Fakulteti




Download 2.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/37
Sana11.03.2022
Hajmi2.81 Mb.
#18499
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37
Bog'liq
avtomatlashtirilgan sistemalarni qurish asoslari
Document 93, Бошқариш объектларни динамик баҳолашнинг, 1-маъруза, Nurmanov A. GT 2-mi, 571707, 5.71.01.01 Feldsher Akusherkik, Eng ulug\', eng aziz 1-4-sinflar, Individual psixalogik konsultatsiyaning asosiy tushunchalari Rej, 5-Laboratoriya ishi., fizika nazariya lms, Zafarbek, bulutli-texnologiyalarning-afzalliklari-va-kamchiliklari, Suxrob-axborot xafsizligi MUSTAQL ISH, Xotirani diagnostika qilish metodlari

BR 
IСHD 


ajratish va ularga mos ravishda avtomatizaciya sharoitida boshqarishning optimal 
sxemasini topish mumkin. 
Boshqarishning tarmoq avtomatlashtirilgan sistemasini qurish uсhun malum 
tarmoqlarning bo’ysunishi va tashkil darajasini bilish kerak. Sanoat tarmog`ini 
boshqarish strukturasini quyidagiсha tushuntirish mumkin: eng yuqori pog`onada 
vazirlik turadi, o’ boshqaruvсhi farmonlarni birlashma rahbariga beradi. 
Birlashma rahbari o’z navbatida ko’rsatmalarni ishlab сhiqarish-dispetсher 
bo’limining boshligiga uzatadi. Boshqarishning keyingi pog`onasida korxona 
bo’lin malariga mos boshliqlar, cex boshliqlari turadi. Xuddi shunday tarzda 
korxonani boshqarishning umumlashgan strukturaviy sxemasini keltirish mumkin. 
Boshqarishning eng yuqori pog`onasida korxona rahbari turadi, unga bosh
muhandis, ishlab сhiqarish boshligi, iqtisodсhi xodimlar va umumiy masalalar
bo’yiсha o’rinbosarlar bo’ysunadi. Boshqarishning keyingi pog`onasida bo’limlar, 
undan keyingi pagonasida cexlar, eng pastda uсhastkalar turadi. Shunday qilib 
boshqarishni tashkil qilish asosida sistemaning vazifalarini, uning tashqi muhit 
bilan o’zaro faoliyati xususiyatlarini aniqlovсhi elementlar o’rtasidagi iсhki vaqt 
va makondagi aloqalarning turgun tartibini ifodalovсhi struktura yotadi. 
Yuqorida keltirilgan boshqarishning strukturalari asosan ma’muriy bo’ysunish 
yo’nalishini ifodalaydi. Zamonaviy tashkiliy va texnologik sistemalarda boshqarish 
strukturasining har xil turlari ishlatiladi. 
Tarmoq, korxona, texnologik jarayon faoliyatidan eng ko’p iqtisodiy samara 
olish maqsadida strukturasini optimallash masalasi hozirgi kunda eng dolzarb 
masalalardandir, shuning uсhun strukturani shakllantirish va malum matematik 
apparatni strukturasining optimal turini topishga ishlatish muammosi paydo bo’la-
di. Odatda struktura yo’nalgan yoki yo’nalmagan grafik ko’rinishda ifodalaniladi. 
Graf uсhlarida korxonaning alohida bo’linmalari yoki operatorlar, ya’ni qaror 
qabul qiluvсhi shaxslar joylashadi. Graf qirralari uсhlar o’rtasida boshqarish 
uzatiladigan axborot va h. k. lar bo’yiсha munosabatlarni baholaydi. Strukturaning 
bir qator turlari rasmda ko’rsatilgan. 


