K I R I S H. Mavzuning dolzarbligi




Download 2.21 Mb.
bet6/39
Sana19.05.2021
Hajmi2.21 Mb.
#14546
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39






K I R I S H.

Mavzuning dolzarbligi: Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 2014-yil may oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzuidagi xalqaro ilmiy konferensiyada jahon tamadduni, ilm-fani rivojida yetakchi o‘rin tutgan buyuk allomalarimizning bebaho merosini puxta o‘rganish, bunda aniq va tabiiy fanlar alohida ahamiyat kasb etishini ta’kidlagan edi.

Aniq va tabiiy fanlar o‘quvchi-yoshlar bilimining asosiy poydevorini tashkil etishi bilan birga innovatsion texnologiyalar, sanoat, ishlab chiqarish, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda muhim o‘rin egallaydi. Ushbu fanlarga umumta’lim maktablarida va kasb-hunar kollelarida matematika, fizika, kimyo, biologiya, geografiya, informatika o‘quv predmetlari kiritilgan.

Ma’rifiy islohotlar jarayonida ushbu yo‘nalishdagi fanlar bo‘yicha o‘quv dastur va rejalarini yangilash, o‘qitishni sifat va mazmun jihatdan yanada takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Maktablarni eng so‘nggi rusumdagi komputer jihozlari, maxsus sinfxonalar, fan kabinetlariga oid zamonaviy uskunalar, ilg‘or laboratoriya jihozlari, zaruriy o‘quv vositalari bilan ta’minlash yuzasidan salmoqli ishlar bajarilmoqda.

O‘qituvchilarga metodik yordam ko‘lamini kengaytirish maqsadida aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishida ko‘plab ma’rifiy plakatlar, atlas va xaritalar, elektron darsliklar, virtual laboratoriya va murakkab fanlarni o‘rgatish bo‘yicha ilg‘or tajribalar asosidagi namunaviy videodarslar yaratilib, joylarga yetkazildi. Barcha hududlarda videokonferensiya aloqa orqali "Masofaviy metodik xizmat tizimi"ning yo‘lga qo‘yilgani pedagoglar bilim darajasi, kasb mahoratini oshirishda muhim omil bo‘lmoqda. Shu orqali ilg‘or metodlar ommalashib, o‘zaro tajriba almashish keng quloch yoymoqda.

O‘zbekiston o‘quvchilari xorijiy davlatlarda matematika, kimyo fanlari bo‘yicha o‘tkazilayotgan xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib va sovrindor bo‘layotgani ushbu yo‘nalish ravnaqi yo‘lida davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikning yorqin samarasidir.

Kasb hunar kollejlarida kimyo, biologiya, matematika, geografiya, informatika o`quv predmetlarini axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda , innovatsion texnologiyalarga asosan modullarini yaratib darslar tashkil etish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.



Download 2.21 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Download 2.21 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



K I R I S H. Mavzuning dolzarbligi

Download 2.21 Mb.