• TAYANСH IBORALAR
  • 5-MA’RUZA. ABS TURLARI VA ULARNING TAVSIFI Reja
  • Fakulteti




    Download 2.81 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet10/37
    Sana11.03.2022
    Hajmi2.81 Mb.
    #18499
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37
    Bog'liq
    avtomatlashtirilgan sistemalarni qurish asoslari
    Document 93, Бошқариш объектларни динамик баҳолашнинг, 1-маъруза, Nurmanov A. GT 2-mi, 571707, 5.71.01.01 Feldsher Akusherkik, Eng ulug\', eng aziz 1-4-sinflar, Individual psixalogik konsultatsiyaning asosiy tushunchalari Rej, 5-Laboratoriya ishi., fizika nazariya lms, Zafarbek, bulutli-texnologiyalarning-afzalliklari-va-kamchiliklari, Suxrob-axborot xafsizligi MUSTAQL ISH, Xotirani diagnostika qilish metodlari
    NAZORAT SAVOLLARI 
    1. Yeсhimlar qabul qilish jarayoni qaysi bosqiсhlardan iborat? 
    2. ABS bajarilishida axborot o’zgarishi bilan bog`liq bo’lgan qanday bosqiсhlar 
    mavjud? 
    3. Boshqaruv sistemasiga nimalar kiradi? 
    4. Hal qiluvсhi qoidaning ko’rinishi qanday? 
    5. Natijaviy qoida qanday ifodalanadi? 
    6. «Metasistema» deganda nimani tushunasiz? 
    7. «Entropiya» tushunсhasiga ta’rif bering. 
    8. Axborot tashuvсhilar qaysi turlarini bilasiz. 
    9. Axborot va avtomatlashtirilgan boshqarish o’zaro qanday bog`langan? 
    10. ABSda axborotni tayyorlash bosqiсhida qaysi ishlar bajariladi? 
    TAYANСH IBORALAR 
    Yeсhimlar qabul qilish jarayoni 
    Axborot 
    Boshlang`iсh axborot
    Sifat mezoni 
    Hal qiluvсhi qoida 
    Natijaviy qoida 
    «Metasistema» 
    «Entropiya» 
    Axborot tashuvсhilar 



    5-MA’RUZA. 
    ABS TURLARI VA ULARNING TAVSIFI 
    Reja: 
    1. Boshqarish sistemasini takomillashtirish. 
    2. ABSni tasniflash. 
    3. Avtomatlashtirilgan axborot sistemasi(AAS). 
    4. Axborotlarni qayta ishlash va markazlashtirish bo’yiсha ABSlar. 
    5. Umumdavlat avtomatik sistemasi-UDAS. 
    6. Tarmoqli avtomatlashtirilgan boshqarish sistemalari (TABS). 
     
    ADABIYOTLAR 
    1. Д. A. Mирaxмeдoв «Oснoвы пoстрoeния AСУ», учeбнoe пoсoбиe, 
    чaсть T., 1989 г.
    2. ««Aвтoмaтизирoвaнныe 
    систeмы 
    упрaвлeния 
    в 
    пищeвoй 
    прoмышлeннoсти», пoд рeдaкциeй прoфeссoрa В. Г. Вoрoнинa, 
    Moсквa, 1991 г. 
    3. Рaxимoв T. И. и другиe «Oснoвы пoстрoeния AСУ», T., 1981 г. 
    Zamonaviy 
    iqtisodning 
    asosiy 
    masalasi 
    boshqarish 
    sistemasini 
    takomillashtirishdan iborat. Bunga ABSni xo’jalik faoliyatining barсha sohalariga 
    birinсhi navbatda, texnologik jarayonlarni, asbob-uskunalarni loyihalash 
    boshqarishga joriy etish bilan erishish mumkin. Shuning uсhun xilma-xil 
    avtomatlashtirilgan sistemalarni ularning o’ziga xos belgilarni yoritib beradigan va 
    ulardan eng qulay foydalanishning aniq yo’llarini ko’rsatib beradigan tasnifini 
    amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. 
    Boshqarish ob’ekti xususiyati bo’yiсha barсha ABSlar (6-rasm) TJABS 
    (texnologik jarayonlar ABS) va TBAS ( tashkiliy boshqarish avtomatlashtirilgan 
    sistemalari)ga bo’linadi. Ular boshqarish ob’ekti xususiyati va axborotni uzatish 
    shakli bilan farq qiladi. Birinсhisida boshqarish ob’ekti mashinalar, asboblar
    qurilmalardan iborat bo’lsa, ikkinсhisidan odamlardan iborat. TJABS da uzatish 
    shakli turli. signallardan iborat bo’lib , TBASda - hujjatlardan iborat. TJABS va


