Fakulteti Informatika va uni o`qitish metodikasi kafedrasi




Download 3,84 Mb.
bet4/19
Sana16.05.2024
Hajmi3,84 Mb.
#238274
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Adobe photoshop dasturning grafik obyektlarda ranglar va qatlamlar bilan ishlashning zamonaviy usullari.

2. Rangning CMYK modeli
Bu tizimda asosiy ranglar sifatida havo rang, pushti va sariq ranglar olingan.
Bu uchta rang oq qog`ozga surtilganda qog`oz qora rangga kiradi. Lekin toza
bo`yoqlar olish juda qiyinligi sababli bu uchta rangdan hosil qilingan
qora rang biron bir bo`yoq tusiga kirib qoladi. Buning oldini olish uchun
ayiriluvchi ranglar tizimida yuqoridagi uchta rang bilan birga qora rang ham
ishlatiladi. Natijada qora ranglar ko`p bo`lgan tasvirlarni yaratishda boshqa
rangdagi bo`yoqlarning sarflanishi ham keskin kamayadi. Ranglarning bu tizimidan rangli printerlarda, plotterlarda hamda nashriyotning bosma mashinalarida foydalaniladi. Bu tizim undagi asosiy ranglar nomlaridan olingan bo`lib, CMYK (Cyan, Magenta, Yellow, Black) deb ataladi. Bu tizimda har bir asosiy rang foizda ko`rsatiladi. CMYK rang moduli subtraktiv modulga tegishli bo`lib, u nashrni chop etishga tayyorlashda qo`llaniladi. CMYK rang komponentlari sifatida, asosan oq rangdan ayirish natijasida hosil bo`lgan quyidagi ranglar xizmat qiladi:
— havorang (cyan) = oq — qizil = yashil + ko`k;
— to`q qizil {magenta) = oq — yashil = qizil+ko`k;
— sariq (yellow) = oq — ko`k = qizil+yashil.
Bu metod original tasvirni chop etishda ranglarning tabiiy qabul qilinishiga mos keladi. Havorang, to`q qizil va sariq ranglar qo`shimcha hisoblanadi, chunki ular asosiy ranglarni to`ldiradi. Amalda qo`shimcha ranglarni bir-biriga qo`shgan bilan qora rangni bermaydi. Shuning uchun rangli modulga yana bir komponent — qora rang kiritilgan. Natijada rangli modul abbreviaturasida to`rtinchi harf paydo bo`ldi: CMYK (Cyan, Magenta, Yellow, Black). Kompyuter tasvirini poligrafik uskunada chop etish uchun ranglarni CMYK moduli komponentlariga mos keluvchi tarkiblarga ajratish kerak. Bu jarayon ranglarni ajratish deyiladi. Oqibatda har bir komponentning original to`rtta tasviri hosil qilinadi.
Ushbu model ranglarning yutilish (ayirish) printsipini amalga
oshiriladigan qurilmalarda tasvir hosil qilishda rangni ifodalash uchun
qo’llaniladi. Bu printsip eng avvalo qogozga chop qiluvchi qurilmalarda
qo’llaniladi. Ushbu modelning atalishi asosiy subtraktiv ranglar -
xavorang (Cyan) qirmizi (Madenta) va sariq (yellow) ranglar nomida
tuzilgan (1.2-rasm).


Download 3,84 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Download 3,84 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fakulteti Informatika va uni o`qitish metodikasi kafedrasi

Download 3,84 Mb.