|
Fakulteti kafedrasi Ro’yxatga olindi №
|
bet | 3/12 | Sana | 22.06.2024 | Hajmi | 58,42 Kb. | | #265076 |
Bog'liq BOSHQARUV (3)Delfa usuli aksariyat hollarda qaror qabul qilish jarayonida qatnashuvchi a'zolarni to’plash imkoniyati bo’lmagan hollarda, ya'ni boshqaruvning markaziy apparatidan uzoqda yashaydigan, filial va bo’limlarda ishlayotgan xodimlarni yig’ish maqsadga muvofiq bo’lmagan hollarda qo’llaniladi. Bu usulga binoan yechilishi lozim bo’lgan muammo bo’yicha qaror qabul qilish jarayonida qatnashuvchi guruh a'zolarining bir-biri bilan uchrashish va fikr almashishiga ruxsat etilmaydi.
Delfa usulini qo’llash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
1) muammo yuzasidan tuzilgan savollar javob berilishi uchun qatnashchilarga tarqatiladi;
2) har bir qatnashchi savollarga mustaqil va xufiya tarzda javob beradi;
3) javoblar markaziy apparatda yig’iladi va ulardagi takliflar asosida umumlashgan hujjat tayyorlanadi;
4) tayyorlangan hujjatning nusxasi har bir qatnashchiga jo’natiladi;
5) har bir qatnashuvchining umumlashgan hujjatga nisbatan bildirgan fikri yana markaziy apparatda to’planadi. U ko’rilayotgan muammo yechimiga o’zgargirish kiritishga asos bo’lishi mumkin. Shu sababli:
6) bu ish umumiy qarorga kelinmagunga qadar takrorlanaveradi.
Bu usulning o’ziga xos xususiyati shundaki, unda har bir qatnashuvchi fikrining mustaqilligi ta'minlanadi.
Boshqaruv iqtisodiy usullari va tashkiliy strukturalari
Boshqarishning iqtisodiy usullari - iqtisodiy manfaatlardan foydalanishga asoslanadi. Zero, har qanday jamiyatning iqtisodiy munosabatlari, eng avvalo manfaatlarda namoyon bo’ladi. Manfaatlar uch xil bo’ladi:
Umumjamiyat manfaatlari;
jamoa manfaatlari;
shaxsiy manfaatlar.
Bu manfaatlarni uyg’un sur'atda bog’lab olib borish muammosi bir qator muammolarni hal qilishga, har bir davr sharoitlariga muvofiq keladigan munosabatlarni o’rnatishni talab qiladi.
Masalan, bozor iqtisodiyoti sharoitida umumjamiyat manfaatlarini ro’yobga chiqarish maqsadida quyidagi iqtisodiy boshqaruv usullariga, ya'ni:
korxonalar va xo’jaliklarga faoliyat yuritishlarida erkinlik va mustaqillik berish;
xo’jaliklarni pirovard natijalariga binoan moddiy rag’batlantirish, soliq imtiyozlarini berish;
korxona va xo’jaliklar o’rtasidagi o’zaro shartnomalarning bajarilish intizomini mustahkamlash va ularning rolini oshirish;
moliya-kredit munosabatlarini takomillashtirish;
bozor munosabatlari mexanizmlari: baho, foyda, soliq, rentabellik, raqobat va hokazolarga keng e'tibor beriladi.
Iqtisodiy boshqaruv usullarining asosiy vazifasi ishlab chiqariladigan mahsulot (xizmat) birligiga sarflanadigan xarajatni kamaytirishga imkon beruvchi xo’jalik mexanizmlarining yangi usullarini, shuningdek, manfaatdorlik muhitini vujudga keltirish va ulardan samarali foydalanishdir.
Bu usulda kishilarning shaxsiy va guruhiy manfaatlarini yuzaga chiqarish orqali ularning samarali ishlashi ta'minlanadi. Bu maqsadga qo’shimcha ish xaqi to’lash, mukofotlar berish, bir yo’la katta pul bilan taqdirlash kabilar muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy metodlar boshqarishning barcha metodlari ichida yetakchi o’rinni egallaydi. Har qanday darajadagi rahbar bu usulning mazmunini yaxshi bilishi va ularni to’g’ri qo’llay olishi kerak. Boshqariluvchi ob'yektga iqtisodiy usullar orqali ko’rsatiladigan ta’sir korxonalarni:
jiddiy rejalar qabul qilishga:
mehnat va moliya resurslaridan yanada unumliroq foydalanishga;
yangi texnologiyalarni joriy qilishga;
mehnat unumdorligini oshirishga;
raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishga rag’batlantiruvchi va shunga da'vat etuvchi bo’lishi kerak.
Shu bilan birga iqtisodiy metodlar shunday tanlanishi va qo’llanilishi kerakki, bunda jamoalar va har bir xodimning manfaatlarigagina emas, balki butun jamiyat manfaatlariga rioya qilinadigan bo’lsin. Bir korxona uchun foydali tadbir davlatga ham foydali bo’lsin.
Boshqarishning iqtisodiy usullari jumlasiga:
kredit va foiz stavkasi;
soliq va soliq yuki;
boj to’lovlari;
subsidiya va sanktsiya;
litsenziya;
transfert to’lovlari;
narx-navo va hokazolar kiradi.
Boshqaruv organlari, xususan, davlat bu usullarni qo’llab, bozorni shakllantirish chog’ida ham, uning o’zini o’zi boshqarishi bosqichida ham g’oyat muhim jarayonlarni boshqaradi.
Agar ma'muriy boshqarish usullari o’zini o’zi boshqaradigan bozor mexanizmlariga qarshilik ko’rsatsa, ularga to’sqinlik qilsa, iqtisodiy usullar esa aksincha, ulardan foydalanishga tayanadi. Xo’jalik sohasiga davlatning ta'siri ham tubdan o’zgaradi. Binobarin, ma'muriy boshqarish usulida davlat korxonalarga o’z ta'sirini qat’iy belgilangan reja orqali o’tkazadi.
|
| |