|
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi
|
bet | 2/19 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 3,84 Mb. | | #238274 |
Bog'liq Adobe photoshop dasturning grafik obyektlarda ranglar va qatlamlar bilan ishlashning zamonaviy usullari.Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Hozirda kompyuter grafikasi ilmiy xodimlar uchungina emas, balki rassomlar, loyihachilar, dizayn va reklama bilan shug`ullanadigan mutaxassislar, web sayt yaratuvchilar, o`qitish jarayoni va boshqa sohalarda keng qo`llanilmoqda. Shuning uchun kompyuter grafikasi sohasida yetuk kadrlarni tayyorlash, yosh kitobxonlarga kompyuter grafikasi faniga bo’lgan qiziqishlarini orttirish va ularga kampyuter grafikasida yetakchi o’rinlarga turadigan Adobe Photoshop dasturi haqida ma’lumotlar yetkazish kurs ishimizning asosiy dolzarb masalasi hisoblanadi.
Kurs ishimizning obyekti - Photoshop dasturiy paketi va uning imkoniyatlaridan amaliy darslarda foydalanish
Kurs ishimizning predmeti – Adobe Photoshop dasturi interfeysi va uskunalar paneli. Photoshop dasturiy paketi va uning imkoniyatlaridan amaliy darslarda foydalanish.
Kurs ishining maqsadi: Kompyuter grafikasi sohasida yetuk kadrlarni tayyorlash, yosh kitobxonlarga kompyuter grafikasi faniga bo’lgan qiziqishlarini orttirish va ularga kampyuter grafikasida yetakchi o’rinlarga turadigan Adobe Photoshop dasturi haqida ma’lumotlar yetkazish kabi ishlarni bajarishni o’z oldimizga qo’yilgan asosiy maqsad qilib qoydik.
Kurs ishining vazifalari:
• Mavzuga doir materiallar yig‘ish va o‘rganish;
• Adobe Photoshop dasturi va uning imkoniyatlari;
• Adobe Photoshop dasturidan foydalanishning asosiy afzalliklari;
• Adobe Photoshop dasturida rasmni qayta ishlash texnikasi ;
• Photoshopda Tasvirlarni tuzatish va qaytarish usullari.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishimiz tarkibiy jihatdan kirish, ikki bob, o‘z navbatida har bir bob uchta bo‘limdan iborat, shuningdek kurs ishimiz xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan tashkil topgan.
I BOB. ADOBE PHOTOSHOP RANG MODELLARI VA SOZLANMALARI 1.1§ Kompyuter grafikasida ishlatiladigan rang modellari.
Rang - bu bizning yoruglik nurlarni idrok etishimizning omillaridan biridir.
Rang va uni o’lchash bilan shug’ullanadigan fan kolorimetriya deb ataladi. U inson
tomonidan nurni rang sifatida idrok etilishining umumiy qonuniyatlarini bayon
etadi. Kolorimetriyaning asosiy qonunlaridan biri ranglarning tuzilishi qonunlaridir. Bu qonunlar eng to’larok, xolda 1853 yilda nemis matematigi German Groseman tomonidan ifoda etilgandir:
1) Rang uch o’lchamlidir - uni ifodalash uchun uch tashkil etuvchi kerak
bo’ladi. Garchi uch rangdan iborat bir - biriga chiziqli bogliq, bo’lmagan
ikkilanmagan miqdordagi to’plamlar mavjud bo’lsada, har qanday to’rt rang bir - birlari bilan chiziqli bog’langandir.
|
| |