-ram. Qavatning boshqarish tutgichlarini aks ettirish




Download 3,84 Mb.
bet15/19
Sana16.05.2024
Hajmi3,84 Mb.
#238274
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Adobe photoshop dasturning grafik obyektlarda ranglar va qatlamlar bilan ishlashning zamonaviy usullari.

2.6-ram. Qavatning boshqarish tutgichlarini aks ettirish
Maska qavatlari. Qavatga maska qo‘yish orqali ushbu qavatning qismini yashirib uning tagida joylashgan qavatni aks ettirish mumkin. Photoshop dasturida ikki turdagi maskalarni yaratib olish mumkin:
1. Qavat maskalari – piksellar zichligiga bog‘liq bo‘lgan rastrli tasvir bo‘lib
chizish yoki tanlash uskunalari yordamida tahrirlanadi;
2. Vektorli maska – piksellar zichligiga bog‘liq bo‘lmay va pero yoki shakl
uskunalari yordamida yaratiladi.
Qavatlar panelida qavat va vektorli maskalar qavat yorlig‘iga qo‘shimcha
yorliq sifatida aks ettiriladi. Qavat maskasi uchun qo‘shimcha yorliq kulrang
diagramma ko‘rinishiga ega. Vektorli maska uchun qo‘shimcha yorliq maska
shaklida qavatdan qirqib olingan shakl ko‘rinishiga ega.

2.7.rasm. Yorliq maska shaklida qavatdan qirqib olingan shakl.
Qavat va vektor maskalari qavatdagi tasvirni o‘zgartirmaydi va maskani
tahrirlash jarayoni qavatdagi piksellarni o‘zgartirmaydi.
Qavatga qavat maskasi qo‘yilganda qavatni butunlay yashirish yoki aks ettirish mumkin. Keyinchalik maskaga chizib qavatning ma’lum joylarini yashirib qavat ostidagi qavatni aks ettirish mumkin.
Butun qavatni yashiruvchi yoki aks ettiruvchi maskani qo‘yish uchun
quyidagilarni bajarish kerak:
1. Tasvirning biro bir qismi belgilanmaganligiga ishonch hosil qilish uchun
dasturning Select menyusidan Deselect buyruq qatorini tanlash kerak;
2. Qavatlar panelidan qavat yoki qavatlar guruhi tanlanadi va quyidagilardan
biri bajariladi:
- butun qavatni aks ettiradigan maska yaratish uchun qavatlar panelidan qavat
maskasini qo‘shish tugmasi bosish yoki dasturning Layer menyusi Layer Mask
bo‘limidan Reveal All buyruq qatorini tanlash kerak;
- butun qavatni yashiradigan maska yaratish uchun klaviaturaning Atl
tugmasini bosib turgan holda qavatlar panelidan qavat maskasini qo‘shish
tugmasi bosish yoki dasturning Layer menyusi Layer Mask bo‘limidan Hide All
buyruq qatorini tanlash kerak.
Qavatning ma’lum qismini yashiruvchi maskani qo‘yish uchun quyidagilarni
bajarish kerak:
1. Qavatlar panelidan qavat yoki qavatlar guruhi tanlanadi;
2. Tasvirning kerakli joyini belgilab quyidagilarning biri bajariladi:
- belgilangan maydonni aks ettiruvchi maskani yaratish uchun qavatlar
panelidan qavat maskasini yaratish tugmasini bosish yoki dasturning Layer
menyusi Layer Mask bo‘limidan Reveal Selection buyruq qatorini tanlash kerak;
- belgilangan maydonni yashiruvchi maskani yaratish uchun klaviaturaning Alt tugmasini bosib turgan holda qavatlar panelidan qavat maskasini yaratish
tugmasini bosish yoki dasturning Layer menyusi Layer Mask bo‘limidan Hide
Selection buyruq qatorini tanlash kerak.
Qavatning shaffof maydoniga asosan maska yaratish uchun quyidagilarni
bajarish kerak:
1. Qavatlar panelidan qavat tanlanadi;
2. Dasturning Layer menyusi Layer Mask bo‘limidan From Transparency
buyruq qatorini tanlash kerak.
Natijada qavatning shaffof maydoni shaffofligini yo‘qotadi va yaratilgan
maska tomonidan yashiriladi.
Mavjud qavat maskasini boshqa qavatga olib o‘tish uchun quyidagilardan birini bajarish kerak:
- mavjud maskani boshqa qavatga o‘tkazish uchun maskani sichqon
ko‘rsatkichi bilan ushlab kerakli qavat ustiga qo‘yish kerak;
- mavjud maskaning nusxasini boshqa qavatga o‘tkazish uchun klaviaturaning
Alt tugmasini bosib turgan holda maskani sichqon ko‘rsatkichi bilan ushlab kerakli
qavat ustiga qo‘yish kerak.
Odatda, qavat yoki qavatlar guruhi uning qavat yoki vektor maskasiga
bog‘langan bo‘ladi. Bu bog‘lanish qavat yorlig‘i va maska yorlig‘i orasidagi
bog‘lanish belgisi yordamida aks ettiriladi. Qavat yoki maskaning joyi
o‘zgartirilsa qavat bilan maskaning joyi bir xil o‘zgaradi. Qavat va maskaning
o‘rtasidagi bog‘lanish olib tashlansa qavat va maskaning joyini mustaqil ravishda
o‘zgartirish mumkin bo‘ladi.
Qavat bilan maska o‘rtasidagi bog‘lanishni olib tashlash uchun sichqon
ko‘rsatkichi bilan qavat yorlig‘i va maska yorlig‘i orasidagi bog‘lanish belgisini
bosish kerak. Qavat bilan maska o‘rtasidagi bog‘lanishni qayta o‘rnatish uchun
sichqon ko‘rsatkichi bilan qavat yorlig‘i va maska yorlig‘i orasidagi sohaga bosish
kerak.
Qavat maskasini yashirish yoki aks ettirish uchun quyidagilardan birini bajarish kerak:
- qavat maskasi joylashgan qavatni tanlab dasturning panellar bo‘limidagi
xususiyatlar panelining tagida joylashgan tugmasini bosish kerak;
- klaviaturaning Shift tugmasini bosib turgan holda sichqon ko‘rsatkichi bilan
qavatlar panelidagi qavat maskasi yorlig‘ini bosish kerak;
- qavatlar panelidan qavat maskasi qo‘yilgan qavat tanlanadi va dasturning
Layer menyusi Layer Mask bo‘limidan Disable (yashirish uchun) yoki Enable (aks
ettirish uchun) buyruq qatorini tanlash kerak.
Qavat maskasi yashirilganda qavat maskasining yorlig‘i ustiga qizil chizig‘
paydo bo‘ladi va uning qavatidagi tasvir maskaning effektisiz, dastlabki
ko‘rinishda aks ettiriladi.


Download 3,84 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Download 3,84 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-ram. Qavatning boshqarish tutgichlarini aks ettirish

Download 3,84 Mb.