|
Fakulteti kafedrasi Ro’yxatga olindi №
|
bet | 1/12 | Sana | 22.06.2024 | Hajmi | 58,42 Kb. | | #265076 |
Bog'liq BOSHQARUV (3)
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
_______________________ _________________________
______________fakulteti _____________ kafedrasi
Ro’yxatga olindi №__________ Ro’yxatga olindi №__________
“_____” ____________20 y. “_____” ____________20 y.
“___________________________ “ KAFEDRASI
“_____________________________ “ FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu:____________________________________________________________
Bajardi:_________________________________
________________ fakulteti, guruh talabasi
Tekshirdi ;
Kurs ishi taqrizga
Topshirilgan sana
“____” _____20 y.
|
|
Kurs ishi taqrizdan
qaytarilgan sana
“___” ______20 y.
|
Kurs ishi himoya
Qilingan sana
“___” ______20 y.
Baxo “___”_______
|
___________
(imzo)
___________
(imzo)
___________
(imzo)
|
Komissiya a’zolari;
_____________________
_____________________
|
______________ - 20
MAVZU: BOSHQARUV USULLARINI TAKOMILLASHTIRISH
REJA:
KIRISH
I – BOB. BOSHQARUV USULLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Boshqarish usullari to’g’risida tushuncha.
Boshqaruv iqtisodiy usullari va tashkiliy strukturalari
II – BOB. ARTEL KOMPANIYASINING BOSHQARUV STRUKTURASI
2.1 Artel kompaniyasining boshqaruvning iqtisodiy usullaridan samarali foydalanish
2.2 Xorijiy nufuzli brend kompaniyalarining boshqaruv strategiyalari ularning samaradorligi tahlili
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Murojaatnomasida «Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan inovatsion rivojlanish yo’liga o’tmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g‘oyaga, innovatsiyaga tayangan strategik qudratga va o’zining boshqarish strukturasiga ega davlat yutadi.
Innovatsiya – bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni bugundan boshlaydigan bo‘lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar, innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak. Shuning uchun biz Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etdik va uning oldiga aniq vazifalarni qo‘ydik. Bu vazirlik nafaqat iqtisodiyot sohasida, balki butun jamiyat hayotida eng muhim loyihalarni amalga oshirishda o‘ziga xos lokomotiv rolini bajaradi, deb ishonamiz» - deyilgan.
Boshqaruv vazifalari o’zining tarkibi bilan boshqaruv texnologiyasini bunyod etadi. Boshqaruv vazifasining ma’nosiga ikkita element kiradi: u avvalgi tizimida nima qilinayotganini belgilasa, so’ngra qanday qilib savoliga javob berishni bildiradi. Ilmiy menejmentning toifaviy to’plamida vazifalarga markaziy o’rin beriladi. Menejerlar mehnatining vazifaviy taqsimlanishi ilmiy menejment maktabida yaratilgan. Uning asoschisi frantsuz olimi A.Fayoldir. U menejmentning 5 ta yetaklovchi qoidasini ajratib ko’rsatadi: oldindan ko’rish, tashkilot, buyruq berish faoliyati, muvofiqlashtirish va nazorat qilish. Bir vaqtda A.Fayol barcha vazifalarni oltita guruhga taqsimladi:
1) ishlab chiqarish,
2) moliya,
3) nazorat,
4) hisob-kitob,
5) ma’muriyat,
6) texnika xavfsizligi.
Bozor iqtisodiyoti nazariyasida menejment va marketing o’rtasida uzviy bog'liqlik mavjud. Marketing menejmentning asosiy funksiyalaridan hisoblanadi. Korxonani boshqarish tizimi korxonada marketing xizmati tizimini samarali yaratish bilan chambarchas bog'liqdir. Uzoqni ko’zlovchi tadbirkorlar va menejerlar marketingning biznesdan ajralmasligini va raqobatlar mavjud bo’lgan sharoitda uning o’rni beqiyos ekanligini yaxshi tushunishadi.
Boshqaruv — tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat etish jarayonidir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha boʻgʻinlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. Menejment ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan aloqadordir. Menejment dastavval iqtisodiy nazariya fani bilan yaqindan bogʻliq. U iqtisodiy qonunlarni bilib olishga va ularga mos ravishda boshqarish jarayonida iqtisodiy usullarni qoʻllashga, har bir xodimga va jamoaga taʼsir koʻrsatishga asoslanadi.
