• Boshqarish strukturalarining tashkiliy turlari
  • Funktsional boshqaruv tuzilmasi




    Download 58,42 Kb.
    bet7/12
    Sana22.06.2024
    Hajmi58,42 Kb.
    #265076
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    BOSHQARUV (3)

    Funktsional boshqaruv tuzilmasi
    Agar chiziqli boshqaruv tuzilmasida turli xil tarkibiy bo'linmalar o'rtasidagi to'g'ridan-to'g'ri va teskari funktsional aloqalar joriy etilsa, u funktsionalga aylanadi. Ushbu tuzilmada funktsional bo'g'inlarning mavjudligi turli bo'limlarga bir-birining ishini nazorat qilish imkonini beradi. Bundan tashqari, OSUga turli xil xizmat ko'rsatish xizmatlarini faol ravishda kiritish mumkin bo'ladi.
    Masalan, ishlab chiqarish uskunasining ishlashini ta'minlash xizmati, texnik nazorat xizmati va boshqalar. Norasmiy ulanishlar ham konstruktiv bloklar darajasida paydo bo'ladi.
    Funktsional tuzilma bilan umumiy boshqaruvni funktsional organlarning rahbarlari orqali chiziqli menejer amalga oshiradi. Shu bilan birga, menejerlar ma'lum boshqaruv funktsiyalariga ixtisoslashgan. Funktsional bo‘linmalar o‘z tasarrufidagi bo‘linmalarga ko‘rsatmalar va ko‘rsatmalar berishga haqli.
    Boshqarish strukturalarining tashkiliy turlari
    Boshqarishning quyidagi asosiy tashkiliy strukturalari mavjud:

    • Chiziqli struktura;

    • Chiziqli-shtabli struktura;

    • Funktsional struktura;

    • Chiziqli-funktsional struktura;

    • Dasturli-maqsadli struktura;

    Har bir strukturada rasmiy va norasmiy aloqalar mavjud. Rasmiy aloqalar, avvalo vertikal aloqalardir. Ular rahbarlik va bo’sunish turlariga ko’ra bir-biridan farq qiladi.
    Agar rahbarlik to’laqonli bo’lib, quyi organ quyi faoliyatga doir barcha masalalarga daxldor bo’lsa, bunday aloqa chiziqli rasmiy aloqa deb ataladi.
    Agar rahbarlik cheklangan bo’lib, quyi organ quyi faoliyatga doir o’zining masalalariga daxldor bo’lsa, bunday aloqa funktsional vazifaviy rasmiy aloqa deb ataladi.
    Organlar o’rtasidagi vertikal aloqadan tashqari gorizontal aloqalar ham mavjud bo’lib, ular muvofiqlashtirish, uyg’unlashtirish va hamkorlik qilish tarzidagi aloqalardir.
    Boshqaruv strukturasida asosiy o’rinni hokimiyatga tayanadigan rasmiy aloqalar egallaydi. Lekin norasmiy aloqalar muhimdir. Ba'zan ular tashkilotning ishini yo’lga qo’yishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi.
    Norasmiy aloqalar turli xilda bo’lishi mumkin. Bular jumlasiga korxonadagi qarindoshlik aloqalari, unda tarkib topgan umumiy manfaatlar, masalan, kasblar, qiziqishlar, sport bilan shug’ullanish yoki do’stona munosabatlar, birga o’qiganlik va boshqalarkiradi.
    Norasmiy aloqalar ham e'tibordan chetda qolmasligi kerak.
    Chunki:
    - norasmiy aloqalar rasmiy strukturaning barcha bo’g’inlari bilan kesishadi; qator munosabatlar ishdan tashqarida paydo bo’ladi va korxonaning barcha ishiga ta'sir ko’rsatadi;
    - norasmiy tizim o’zining ko’pgina ko’rsatkichlari bo’yicha korxona faoliyatining samarali tashkil qilishga imkon beradi.
    Ammo norasmiy aloqalarning salbiy jihatlari ham yo’q emas. Ehtiyotkorlik, sezgirlik yo’q bo’lgan joyda guruhbozlik, mahalliychilik, qarindosh-urug’chilik va shunga o’xshash ko’rinishlarning sodir bo’lishi hech gap emas.
    Har bir rahbar o’ziga ishonib topshirilgan bo’linma faoliyatini yakkaboshchilik asosida boshqaradi va barcha zarur qarorlarni mustaqil ravishda qabul qiladi.
    Bo’ysunuvchi xodimlar faqat o’zlarining bevosita rahbarlarining farmoyishlarini bajaradilar. Yuqori turuvchi rahbar xodimlarga ularning bevosita boshlig’ini "chetlab" murojaat qilmasligi kerak. Masalan, korxona direktori tsex boshlig’ini chetlab masterga buyruq bermasligi kerak. Shu tariqa rahbarlikning vertikal liniyasi va bo’ysunuvchilarga ta'sir ko’rsatishning to’g’ridan-to’g’ri yo’li ochiladi.

    Download 58,42 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 58,42 Kb.