• Boshqaruv usullari
  • Funktsional tizimosti obyektlarini boshqarish usuli
  • I – BOB. BOSHQARUV USULLARINI TAKOMILLASHTIRISH




    Download 58,42 Kb.
    bet2/12
    Sana22.06.2024
    Hajmi58,42 Kb.
    #265076
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    BOSHQARUV (3)

    I – BOB. BOSHQARUV USULLARINI TAKOMILLASHTIRISH

      1. Boshqarish usullari to’g’risida tushuncha.

    Usul - bu tadqiqot qilish yoki ta'sir ko’rsatish usulidir. Tadqiqot qilish nuqtai nazaridan uslub deganda boshqaruv ob'yektini o’rganish jarayonida qo’llaniladigan usullar, ya'ni:

    • sistema (tizim)li yondashuv;

    • kompleks yondashuv;

    • tarkibiy yondashuv;

    • integratsion yondashuv;

    • modellashtirish;

    • iqtisodiy-matematik yondashuv;

    • kuzatish;

    • eksperiment;

    • sotsiologik kuzatuv kabi tahlilning ilmiy usullari tushuniladi.

    Ta'sir ko’rsatish nuqtai nazardan esa usul deganda boshqarish funktsiyalarini amalga oshirish uchun boshqaruv ob'yektiga ta'sir o’tkazish usullari tushuniladi. Bunday usullarga quyidagilar kiradi:
    - funktsional tizimosti ob'yektlarini boshqarish usuli;
    - boshqarish funksiyalarini bajarish usullari;
    - boshqaruv qarorlarini qabul qilish usullari.
    Har xil yondashuvlar, yo’sinlar, yo’llar yordamida amalga oshiriladigan turli-tuman boshqaruv ishlarining majmui - boshqaruvning aniq va o’ziga xos usullari deb yuritiladi.
    Boshqaruv usullari - bu xodimlarga va umuman ishlab chiqarish jamoalariga ta'sir ko’rsatish usullari bo’lib, bu usullar qo’yilgan maqsadlarga erishish jarayonida mazkur xodimlar va jamoalarning faoliyatini uyg’unlashtirishni nazarda tutadi.
    Boshqarish usullari ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish jarayonidagi mavjud munosabatlardan ob'yektiv tarzda kelib chiqadi.
    Funktsional tizimosti ob'yektlarini boshqarish usuli boshqariladigan ob'yektning tuzilishi bilan bog’liq bo’lib, uning tarkibidagi bo’limlarni boshqarishda qo’llaniladigan o’ziga xos usullarni o’z ichiga oladi. Ularni quyidagi tizimosti bo’limlar misolida ko’rish mumkin.
    Tizimosti bo’limlar:
    1. "Ishlab chiqarish" bo’limi

    • mahsulotning pishiq (ishonchli) ligini tahlil qilish;

    • mahsulot sifatini nazorat qilish;

    • omilli tahlil;

    • funktsional tahlil;

    • ishchi kuchi, uskuna va materiallardan foydalanishni nazorat qilish;

    • ishlab chiqarish operatsiyalarini o’rganish;

    • ishlab chiqarishni programmalashtirish, rejalashtirish va nazorat qilish;

    • harajatlarni hisob-kitob qilish va boshqalar.

    2. "Marketing" bo’limi
    - tovarlar bozorida korxonaning mavqeini diagnostika qilish;
    - korxonaning bozorga chiqish imkoniyatlarini tahlil qilish;
    - yangi mahsulot va yangi bozorlarga chiqish bo’yicha talab va ehtiyojlarni aniqlash;
    - marketing kontseptsiyasini ishlab chiqish va h.k.
    3. "Xodim" bo’limi

    • ishchi kuchini rejalashtirish;

    • xodimlar mehnatini va ish haqini tashkil qilish;

    • xodimlar va ularning martabalarini boshqarish;

    • xodimlarni boshqarish tizimini shakllantirish, tahlil qilish va boshqalar.

