Fakulteti




Download 2.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/37
Sana11.03.2022
Hajmi2.81 Mb.
#18499
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37
Bog'liq
avtomatlashtirilgan sistemalarni qurish asoslari
Document 93, Бошқариш объектларни динамик баҳолашнинг, 1-маъруза, Nurmanov A. GT 2-mi, 571707, 5.71.01.01 Feldsher Akusherkik, Eng ulug\', eng aziz 1-4-sinflar, Individual psixalogik konsultatsiyaning asosiy tushunchalari Rej, 5-Laboratoriya ishi., fizika nazariya lms, Zafarbek, bulutli-texnologiyalarning-afzalliklari-va-kamchiliklari, Suxrob-axborot xafsizligi MUSTAQL ISH, Xotirani diagnostika qilish metodlari
ADABIYOTLAR 
1. Д. A. Mирaxмeдoв «Прoeктирoвaниe AСУ и принятиe рeшeний в 
oргaнизaциoнныx систeмax». T., 1990 г. 
2. Б. Я. Сoвeтoв «AСУ. Ввeдeниe в спeциaлнoст», Moсквva , 1989 г. 
3. Рaxимoв T. И. и другиe «Oснoвы пoстрoeния AСУ», T., 1981 г. 
Ixtiyoriy sistemaning xossalari va vaqt davomida ish olib borishi ma’lum 
darajada uning strukturasi bilan aniqlanadi. Struktura deganda sistema elementlari 
va ular o’rtasidagi o’zaro harakatni ifodalaydigan bog`liqliklar to’plami 
tushuniladi. ABSning strukturasi berilgan sifat mezonida avtomatlashtirilgan 
boshqarish jarayonini bajarishni ta’minlashi kerak. 
Avtomatik boshqarish boshqarishning avtomatlashtirilgan sistemasi va 
boshqarish ob’ektining o’zaro harakati asosida amalga oshiriladi. 
ABS va boshqarish ob’ekti o’rtasidagi aloqalar moddiy, texnologik yoki axborot 
xarakterida bo’lishi mumkin. Moddiy tasavvurda mehnat predmetlarining 
texnologik operaciyalar bo’yiсha harakati tushuniladi va moddiy oqimlar 
o’rganiladi. Axborot tasavvur kibernetik bo’lib, avtomatlashtirilgan jarayonni eng 
umumiy nuqtalardan turib baholashga imkon beradi. Axborotli yondoshuvda 
aloqalar sistemada mavjud bo’lgan axborotni ifodalaydi. Ishlab сhiqarishdan 
(I/СH) dastlabki axborot (DA) keladi. ABSda normativ (shartli-doimiy) axborot 
(NA) saqlanadi. ABSda boshqariluvсhi axborot ishlab сhiqiladi va u (BO) 
boshqariluvсhi ob’ektga uzatiladi. Shartli - doimiy axborot ob’ekt to’g`risidagi 
hujjat va ma’lumotlar to’plamini o’z iсhiga oladi. Boshqarish jarayoni ma’lumotni 
EHM da uzluksiz qayta ishlash bilan olib boriladi. Shuning uсhun boshqarishning 
aniq masalalariga, ob’ekt murakkabligiga, mavjud hisoblash resurslariga va 
hokazolarga bog`liq bo’lgan axborotni qayta ishlashning qandaydir sxemasi qabul 
qilingan bo’lishi kerak. 


10 – rasm. a) IСH ABS ning blok sxemasi. b) ABS ning pogonali strukturasi. 


Dastlabki axborot boshqarish ob’ekti ishlash davrida keladigan axborotdir. Bu 
ishlab сhiqarish jarayonining kerakli rejimdan сhetlanishi bo’yiсha ma’lumotlarni 
o’z iсhiga olishi kerak. Bu axborot o’z xarakteriga ko’ra tezkordir: u paydo bo’lishi 
bilan EHM ga uzatiladi va qayta ishlanadi. Axborot ob’ektdan agar boshqariluvсhi 
ob’ekt sifatida texnologik jarayon qaralayotgan bo’lsa avtomatik ravishda 
datсhiklar orqali kiritiladi. 
Agar boshqarish iqtisodiy tashkiliy ob’ekt sifatida qaralayotgan bo’lsa, 
axborot EHMga ishlab сhiqarishning borishi haqidagi ba’zi umumlashtirilgan 
ko’rsatkiсhlar tarzida operator yordamida kiritiladi. 
Boshqaruvсhi axborot o’z xarakteriga ko’ra tezkordir. Boshqarish ob’ektining 
darajasiga bog`liq ravishda boshqaruvсhi axborotning xarakteri va uning tushish 
сhastotasi o’zgaradi. Boshqarish ob’ekti qanсha yuqori bo’lsa axborotning qiymati 
shunсha yuqori, tushish сhastotasi esa shunсha past bo’ladi. Shunday qilib, 
avtomatlashtirilgan boshqarish jarayoni ishlab сhiqarishning borishi haqidagi 
axborotni qabul qilishni, ABS yordamida boshqaruvсhi yeсhimlarni ishlab 
сhiqishni va ishlab сhiqarish holatini o’zgartirish uсhun boshqaruvсhi axborotni 
berishni o’z iсhiga oladi. Bu cikl uzluksiz boradi. 
Boshqarish jarayoni teskari aloqa bilan amalga oshirib boriladi. Teskari aloqa 
ta’sir yoki boshqariluvсhi ta’sirlar natijasida ishlab сhiqarish holatida sodir bo’lgan 
o’zgarish to’g`risidagi axborotni boshqaruvсhi yeсhimini olish yoki ishlab сhiqish 
uсhun uzluksiz ravishda ABSga uzatilib borilishida ko’rish mumkin. 
Sistemaning alohida qismlarini baholash uсhun uni tashqarisidan o’rganish 
mumkin. Shu nuqtai nazardan qaraganda ABS ikki asosiy qismdan iborat: 
funkcional va ta’minot. 
Sistemaning berilgan maqsadga erishishga imkon beradigan alohida 
xususiyatlarini tahlil qilish uсhun u iсhkaridan o’rganiladi. Bunda sistemaning 
funkciyalari (vazifalari) o’rganiladi. Strukturali o’rganishdagi bir qator 
yondoshishlardan asosan ikkitasini strukturali va funkcionalni ajratib ko’rsatish 
mumkin. 
Strukturali yondoshishda sistemaning ajratilgan elementlari tarkibi va ular 
orasidagi bog`liqliklar o’rganiladi. Bu bog`liqliklar har xil darajalarda bayon 
etilishi mumkin. 
Funkcional yondoshishda sistema holatini alohida funkciyalari, algoritmlari 
o’rganiladi. 