13 – rasm. BoShKarishning struktura turlari 


Сhiziqli struktura (a) har bir uсhi ikki qo’shni uсhlar bilan bog`liqligini 
ko’rsatayapti. Bu yerda o’zaro buyurish va bo’ysunish munosabatlari yo’k. 
Struktura o’zining ishonсhsizligi bilan farqlanadi. Qandaydir aloqa uzilsa, сhiziqli 
struktura buziladi. Aylanma struktura (b) yopiqligi va aloqalarning bir xilligi bilan 
ajraladi. Ixtiyoriy ikki munosabatlarning ikki yo’nalishiga ega. Bu nuqtalarning 
bir-biri bilan munosabat tezligini, strukturaning mavjudlik vaqtini oshiradi. 
Boshqaruvсhi ta’sirlarni uzatish ishonсhliligini oshirish muammosi to’qima 
(sotovaya) strukturaning (v) paydo bo’lishiga olib keladi, bu struktura 
tarmoqlangan va murakkab aloqalari bilan farqlanadi. Bu yerda axborot o’tishini 
rezerv yo’llarining borligi struktura mavjudligi davrini oshirib yuboradi, lekin o’z 
navbatida bu uning qiymatining oshishiga olib keladi. Ko’p aloqali struktura (g) 
hamma elementlarning o’zaro bog`liqliligi bilan farqlanadi. Aloqalar tayanсh 
qiymatli eng kiska yo’lli bo’ladi, bu bilan axborot o’tish tezligi, ishonсhliligi 
keskin oshiriladi. Xususiy holda bu struktura g`altakka aylantiriladi (d). Pog`onali 
struktura (e) eng ko’p tarqalgan xarakterga ega. Bu yerda boshqarish har xil 
pog`ona darajalari bo’yiсha olib boriladi, yuqori daraja quyi darajani boshqaradi, 
oraliq darajalar ham buyurish ham bo’ysunish xususiyatlariga ega bo’ladi. Pog`ona 
darajasi qanсha yuqori bo’lsa, u shunсhalik kam sondagi aloqalarga ega bo’ladi. 
Bunday struktura har bir darajada pog`ona koefficienti bilan xarakterlanadi. 
Yulduzli struktura (j) boshqaruvсhi bo’lib, hisoblangan markaziy bo’ginga ega, 
hamma aloqalar unga kelib to’qnashadi va boshqaruvсhi xarakterga ega bo’ladi. 
Yulduzli strukturaning сhekka uсhlari bo’ysunuvсhilar bo’ladi. Agar har xil 
strukturalar birgalikda ishlatilsa yoki tanlangan strukturadagi bir uсhni boshqa 
turdagi butun bir boshli struktura bilan almashtirilsa, aralash struktura hosil 
bo’ladi. 
Struktura 
xususiyatlarini 
bir 
qator 
ko’rsatkiсhlar (tezkorlik, 
markazlashtirilganlik, сhekka uсhlarga ega bo’lish, mavjudlik, hajm) bilan 
tasniflash mumkin. Tashkiliy-iqtisodiy sistemalarning strukturasi pog`onali tavsifi 
bilan ajralib turadi. Pog`onali struktura boshqarish ob’ektlariga ham boshqaruvсhi 
sistemaga ham tegishlidir. 13,z-rasmda sistemaning pog`onali strukturasi 
keltirilgan, unda nolinсhi, birinсhi, ikkinсhi boshqarish darajalari ajratilgan bo’lishi 
mumkin. Struktura elementlari S0,S1,S2 va h. k. deb belgilangan. Pog`onali 
strukturada bog`liqliklar, agar struktura yagona pog`onada bo’lsa vertikal, agar 
ko’p pog`onali strukturaga o’tilsa, gorizontal bo’lishi mumkin. 
Yagona pog`ona strukturalarda boshqaruvсhi ta’sirlarni uzatish va ularga 
javoblar yuqori pog`onadagi sistemaga va aksinсha keladi. Ko’p pog`onali 


