Fakulteti Informatika va uni o`qitish metodikasi kafedrasi




Download 3,84 Mb.
bet12/19
Sana16.05.2024
Hajmi3,84 Mb.
#238274
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
Adobe photoshop dasturning grafik obyektlarda ranglar va qatlamlar bilan ishlashning zamonaviy usullari.

2.1-rasm. A – qavatlar panelining menyusi, B – filtr, C – qavatlar guruhi, D – qavat, E – qavat effektlari ro‘yxatini aks ettirish/yashirish, F – qavat effekti, G – qavat yorlig‘i
Qavatlar panelini aks ettirish uchun dasturning Window menyusidan Layers
buyruq qatorini tanlash kerak.
Oq yoki rangli orqa fonga ega yangi tasvir yaratilganida qavatlar panelidagi
eng pastki qavati orqa fon deyiladi. Har bir tasvir faqatgina bitta orqa fonga ega
bo‘ladi. Orqa fon qavatining qavatlar panelidagi joylashishi, ranglarni aralashtirish
rejimi va xiraligini o‘zgartirib bo‘lmaydi. Orqa fon qavatini oddiy qavatga
o‘zgartirib uning ushbu xususiyatlarini o‘zgartirib olish mumkin.
Shaffof kontentga ega tasvir yaratilganda tasvir orqa fon qavatiga ega
bo‘lmaydi. Tasvirning eng pastki qavati orqa fon qavati kabi cheklovlarga ega
bo‘lmaydi.
Orqa fon qavatini oddiy qavatga o‘zgartirish uchun quyidagilarni bajarish
kerak:
1. Qavatlar panelida orqa fon qavatini sichqon ko‘rsatkichi bilan ikki marta
bosish yoki dasturning Layer menyusining New bo‘limidan Layer From Background buyruq qatorini tanlash kerak;
2. Ochilgan dialog oynasidan qavatning xususiyatlari belgilanadi:

2.2-rasm. Dialog oynasidan qavatning xususiyatlari.
3. Dialog oynasining OK tugmasi bosiladi.
Oddiy qavatni orqa fon qavatiga o‘zgartirish uchun kerakli qavat tanlanasi va
dasturning Layer menyusining New bo‘limidan Background From Layer buyruq
qatorini tanlash kerak. Natijada qavatning barcha shaffof piksellari joriy orqa fon
rangiga o‘zgaradi va qavatlar panelining eng pastiga joylashadi.
Qavatlarni bir tasvir doirasida, boshqa bir tasvirga yoki yangi tasvirga diblikat
qilish mumkin.
Qavatni bir tasvir doirasida dublikat qilish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
1. Qavatlar panelidan qavat yoki guruh tanlanadi;
2. Tanlangan qavat yoki guruh sichqon ko‘rsatkchi bilan ushlab qavatlar
panelining tugmasi ustiga tashlanadi yoki dasturning Layer menyusi yoki
qavatlar panelining menyusidan Duplicate Layer yoki Duplicate Group buyruq
qatorini tanlash kerak. Ochilgan dialog oynasida qavat yoki guruh uchun nom
kiritiladi va OK tugmasi bosiladi:


Download 3,84 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Download 3,84 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fakulteti Informatika va uni o`qitish metodikasi kafedrasi

Download 3,84 Mb.