• 1.6-rasm. Rang tanlash jarayoni.
  • Fakulteti Informatika va uni o`qitish metodikasi kafedrasi




    Download 3,84 Mb.
    bet9/19
    Sana16.05.2024
    Hajmi3,84 Mb.
    #238274
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
    Bog'liq
    Adobe photoshop dasturning grafik obyektlarda ranglar va qatlamlar bilan ishlashning zamonaviy usullari.

    Ranglarni tanlash. Photoshop dasturida chizish va bo‘yash uchun old fon rangini, gragiyent bo‘yash va tasvirning o‘chirilgan maydonlarni bo‘yash uchun orqa fon rangidan foydalaniladi. Old va orqa fon ranglari ba’zi maxsus effektlar va filterlar tomonidan ishlatiladi. Old va orqa ranglarni Eyedropper uskunasi, ranglar paneli, rang andozalari paneli va Adobe Color Picker oynadi yordamida tanlab olish mumkin.
    Old fon rangining birlamchi qiymati qora rang, orqa fon rangining birlamchi qiymati oq rang. Ranglarni uskunalar panelida tanlab olish mumkin. Joriy old fon rangi rang tanlash maydonining yuqoridagi maydonda, joriy orqa fon rangi pastki maydonda joylashgan:

    1.6-rasm. Rang tanlash jarayoni.
    Old fon rangini o‘zgartirish uchun yuqorida joylashgan rang maydoni tanlanadi va ochilgan Adobe Color Picker oynasidan kerakli rang tanlanadi. Orqa fon rangini o‘zgartirish uchun pastda joylashgan rang maydoni tanlanadi va ochilgan Adobe Color Picker oynasidan kerakli rang tanlanadi.
    Old va orqa fon ranglarini belgilash uchun Eyedropper uskunasidan
    foydalanish mumkin. Uskuna yordamida rang qiymatini joriy tasvirning ixtiyoriy
    joyidan tanlab olish mumkin. Buning uchun quyidagilarni bajarish kerak:
    1. Uskunalar panelidan Eyedropper uskunasi tanlanadi;
    2. Dasturning xususiyatlar panelidan namuna o‘lchamini Sample Size
    elementiga ochiladigan menyudan quyidagi qiymatlarni tanlash orqali:
    - Point Sample – tanlangan pikselning aniq qiymatini oladi;
    - 3 by 3 Average, 5 by 5 Average, 11 by 11 Average, 31 by 31 Average, 51 by
    51 Average, 101 by 101 Average – tanlangan maydondagi belgilangan miqdordagi
    piksellarning o‘rtacha qiymatini oladi.
    3. Sample elementiga ochiladigan menyudan quyidagi qiymatlarni belgilash
    mumkin:
    - All Layers – rang qiymatini hujjatdagi barcha qavatlardan olinadi;
    - Current Layer – rang qiymatini joriy faol qavatdan oladi;
    4. Eyedropper uskunasini tanlangan old fon rangini aks ettiruvchi doirani aks
    ettirish uchun xususiyatlar panelidan Show Sampling Ring elementini belgilash
    kerak:


    Download 3,84 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




    Download 3,84 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fakulteti Informatika va uni o`qitish metodikasi kafedrasi

    Download 3,84 Mb.