• 1.4-rasm. Iliq va souvuq ranglar.
  • Fakulteti Informatika va uni o`qitish metodikasi kafedrasi




    Download 3,84 Mb.
    bet6/19
    Sana16.05.2024
    Hajmi3,84 Mb.
    #238274
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
    Bog'liq
    Adobe photoshop dasturning grafik obyektlarda ranglar va qatlamlar bilan ishlashning zamonaviy usullari.

    1.3.rasm. HSB rang modeli.
    Masalan, ko`k rang (240°) bilan pushti rang (300°) orasida siyohrang (270°)
    joylashgan. Bdrinchi parametr rangning to`yinganligini bildiradi. Bu parametr 0 dan 100 gacha bo`lgan qiymatni qabul qiladi. Bu parametming qiymati kamaygani sari rangning to’yinganligi ham kamayib boradi va 0 ga teng bo`lganda bu rang oq
    rangga aylanib qoladi. Bu parametrga mos keladigan ranglar tanlangan burchakning radiusi bo`yicha joylashgan bo`ladi. Bu radius bo`ylab harakatlanganda doira chegarasi, ya’ni aylanada tanlangan rang to`yinganligi kamayib borib oq rangga aylanadi. Rangning uchinchi parametri tanlangan rangning yorqinligini bildiradi va 0 dan 100 gacha bo`lgan qiymatlarni qabul qiladi.
    Masalan, oq rang tanlangan bo`lsin. Uning yorqinligi 100 (foiz) ga teng bo`lsa, u oqligicha qoladi. Yorqinlik 0 ga teng qilib olinsa, oq rang qora rangga aylanib qoladi. 50 ga teng bo`lsa, kulrang, 25 ga teng bo`lsa, to`q kul rang, 75 ga teng bo`lsa, och kul rangga aylanadi. Bu tizimning yaxshi tomoni unda bir-birini to`ldiruvchi va bir-biriga yaqin bo`lgan ranglar yaqqol ko`rinib turadi. Bir-birini to`ldiruvchi ranglar deb doiraning bitta diametrida bir-biriga qarama-qarshi joylashgan ranglarga aytiladi. Masalan, qizil va havo rang; va ko`k; yashil va pushti ranglar; shuningdek, oq va qora ranglar birbirini to`ldiruvchi ranglar hisoblanadi. To`ldiruvchi ranglardan biri fon uchun olinsa,ikkinchisi chiziqlar chizish, matn yozish uchun ishlatiladi. Bunda chiziq va yozuvlar fonda yaqqol ko`rinib turadi. Matnning biron qismini ajratish uchun matnning asosiy
    rangiga yaqinroq rang tanlanadi. Ranglar ikki turga ajratiladi. Ulardan birinchi iliq
    ranglar, ikkinchisi esa sovuq ranglar deb ataladi. Iliq ranglarga tarkibida qizil va
    sariq ranglar ko`proq bo`lgan ranglar, sovuq ranglarga tarkibida ko`k va siyoh
    ranglar ko`proq bo`lgan ranglar kiradi. Ayniqsa, ularga qora va kul ranglar aralashsa, ular yanada sovuqlashadi.

    1.4-rasm. Iliq va souvuq ranglar.
    Iliq va sovuq ranglar orasidagi yashil va binafsha ranglar neytral ranglar
    hisoblanadi. Iliq ranglar odamning kayfiyatini ko`taradi. Sovuq ranglar esa ruhiyatga yomon ta`sir qiladi. Dizayn bilan jiddiy shug`ullanishni istaganlar iliq, sovuq, neytral ranglarni va ular bilan ishlashni yaxshi bilib olishlari kerak.

    Download 3,84 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




    Download 3,84 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fakulteti Informatika va uni o`qitish metodikasi kafedrasi

    Download 3,84 Mb.