|
Fakulteti Informatika va uni o`qitish metodikasi kafedrasi
|
bet | 7/19 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 3,84 Mb. | | #238274 |
Bog'liq Adobe photoshop dasturning grafik obyektlarda ranglar va qatlamlar bilan ishlashning zamonaviy usullari.4.CIE Lab rang moduli.
1920-yilda CIE Lab {Communication Internationale de FEclairage — xalqaro komissiya, L,a,b — bu sistemada koordinata o`qlarining ifodalanishi} rang fazoviy moduli ishlab chiqildi. Sistema apparatga bog`liq bo`lmaganligi uchun ko`p hollarda qurilmalar orasida ma’lumotni o`tkazish uchun qo`llaniladi. CIE Lab modulida ixtiyoriy rang quyidagicha aniqlanadi; yorug`lik (L) va uning xromatik komponentlari: a-parametri yashil rangdan qizil ranggacha o`zgarish diapazonini, b-parametri ko`k rangdan sariq ranggacha o`zgarish diapazonini tashkil qiladi(1.5-rasm).
1.5-rasm. CIE Lab ranglar.
CIE Lab modulida ranglarni qamrab olish imkoniyati texnik qurilmalar
(monitor, printer) imkoniyatlaridan yuqori bo`lganligi sababli tasvirni chiqarishdan
oldin uni o`zgartirishga to`g`ri keladi. Bu modul rangli fotokimyoviy va poligrafik
jarayonlarni bir-biriga bog`lash uchun ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda bu modul
Adobe Photoshop dasturida standart sifatida qabul qilingan.
1.2§ Adobe Photoshopda rang rejimlari
Rang rejimi kanallar soniga asoslanib ranglar uyg‘unlashuvini belgilaydi. Turli rang rejimlari rang ma’lumotlarining turli darajalariga va fayl hajmiga ta’sir
ko‘rsatadi. Quyidagi rang rejimlari keng tarqalgan:
1. RGB rejimi (millionlab ranglar);
2. CMYK rejimi (to‘rtta chop etish ranggi);
3. Index rejimi (256 rang);
4. Bitmap rejimi (2 tang)/
Photoshop dasturida RGB rang rejimi har bir pikselga kuchayish qiymatini
biriktiruvchi RGM modelini ishlatadi. Har bir kanal uchun 8 bitlik tasvirda RGB
(red, green, blue) komponetlari uchun kuchayish qiymati 0 (qora) dan 255 (oq) gacha bo‘ladi. Masalan, qizil rang uchun R qiymati 246, G qiymati 20 va B qiymati 50 ga teng bo‘ladi. Uchala komponentlarning qiymati bir xil bo‘lsa natija kulrang bo‘ladi.
Barcha komponentlarning qiymati 255 ga teng bo‘lsa natija oq rang, 0 ga teng bo‘lsa natija qora rang bo‘ladi. RGB rang rejimidagi tasvirlar ekranda rang xosil qilish uchun uchta rang (kanal)lardan foydalaniladi. Har bir kanal uchun 8 bitlik tasvirlarda har bir piksel uchun rang ma’lumoti 24 bitga (8 bit * 3 kanal) teng bo‘ladi. 24 bitlik tasvirlarda har bir piksel 16.7 million ranglarni ifoda qilishi mumkin. Photoshop dasturi uchun RGB asosiy rang rejimi hisoblanadi va kompyuter monitorlarida ranglarni aks ettirish uchun ishlatiladi.
CMYK rang rejimida har bir pikselga siyoxlarning foiz qiymati belgilanadi.
Och ranglar uchun siyoxning past foiz qiymati belgilanadi. To‘q ranglar uchun
siyoxning yuqori foiz qiymati belgilanadi. Masalan, qizil rang uchun 2% cyan, 93% magenta, 90% yellow va 0% black rang qiymatlari belgilanadi. CMYK rang rejimida oq rang barcha komponentlarga 0% qiymati belgilanganda xosil bo‘ladi.
CMYK rejimidan odatda tasvirni siyoxli printerlarda chop etishda foydalaniladi. Lab (CIE L*a*b*) rang rejimi insonni rangni sezishiga asoslangan. Lab rang rejimidagi sonli qiymatlar inson ko‘radigan barcha ranglarni ifodalaydi. Lab rang rejimi boshqa rang rejimlardan farqli o‘laroq rangni qanday ko‘rinishini
ifodalaganligi uchun qurilmaga bog‘liq bo‘lmagan rang rejimi xisoblanadi.
Ranglarni boshqarish tizimi Lab rang rejimini bir rang rejimidan ikkinchi rang
rejimiga o‘tkazishda tavsiya manbasi sifatida ishlatadi.
Grayscale rang rejimi tasvirda kulrangning har xil tuslarini ishlatadi. 8 bitlik
tasvirlarda kulrangning 256 tagacha tuslari bo‘lishi mumkin. Kulrang tasvirda har
bir piksel 0 (qora) dan 255 (oq) gacha yorug‘lik qiymatiga ega bo‘ladi.
Bitmap rang rejimi tasvirdagi pikselni ifodalash uchun ikkita rangdan (oq yoki
qora) bittasini ishlatadi.
Duotone rang rejimi monoton, duoton (ikkita rangli), tritone (uchta rangli) va
quadtone (to‘rt rangli) kurlang tasvirlarni yaratishda ishlatiladi.
Index rang rejimi 256 tagacha rangga ega 8 bit tasvir fayllarini yaratishda
ishlatiladi. Boshqa rang rejimidan Index rang rejimiga o‘tilganda Photoshop dasturi tasvirdagi ranglarni saqlovchi va indekslovchi maxsus rang jadvalini tuzadi.
Agar birlamchi tasvirdagi rang jadvalda mavjud bo‘lmasa dastur jadvaldan ushbu rangga yaqin rangni tanlaydi. Index rang rejimining ranglar palitrasi cheklanganligi sabali tasvir faylining xajmi kichrayadi va tasvirning umumiy ko‘rinish sifati nisbatan ko‘ngildagidek bo‘ladi. Ushbu rang rejimida tasvirni tahrirlashda ba’zi cheklovlar qo‘yiladi.
|
| |