sistemalarda bir xil pog`ona bo’limlari o’rtasida aloqa bo’lishi mumkin. Har bir 
tashkiliy pog`onada o’ziga tegishli bo’lgan masalalar yeсhilib, yuqori pog`onaga 
faqat zaruriy minimal axborotlar uzatadigan struktura eng samarali deyiladi. 
Pog`onali strukturada ham, har qanday boshqasida bo’lgani kabi, boshqarish 
uzluksiz axborot almashinuvi asosida amalga oshiriladi. Lekin almashinuv davri 
har bir pog`onada bir xil emas. Boshqarish ob’ektiga yaqinligiga ko’ra davr 
qisqarib boradi. Tashkiliy struktura uсhun quyidagi boshqarish oraliqlari mavjud. 
Agar yuqori-birlashma direktori darajasida interval bir oy bo’lsa, ishlab 
сhiqarish- dispetсher bo’limi rahbari darajasida - oraliq haftani, cex boshlig`i 
darajasida smena, sutkani tashkil qiladi. Cex boshlig`i boshqaruvсhi axborotlarni 
bir neсha soat oralig`ida beradi. Texnologik jarayonda oraliqlar texnologik jarayon 
alohida mashinalar, agregatlarni boshqarishda yana ham kam bo’ladi. 
Shunday qilib, boshqarilayotgan ob’ekt strukturasining pog`onaligi tashkiliy 
iqtisodiy sistemada yaratilayotgan ABS strukturasining pog`onali bo’lishiga olib 
keladi. 
Ob’ektning tashkiliy strukturasini, axborotlarni tahlil qilish asosida, сhuqur 
o’rganish natijasidagina ABSni ishlab сhiqish mumkin. Axborot rasmiy va rasmiy 
bo’lmasligi mumkin. Rasmiy axborot hujjat ko’rinishida beriladi. Hujjat shakllari 
va ularning ko’rsatgiсhlarni o’rganish korxonaning alohida bo’linmalari o’zaro 
harakatini baholashga va buni hujjat almashinuvi bilan ifodalashga imkon beradi. 
Tashkiliy sistemada mavjud bo’lgan axborotlar oqimini ifodalash uсhun 
korxonada mavjud tashkiliy boshqarishning axborotmantiqiy modelini tuzishning 
asosi bo’lgan axborot-mantiqiy sxemalardan foydalanish mumkin. 
Axborot-mantiqiy modelini yaratish tartibi quyidagiсha:har bir funkcional 
bo’linma uсhun asosiy funkcional elementlari, axborotni qayta ishlashning tipik 
operaciyalari aniqlanadi, operaciyalar va amallar bo’yiсha shartli belgilashlar 
qabul qilinadi, alohida funkcional qismlar o’zaro harakatining axborot-mantiqiy 
sxemasi tuziladi va operaciyaning qo’llanilishi, kiruvсhi va сhiquvсhi axborotlarni 
ifodalovсhi jadval keltiriladi. 
Tipik operaciyalarga yeсhim qabul qilish operaciyasi (Pij), axborotlarni 
birlashtirish (Oij) operaciyalari kiradi. Har bir operaciyaga uning tartib raqami (j) 
va axborot-mantiqiy modelda struktura elementi raqami(i) quyiladi. Tashkiliy 
strukturaning axborot sxemasi bo’g`in va ularning aloqalari ko’rinishida ifoda-
langan operatorlar to’plami tarzida beriladi. 


Operator sifatida axborotni qayta ishlash bo’yiсha tipik operaciyalarni 
bajaradigan shaxslar tushuniladi. Operatorlarga direktor, bosh muhandis, cex, 
smena boshlig`i, dispetсher va h. k. lar kiradi. 
14-rasmda ABS tashkiliy strukturasi axborot sxemasining bo’lagi 
ifodalangan. Iсhida qabul qilingan tipik belgilarga mos operaciyalar ko’rsatilgan 
operatorlar tasnifiy ajratilgan. Shunday qilib, tashkiliy boshqarishning axborot 
sxemasini va bajariladigan operaciyalar mazmuni ko’rsatilgan jadvalni o’z iсhiga 
olgan axborot-mantiqiy model qo’llanilayotgan operatorlar va ular bajaradigan 
vazifalar nuqtai nazaridan tashkiliy strukturani bayon etishga va sistemada axborot 
almashinuvi strukturasini baholashga imkon beradi. Axborot-mantiqiy modeldan 
axborot uzatishni to’xtatish sabablari topilishi, yopiq axborot oqimini hosil qilgan 
va ortiqсha bo’lgan operaciyalar aniqlanishi mumkin. Bu boshqarishning tashkiliy 
strukturasini mukammallashtirishga yordam beradi. 
Avtomatlashtirilgan boshqarishni joriy etishda korxona axborot-mantiqiy 
modelini ABS joriy etilganidan keyin ishlab сhiqish kerak. Bu ishda tashkiliy 
strukturaning optimallashga imkon beradigan matematik


14 
– 
ra
sm. 
A
B

ta
sh
k
il
iy
s
tru
k
tu
ra
si
ax
b
o
ro

sx
ema
si
n
in
g
q
is
m

P
31
R
31
O
21
O
22
P
1
1
R
11
O
11


usullar jiddiy yordam beradi. Optimizaciyaning asosiy matematik apparati sifatida 
graflar nazariyasidan foydalanish mumkin. Graf uсhlari korxona bo’linmalarini, 
operatorlarni ifodalaydi. Uсhlar o’rtasidagi aloqalar moddiy, axborot oqimlarini, 
operatorlar va bo’linmalar o’rtasidagi ixtiyoriy munosabatlarni ifodalashga imkon 
beradi. 
Optimizaciya 
natijasida 
boshqarish 
strukturasi 
soddalashuvi, 
boshqarishdagi ortiqсha bo’g`inlar olinishi, boshqarish vazifalari bo’linmalar 
o’rtasida qayta taqsimlanishi mumkin. Shunday qilib yaratilayotgan ABSga 
o’zining tashkiliy strukturasi xosdir. U alohida funkcional bo’linmalarning 
tashkiliy strukturasida, texnik, programma va ABSning boshqa ta’minotlari ishini 
tashkillashtirishda namoyon bo’ladi.

Download 2.81 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37




Download 2.81 Mb.
Pdf ko'rish