    Bu usullarni qo’llash yordamida boshqariladigan ob'yekt tarkibidagi bo’limlarning maqsadlari va ularning yechimi bo’yicha zarur tadbirlar aniqlab olinadi.
    Bu usullar boshqarish funksiyalarini, ya'ni:

    • rejalashtirish;

    • tashkil qilish;

    • nazorat qilish;

    • muvofiqlashtirish;

    • motivatsiya (vajlar, isbotlar keltirish) kabilarni bajarish uchun qo’llaniladigan usullardir. Masalan, rejalashtirish funktsiyasini bajarishda mutaxassislar:

    • prognoz (oldindan aytish);

    • ekstrapolyatsiya;

    • regression tahlil;

    • modellashtirish;

    • hujum;

    • Delfa;

    • omilli tahlil;

    • Maqsadlar shajarasi va uni yechish kabi usullarni qo’llaydi.

    Boshqarishning nazorat funktsiyasini bajarishda qo’llaniladigan usullar tezkor, buxgalteriya hisobi va statistika holatiga bog’liq va shularga asoslanadi. Motivatsiya usullari xodimlarni mehnatga undaydigan barcha usullarni, ya'ni:

    • ish xaqi;

    • rag’batlantirish tizimi;

    • foyda taqsimotida qatnashish;

    • ma'naviy rag’batlar;

    • yuqori lavozimlarga tayinlash, malakani oshirish kabilarni o’z ichiga oladi.

    Boshqaruv qarorlarini qabul qilish quyidagi uslublarga asoslangan holda amalga oshiriladi:

    • muammoni qo’yish;

    • muammoni hal qilish;

    • qarorni tanlash;

    • qilingan qarorlarning bajarilishini ta'minlash.

    Muammoni qo’yish bosqichida qo’llniladigan uslublar muammoni batafsil yoritishga, muammoga ta'sir qiluvchi ichki va tashqi omillarni aniqlashga, vaziyatni baholashga va shu asosda muammoli vaziyatni ifodalashga imkon yaratadi. Bu usullar tarkibiga:
    - ma'lumotlarni yig’ish, saqlash, ularni qayta ishlash va tahlil qilish usullari;
    - muhim voqealarni qayd qilish usullari;
    - qiyoslash usullari;
    - dekompozitsiya va modellashtirish usullariga muhim o’rin beriladi.
    Muammoni hal qilish, ya'ni yechim variantlarini ishlab chiqish bosqichida ham ma'lumotlarni yig’ishda qo’llaniladigan usullardan foydalaniladi. Ammo bu usullarni qo’llashga "Nima sodir bo’ldi" va "qaysi sabablar ta'siri ostida bo’ldi" degan muammoni hal qilishiga emas, balki "Muammoni qay tarzda hal qilish, qanday boshqaruv usulini qo’llash lozim" degan savolga javob topish nuqtai nazardan yondashiladi.
    Qarorni tanlash bosqichida, eng avvalo tanlash me'yor (kriteriya) larini shakllantirishga e'tibor beriladi. Bu yerda so’z ko’pincha maksimumlashtiradigan yoki minimumlashtiradigan maqsadli funktsiya to’g’risida boradi. Odatda bunday tanlovni optimallashtirish deb ataladi. Optimallashtirish kriteriyalariga quyidagilar misol bo’la oladi:

    • foydani, daromadni, mehnat unumdorligini, samaradorlikni maksimumlashtirish;

    • xarajatni, qo’nimsizlikni, unumsiz ish vaqtlari va hokazolarni minimumlashtirish.

    Qabul qilingan qarorlarning bajarilishini ta'minlash bo’yicha tadbirlar qaror qabul qilinib, tasdiqlangandan so’ng tuziladi. Bu bosqichda qarorlar shajarasi tuzilib, unda maqsadga erishishning barcha yo’nalish va yo’llari ikir-chikirigacha aniqlab chiqiladi.

    Download 58,42 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 58,42 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    I – BOB. BOSHQARUV USULLARINI TAKOMILLASHTIRISH

    Download 58,42 Kb.