Bir qancha iqtisodiy fanlar: makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, statistika, mehnat iqtisodiyoti kabilar ham menejment fani bilan chambarchas bogʻliqdir. Oʻzbekistonda Menejmentning nazariy asoslari va uning asosiy tamoyillari XIV-XV asrlarda Amir Temur davrida shakllana boshlagan. Buyuk sarkarda "Temur tuzuklari" asarida davlat, qoʻshin va boshqalarni boshqarish sanʼati toʻgʻrisida oʻz qarashlarini bayon etib, izohlab bergan. Menejment fanining nazariy asosini bir necha yuz yillar davomida toʻplangan amaliy tajriba natijalari tashkil etadi, ularni nazariy jihatdan asoslab turli xil konsepsiyalar, nazariy gʻoyalar, ish prinsiplari va uslublari ishlab chiqilgan. Ammo alohida fan sohasi sifatida menejment XIX asrga kelib shakllana boshladi.
Boshqarish (iqtisodiyotda) — xoʻjalik obʼyektining iqtisodiy tizimi holatini tartibga solish va yoʻnaltirish jarayoni; subʼyektlar, idoralar tomonidan kishilar va iqtisodiy obʼyektlarga ongli maqsadga muvofiq taʼsir koʻrsatishni bildiradi, ularning faoliyatini yoʻnaltirish va koʻzlangan natijalarga erishish maqsadlarida amalga oshiriladi. Boshqarish usullari boshqariladigan obʼyektning oʻziga xos xususiyatlariga bogʻliq, lekin hamisha boshqaruv qarori tatbiq etiladigan davrni ajratib olishni nazarda tutadi. Boshqarish xoʻjalik faoliyati davrlari uchun ishlab chiqiladigan rejalarga muvofiq holda olib boriladi. Boshqaruvning iqtisodiy, maʼmuriy va ijtimoiy ruhiy usullari mavjud. Boshqaruvning iqtisodiy usulida kutilgan maqsadlarga erishish uchun iqtisodiy vositalardan foydalaniladi. Bu vositalar (rejalashtirish, texnik iqtisodiy tahlil, foyda, rentabellik, narx, kredit, moddiy ragʻbatlantirish, soliq va boshqa dastaklar)dan toʻgʻri foydalanish muhim oʻrin tutadi, ishlab chiqarish jamoasini tashkil etadigan kishilarning shaxsiy va guruhiy manfaatlarini yuzaga chiqarish orqali ularning samarali ishlashi taʼminlanadi ( ishchilarga qoʻshimcha ish haqi toʻlash, mukofotlar berish, bir yoʻla katta pul bilan taqdirlash va boshqa ragʻbatlantirish choralari). Boshqarishning maʼmuriy usuli buyruq va farmoyishlar asosida olib boriladi.
Maʼmuriyat oʻz xoʻjaligi doirasida boʻlimlar, guruhlarni, shuningdek xodimlarni tabaqalashtirib, ularning vazifalari, masʼuliyati va huquqini belgilaydi. Unda rejalashtirish, resurslarni, foydani, tayyor mahsulotni taqsimlash, mablagʻlardan foydalanish markazlashtirilgan tartibda olib boriladi. Ijtimoiy-ruhiy usuldagi boshqaruv ijtimoiy maʼnaviy vaziyatga taʼsir etish orqali kishilarning feʼl atvori, ruhiyatini hisobga olib, ularning ijtimoiy talabini qondirish yordamida olib boriladi.
Boshqaruv tarkibiy jihatdan korxona, firma, kompaniya, birlashma va boshqa miqyosida, hududiy jihatdan esa tuman, shahar, viloyat, davlat miqyosida boʻladi. Boshqarishini davlatning boshqaruv organlari yoki boshqaruvchilar (menejerlar) amalga oshiradi. Boshqarish jarayonida vaziyatni yaʼni oʻzgargan iqtisodiy vaziyatga tezkorlik bilan chora topish muhim oʻrin tutadi. Boshqarishning vazifasi xoʻjalik obʼyektini uning uzoq muddatli maqsadlarini amalga oshirishga yo’naltirishdan iborat. Boshqarishda mahsulot sifati, harajatlar, mulk, xatar, bozor, talab, taklif va boshqa masalalar boʻyicha juda muhim qarorlar qabul qilish talab etiladi va ularning kutilgan natijalarga olib kelishi Boshqaruvning toʻgʻri yoki samaradorliligini tasdiqlaydi.Bilamizki har bir sohada boshqarish strukturasini tuzish muhim rol o’ynaydi.
|
| |