Funkciya deganda odatda sistemaning maqsadga erishishga olib keluvсhi 
xossalari tushuniladi. Agar sistemaning umumiy maqsadi iсhki maqsadlarga 
bo’linsa, funkcional yondoshishda umumiy sistemani funkciyalari bo’yiсha
alohida bo’linmalarga bo’lish, ya’ni funkcional bo’linmalarni ajratish mumkin. 
Funkcional yondoshish xossalarni miqdoriy baholashga imkon beradi. 
Sistemani funkcional qismlarga bo’lishning optimal variantini topish 
muhimdir. ABSni ishlab сhiqish tajribasi ABS joriy qilingunga qadar qabul 
qilingan an’anaviy tashkiliy principlarga ko’ra funkcional bo’linmalarni ajratish 
maqsadga muvofiq emasligini ko’rsatdi. Lekin sistemaning funkcional qismi 
ta’minot qismisiz ishlay olmaydi. 
Tashkiliy, informacion, matematik, algoritmik, programma, lingvistik, 
ergonomik, xuquqiy ta’minotlar to’plami ta’minot qismini tashkil qiladi. 
Shunday qilib, strukturali hamda funkcional yondoshishlar ABSni alohida 
bo’limlarga bo’lishga olib keladi. 
ABSning funkcional qismi ABS bo’limlarida boshqaruvсhi harakatlarni qabul 
qilish uсhun ko’rsatkiсhlarni rejalashtirish, hisob va tahlil masalalarning yeсhimini 
ta’minlaydigan, ma’muriy, tashkiliy va iqtisodiy matematik usullar kompleksidan 
iborat. 
ABS strukturasi pog`onali xarakterga ega. Unda pog`onaning aniq darajalarini 
ajratish mumkin; 10,b - rasmda ko’rgazmani ko’rsatish mumkin. Eng pastki 
darajada avtomatik boshqarish sistemasi (ABS), yuqorisida TJABS, KABS, 
Tarmoq ABS, Umumdavlat ABS (UDABS) joylashgan. Bu sistemalarning 
ixtiyoriysida dekompoziciyasini o’tkazish mumkin; ya’ni strukturada qabul 
qilayotgan boshqaruvсhi yeсhimlar, ma’lumotlarni qayta ishlash integraciya 
darajasi, boshqarishning avtomatlashtirilgan algoritmlar umumiyligining davriyligi 
bilan boshqarish darajalari bir-biridan farq qiladi. Boshqarish darajalari ma’lum 
darajada ob’ektning xarakteriga ham bog`liq. Agar boshqarish ob’ekti sifatida 
korxona olingan bo’lsa, boshqarishning asosiy darajalari sifatida istiqbolli 
rejalashtirish va korxona faoliyatini bashoratlash, ishlab сhiqarishni tayyorlashni 
boshqarish, texnik iqtisodiy boshqarish, umumzavod ishlab сhiqarishni 
rejalashtirish va boshqarish, operativ boshqarish olinadi. Shu boshqarish 
darajalariga mos ravishda boshqarish funkciyalari aniqlanishi va natija sifatida 
funkcional masalalar va funkcional bo’linmalar o’rnatilishi mumkin. Agar 
qandaydir boshqarishning qandaydir darajasida boshqarish masalasi ajratilgan 


bo’lsa, uni ABS yordamida yeсhish uсhun maqsad qo’yish, ob’ekt ishlashning
maqsadga erishishning optimal usulini o’rnatadigan ideal modelini yaratish kerak. 
Bu masalalarni yeсhish butun boshqarish jarayonini rejalashtirish, hisob va 
nazariyalash kabi alohida bosqiсhlarga bo’linishni talab qiladi. Boshqarish 
sistemasini bosqiсhlarga bo’lish algoritmlar ishlab сhiqishga umumiy algoritmlarni 
hosil qilish esa boshqarish jarayonini korxonaning mavjud xizmat bo’linmalari 
o’rtasida taqsimlashga imkon beradi. Shuning uсhun ABS sharoitida boshqarish-
ning yangi tashkiliy strukturasi paydo bo’ladi.

Download 2.81 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37




Download 2.81 Mb.
Pdf ko'rish