|
Fakulteti Informatika va uni o`qitish metodikasi kafedrasi
|
bet | 11/19 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 3,84 Mb. | | #238274 |
Bog'liq Adobe photoshop dasturning grafik obyektlarda ranglar va qatlamlar bilan ishlashning zamonaviy usullari.Izobrajenie - Rejim bo'limidan mos rang modeli (Oq-qora( Bitmap), RGB, CMYK, Lab...) tanlanadi.
Masalan, RGB rang modeli rejimidagi tasvirni oq-qora rang modeli rejimiga o'tkazamiz.
1.9-rasm.Oq-qora rejimga o’zgartirish.
Shunda yuqoridagi tasvirimiz oq-qora rang rejimiga o'tadi.
1.10-rasm. Natija
Yoki, aksincha oq-qora rang modeli rejimidagi tasvirni RGB rang
modeli rejimiga o'tkazib ko'ramiz.
1.11-rasm.Rangli tasvirga aylantirish.
Shunda tasvirni qayta ishlashda turli ranglardan foydalanish mumkin.
Aks holda faqat ikki rangdan foydalanish mumkin. Buni rang tanlash
uskunasi oraqali rangni almashtirib ham ko'rish mumkin.
1.12-rasm.Natija
II BOB. ADOBE PHOTOSHOP DASTURDA QATLAMLAR BILAN ISHLASH. 2.1§ Qavatlar to‘g‘risida asosiy tushunchalar.
Photoshop dasturidagi qavatlar ustma-ust taklangan shaffof qog‘ozlarga
o‘xshaydi. Qavatning shaffof maydonlari orqali uning tagidagi qavatlarni ko‘rish
mumkin. Qavatdagi tasvirni boshqa qavatlarga nisbatan joylashuvini o‘zgartirish
uchun ushbu qavatni siljitish mumkin. Bundan tashqari qavatning xiralik darajasini
o‘zgartirib uni qisman shaffof qilish mumkin. Odatda qavatlardan bir nechta
tasvirdan kompozitsiya tayyorlanganda, tasvirga matn yoki vektorli grafik figuralar
qo‘shganda foydalaniladi. Qavatlarga maxsus effektlar qo‘shish mumkin.
Yangi tasvir bitta qavatga ega. Tasvirga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan qavatlar,
qavat effektlari va qavat to‘plamlarining soni faqatgina kompyuterning texnik imkoniyatlari bilan chegaralanadi. Qavatlar bilan Qavatlar paneli yordamida
ishlanadi. Qavat guruhlari qavatlarni tartiblash va boshqarishga yordam beradi.
Qavat guruhlaridan paneldagi qavatlarni mantiqiy tartiblashda foydalaniladi.
Xususiyatlar va maskalarni bir vaqtning o‘zida guruhdagi barcha qavatlarga qo‘llash mumkin.
Ba’zi hollarda qavatlar aniq bir kontentga ega bo‘lmaydi. Masalan, sozlama
qavatlar undan pastdagi qavatlarga ta’sir qiladigan rang va ton sozlamalarini o‘z
ichiga oladi. Tasvir joylashgan qavatga tegmagan holda sozlama qavatga
o‘zgartirish kiritish orqali tasvirni o‘zgartirish mumkin.
Smart Object deb nomlanadigan maxsus turdagi qavatlar bir yoki bir nechta
qavatlarni o‘z ichiga oladi. Smart Object qavatini tasvir piksellariga o‘zgartirish
kiritmasdan o‘zgartirish (masshtablash, qiyshaytirish yoki shaklini o‘zgartirish)
mumkin.
Photoshop dasturida qavatlar paneli barcha qavatlar, qavat guruhlari va qavat
effektlari ro‘yxatini aks ettiradi. Qavatlar paneli orqali qavatlarni aks ettirish yoki
yashirish, yangi qavat yaratish va qavat guruhlari bilan ishlash mumkin. Qavatlar
paneli quyidagi ko‘rinishga ega:
|
| |