|
-rasm. CMYK tizimining asosiy ranglari va ularning qo’shilishi
|
bet | 5/19 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 3,84 Mb. | | #238274 |
Bog'liq Adobe photoshop dasturning grafik obyektlarda ranglar va qatlamlar bilan ishlashning zamonaviy usullari.1.2-rasm. CMYK tizimining asosiy ranglari va ularning qo’shilishi
Oq qogozga sariq bo’yoqning surtilishi qaytgan ko’k nurning yutilishini
bildiradi. Havorang bo’yoq qizil nurni, qirmizi bo’yoq - yashil rangni yutadi.
Bo’yoqlar kombinatsiyasi yashil, qizil, ko’k, va qora ranglarning qoplanishini
ta`minlaydi. Ko’pgina hollarda ob`yekt o’ziga tushadigan ranglarni bir qismini
«yutib», qolagan qismini aks ettiradi, ya`ni u ham biror rang bilan bo’yalgan
bo’ladi. Bunday rang yaratilishi subtraktiv holat deb yuritiladi. CMYK modeli
subtraktiv ranglarni ta`minlaydi, u poligrafiyada kengroq qo’llaniladi. Bu model
ranglari bilan bo’yalgan rasm, RGB modeliga nisbatan ko’proq joy egallaydi.
3. Rangning HSV modeli.
PhotoShopda asosan dizaynerlar ishlashadi. Ular uchun qulay va tushunarli
bo`lgan ranglar tizimi ham ishlab chiqilgan. Ulardan biri HSB deb ataladi. Bu nom ingliz tilidagi Hue (Rang turi), Saturation (Rang to`yinganligi) Brightness (Rang
yorqinligi) so`zlaridan olingan. HSB rang moduli insonning ranglarni maksimal
qabul qilish xususiyatini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. U rassom
A.N.Mansellning ranglar aylanasi asosida yaratilgan. Bu tizimda ranglar palitrasi
doira shaklida qurilgan bo`lib, har bir rangga uchta parametr mos keladi. Bu
parametrlarning birinchisi kerakli rangni tanlash uchun xizmat qiladi.
Asosiy ranglar doira chegarasi bo`lgan aylanada joylashgan. Ularni tanlash uchun aylanadagi nuqtaga mos keladigan markaziy burchak (0 dan 360 gradusgacha bo`lgan qiymatni qabul qiladi) qiymati kiritiladi. 0° ga qizil, 120°R ga yashil, 240° ga ko`k rang mos keladi. Ikkilamchi ranglar: sariq (60°), havorang(120°) va pushti (240°) lar asosiy ranglar orasida joylashgan. Bu ranglar bir-biri bilan qo`shilib, yangi ranglar paydo bo`ladi.
Yuqorida ko’rib chiqilgan rang modellari u yoki bu tarzda ba`zi asosiy ranglarning ko’shilishidan foydalanadi. Endi esa ulardan boshqacha, alternativ tipga mansub bo’ladigan rang modelini ko’rib chiqamiz (1.3-rasm)
|
| |