|
Fakulteti Informatika va uni o`qitish metodikasi kafedrasi
|
bet | 3/19 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 3,84 Mb. | | #238274 |
Bog'liq Adobe photoshop dasturning grafik obyektlarda ranglar va qatlamlar bilan ishlashning zamonaviy usullari.1.Rangning RGB modeli. Ranglar bilan ishlash uchun bir qator tizimlar ishlab chiqilgan. Ulardan birinchisi qo`shiluvchi ranglar tizimi deb ataladi. Xonadagi bir nechta chiroqlarni yoqsak, ular taratayotgan yorug`liklar qo`shiladi va xona yanada yorishadi. Agar bu chiroqlar turli rangda bo`lsa, bu ranglar qo`shilib, xona ulardan ko`ra yorqinroq (ochroq) rangga kiradi.
Bu model nurlanish printsipi asosidagi qurilmalar yordamida olinadigan
ranglarni ifodalash uchun foydalaniladi. Asosiy ranglar sifatida qizil (Red),
YASHIL(Green) va ko’k (Blue) tanlab olingan. Boshqa rang va uning nozik turlar
yuqorida aytilgan asosiy ranglarning ma`lum miqdorini qo’shish bilan olinadi (1.1-rasm).
1.1-rasm. RGB tizimining asosiy ranglari va ularning qo’shilishi.
Bu ranglarning har birining yorqinligi 0 dan 255 gacha bo`lishi mumkin.
Natijada 256*256*256 ta (o`n olti milliondan ko`proq) ranglar hosil qilish mumkin.Masalan, yashil va ko`k ranglar qo`shilganda havo rang (ingliz tilida Cyan deb ataladi), qizil va ko`k ranglar qo`shilganda pushti (Magenta), qizil va yashil ranglar qo`shilib sariq (Yellow) ranglar paydo bo`ladi. Uchta asosiy rang qo`shilganda oq rang chiqadi. Qo`shiluvchi ranglar yordamida televizor va kompyuter monitori ekranidagi tasvirlarning ranglari hosil qilinadi. Rasm darslaridan bilamizki, oq qog`ozni bir necha rangdagi bo`yoqlar bilan bo`yasak, bu ranglar qo`shilib, to`qlashadi. Masalan, sariq va pushti ranglar bilan qog`ozni bo`yasak, qog`oz qizil rangga kiradi. Bunda ranglar oq rangdan ayriladi va bu ranglar tizimi ayriluvchi ranglar tizimi deb ataladi.
RGB tizimi uchun yana bir muhim parametr - uch tashkil etuvchi qiymatining bir xil miqdorda aralashuvidan hosil bo’ladigan rangdir. Bu oq rangdir.
RGB tizimining ommabopligini ta`minlovchi yana bir omil uning yaqqol
ko’rinishidir. Asosiy ranglar ko’rish spektrining yaqqol farqdanadigan qismlarida
joylashgandir. RGB tizimi hozirgi paytda - birinchi navbatda rangli televizorlarda
va kompyuterlarning displeylarida keng qo’llanilmoqda.
|
| |