• 2.4-rasm.Nusxa olish
  • -rasm.Qatlamdan nusxa olish




    Download 3,84 Mb.
    bet13/19
    Sana16.05.2024
    Hajmi3,84 Mb.
    #238274
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
    Bog'liq
    Adobe photoshop dasturning grafik obyektlarda ranglar va qatlamlar bilan ishlashning zamonaviy usullari.

    2.3-rasm.Qatlamdan nusxa olish.
    Qavatni boshqa tasvirga dublikat qilish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
    1. Manba va qabul qiluvchi tasvirlar ochiladi;
    2. Qavatlar panelidan manba tasvirning bir yoki bir nechta qavatlari yoki guruh tanlanadi;
    3. Quyidagilarning biri bajariladi:
    - qavatlar panelida belgilangan qavat yoki guruhni sichqon ko‘rsatkichi bilan
    ushlab qabul qiluvchi qavatga o‘tkaziladi;
    - uskunalar panelidan siljitish uskunasini tanlab manba tasvirdan qabul
    qiluvchi tasvirga siljitish kerak. Dublikat qilingan qavat yoki guruh qabul qiluvchi
    tasvirning joriy qavatining ustiga tushadi;
    - dasturning qavatlar menyusi yoki qavatlar panelining menyusidan Duplicate
    Layer yoki Duplicate Group buyruq qatorlari tanlanadi. Natijada ochilgan dialog
    oynasining Destination qismida Document elementining ochiladigan menyusidan
    qabul qiluvchi tasvir hujjati tanlanadi:

    2.4-rasm.Nusxa olish
    Qavat dublikatini yangi hujjatda yaratish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
    1. Qavatlar panelidan qavat yoki guruh tanlanadi;
    2. Dasturning Layer menyusi yoki qavatlar panelining menyusidan Duplicate
    Layer yoki Duplicate Group buyruq qatori tanlanadi;
    3. Natijada ochilgan dialog oynasining Destination qismida Document
    elementining ochiladigan menyusidan New qiymati tanlanadi va OK tugmasi
    bosiladi.

    2.2§ Qavatlar va qavat guruhlarini yaratish va boshqarish.


    Yangi yaratilayotgan qavat qavatlar panelida joriy belgilangan qavatning ustida yoki joriy belgilangan qavatlar guruhining uchida joylashadi. Yangi qavat yoki qavatlar guruhini yaratish uchun quyidagilardan birini bajarish kerak:
    - qavatlar panelidan yangi qavat yaratish tugmasi yoki yangi qavatlar
    guruhini yaratish tugmasini bosish kerak;
    - dasturning Layer menyusi New bo‘limidan Layer yoki Group buyruq qatorini tanlash kerak;
    - qavatlar panelining menyusidan New Layer yoki New Group buyruq qatorini
    tanlash kerak;
    - qavat yoki qavatlar guruhining xususiyatlarini belgilab yangi qavat yoki qavat guruhini yaratish uchun klaviaturaning Alt tugmasini bosib turgan holda qavatlar panelidan yangi qavat yaratish tugmasi yoki yangi qavatlar guruhini yaratish tugmasini bosish kerak;
    - yaratilayotgan qavat yoki qavatlar guruhini joriy belgilangan qavatning tagida joylashtirish uchun klaviaturaning Ctrl tugmasini bosib turgan holda qavatlar panelidan yangi qavat yaratish tugmasi yoki yangi qavatlar guruhini yaratish tugmasini bosish kerak.
    Mavjud fayl yordamida qavat yaratish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
    1. Mavjud tasvir faylini sichqon ko‘rsatkichi bilan ushlab Photoshop dastirida
    ochiq tasvir ustiga qo‘yish kerak;
    2. Import qilingan tasvirning joylashishi va masshtabi o‘zgartiriladi;
    3. Klaviaturaning Enter tugmasi bosiladi.
    Mavjud qavat asosida ushbu qavatning effektlarini saqlab qolgan holda yangi
    qavat yaratish uchun quyidagilarni bajarish kerak:
    1. Qavatlar panelidan qavat belgilanadi;
    2. Belgilangan qavatni sichqon ko‘rsatkichi bilan ushlab qavatlar panelidagi
    yangi qavat yaratish tugmasi ustiga qo‘yiladi.
    Tasvirdagi belgilangan maydonni qavatga aylantirish uchun quyidagilarni
    bajarish kerak:
    1. Tasvirda biror bir maydon belgilanadi;
    2. Dasturning Layer menyusi New bo‘limidan Layer Via Copy yoki Layer Via
    Cut buyruq qatorlarini tanlash kerak.
    Qavatlar guruhidagi qavatlarni ko‘rish uchun quyidagilardan birini bajarish
    kerak:
    - qavatlar panelida qavatlar guruhi yorlig‘ining chap tarafidagi ko‘rsatkichni
    bosish kerak;
    - qavatlar panelida qavatlar guruhi yorlig‘ining chap tarafidagi ko‘rsatkich
    ustiga sichqon ko‘rsatkichini joylashtirib o‘ng tugmasi bosiladi va ochilgan kontekst menyusidan Open This Group buyruq qatorini bosish kerak;
    - klaviaturaning Alt tugmasini bosib turgan holda qavatlar guruhi yorlig‘ining
    chap tarafidagi ko‘rsatkichni sichqon ko‘rsatkichi bilan bosib qavatlar guruhini va
    uning ichidagi boshqa qavatlar guruhini bir vaqtning o‘zida ochib beradi.
    Photoshop dasturida tahrirlashni osonlashtirish uchun ma’lum bir qavat,
    qavatlar guruhi yoki qavat effektini aks ettirish yoki yashirish mumkin. Buning
    uchun qavatlar panelidan quyidagilardan birini bajarish kerak:
    - qavat, qavatlar guruhi yoki qavat effektini ish sohasidan yashirish uchun
    qavatlar panelida uning chap qismidagi aks ettirish tugmasini bosish kerak. Aks
    ettirish tugmasi qayta bosilsa ushbu element ish sohasida aks ettiriladi;
    - dasturning Layers menyusidan Hide Layers yoki Show Layers buyruq
    qatorlarini tanlash kerak;
    - qolgan qavatlarni yashirib faqatgina belgilangan qavatni aks ettirish uchun
    klaviaturaning Alt tugmasini bosib turgan holda qavatlar panelida qavatning chap
    qismidagi aks ettirish tugmasini bosish kerak;
    - qavatlar penelida bir nechta elementlarni aks ettirish tugmasi ustida
    sichqon ko‘rsatkichini bosib turgan holda yurgizib ushbu elementlarni aks ettirish
    holatini bir vaqtda o‘zgartirib olish mumkin.
    Photoshop dasturida qavatlarni hujjat ichida va hujjatlararo nusxasini olish va
    qo‘yish mumkin. Belgilangan qavatning nusxasini olish uchun dasturning Edit
    menyusidan Copy buyruq qatorini tanlash yoki klaviaturadan Ctrl + C tugmalar
    kombinatsiyasini bosish kerak. Edit menyusining Paste buyruq qatori yordamida
    nusxasi olingan qavatni joriy hujjatning markaziga qo‘yadi. Edit menyusining Paste In Place buyruq qatori yordamida nusxasi olingan qavatni joriy hujjatga dastlabki hujjatdagi qavatning joylashishiga qarab qo‘yadi.

    Download 3,84 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




    Download 3,84 Mb.