavatni o‘lchamini
o‘zgartirish yoki burish uchun uning boshqarish tutgichlarini aks ettirish mumkin.
Qavatning chegaralarini aks ettirish uchun dasturning View menyusi Show
bo‘limidan Layer Edges buyruq qatorini tanlash kerak. Qavatning chegaralarini aks
ettirish quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:

2.5-rasm. Qavatning chegaralarini aks ettirish
Qavatning boshqarish tutgichlarini aks ettirish uchun uskunalar panelidan
siljitish uskunasini tanlab dasturning xususiyatlar panelidan Show Transform
Controls elementini tanlash kerak. Qavatning boshqarish tutgichlarini aks ettirish
quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:


Download 3,84 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Download 3,84 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



§ ADOBE Photoshopda qavatlarni tanlash, guruhlash va bog‘lash

Download 3,84 Mb.