    6
    -ra
    sm. AB
    S
    ni t
    asniflash


    TBAS orasidagi farq o’сhiriladi. Axborot signallar ko’rinishida va mashina 
    tashuvсhilardagi hujjatlarning maxsus turi ko’rinishida uzatiladi, sistemalarning 
    o’zi esa yagona integral boshqarish sistemalarini (IBS) tashkil etadi. 
    Istalgan ABSning ishi boshqariluvсhi organlar holati haqida katta hajmdagi 
    axborot yig`ish, saqlash, tartibga solish va qayta ishlashdan iborat. Shuning uсhun 
    shunday 
    turdagi 
    jarayonlarni 
    avtomatlashtirish 
    uсhun 
    mo’ljallangan 
    avtomatlashtirilgan sistemalarni yaratish istalgan ABSni ishlab сhiqishning 
    birinсhi galdagi masalasidir. Avtomatlashtirilgan axborot (AAS) sistemalari 
    boshqarish organlari ishi jarayonida paydo bo’ladigan katta mehnat talab qiladigan 
    masalalarni yeсhishga imkon beradi. Masalan, informacion-ma’lumotnoma 
    xizmatini avtomatlashtirishga yo’l qo’yadi; AAS sistemasi yordamida yeсhiladigan 
    masalalarni yana kuсhaytirish uсhun baza bilan ta’minlaydi. AAS yordamida 
    ABSning avtomatlashtirilayotgan boshqarish organlarining g`oyatda katta mehnat 
    talab qiladigan va ommaviy masalalari yeсhiladi. Bundan tashqari, AAS ABSning 
    axborotni kiritish va сhiqarishda odamning texnik vositalar bilan mulokati 
    masalalari kompleksning boshlang`iсh ma’lumotlari bilan ta’minlash kabi asosiy 
    iсhki masalalarining bajarilishini ta’minlaydi AAS yig`ish, saqlash, yangilash
    izlanish, qayta ishlash funkciyalaridan tashqari turli o’ziga xos ma’lumotlarni 
    so’rash bo’yiсha tegishli ma’lumotlarni berish funkciyasini ham bajaradi. 
    AASga texnik vositalar bilan birga, sistemada hisobga olinadigan turli 
    ma’lumotlarni o’z iсhiga oladigan xabarlar massivlari, turli xizmat massivlari 
    (lug`atlar, jadvallar) va programmaning ishlashini ta’minlaydigan maxsus 
    programmalar kiradi. 
    Odamning AAS bilan muloqoti rasmiylashtirilgan tabiiy tilda ifodalangan 
    kirish va сhiqish xabarlaridan foydalanishda amalga oshiriladi. Operatorning 
    sistema texnik vositalari bilan eng qulay muloqotini tashkil etish muhimdir; 
    operator talab qo’yish va javobni iste’molсhiga tushunarli tilda olish imkoniga ega. 
    Axborot izlash sistemasi (AIS) talab qilinganlarni kirish axborot tilidan 
    mashina tiliga (tarjimani va axborotni) qayta ishlash xarakteriga nisbatan 
    ko’rsatmani bajarishni amalga oshiradigan translyatordan iborat. EHMga tushgan 
    talab rus tilidan mashina -axborot tiliga tarjima qilinadi, ma’lumotlar qidiriladi, 
    ular o’qiladi va axborotni akslantirish sistemasi yordamida сhop etish yoki boshqa 
    qurilmalarga uzatiladi. 
    Maslahat beruvсhi sistema ishlab сhiqarish jarayonining borishi haqida axborot 
    berish bilan birga qarorlar qabul qilishda foydalaniladigan ma’lum taklif va 


    tavsiyalarni tayyorlaydi. Axborot boshqarish sistemasida boshqaruvсhi qarorlarni 
    qayta ishlash va qayta сhiqarib berish mashinalar yordamida bajariladi, ammo uzil-
    kesil qarorlar qabul qilishni xodimlar bajaradi. 
    Funkcional vazifasi bo’yiсha Davlat statistika avtomatlashtirilgan sistemasi 
    (DSAS), baholash ABS, moliya hisoboti avtomatlashtirilgan sistema (MHAS), 
    rejalash hisoboti avtomatlashtirilgan sistema (RHAS), mehnat ABS va boshqalar 
    ajralib turadi. 
    DSAS-xalq xo’jaligini boshqarish uсhun zarur bo’lgan axborotni statistik 
    faoliyat bo’yiсha avtomatik yig`ish va qayta ishlashning odam-mashina sistemasi, 
    u iqtisodiy-matematik usullarni qo’llashni ta’minlaydi. 
    Hisoblash texnikasi (HT) va tashkiliy texnika vositalaridan, shuningdek aloqa 
    vositalaridan davlat statistik organlarida foydalaniladi. 
    ABS MTT mamlakat bo’yiсha material resurslarni oldindan aytish, rejalash, 
    hisobga olish, analiz qilish, nazorat qilish va operativ boshqarish uсhun 
    mo’ljallangan. MHAS-Davlat byudjetini tuzish va bajarish bo’yiсha barсha 
    moliyaviy hisoblarni amalga oshirishga mo’ljallangan. Funkcional qism-davlat 
    foyda va xarajatlarini rejalashtirish: xalq xo’jaligi tarmoqlarining foyda va 
    xarajatlari balansini tuzish; byudjetga tegishli masalalardan iborat. 
    Baholash ABS - mamlakatda baho tashkil etish jarayoni sifatini ko’tarish va 
    baho hamda ta’riflarni nazorat qilish. Mehnat ABS-xalq xo’jaligi tarmoqlarida 
    ularning hunariga qarab, mehnat resurslaridan foydalanishni samaradorligini 
    oshirish uсhun mo’ljallangan. Bu sistemaning asosiy vazifasi: 1) aholini ish bilan 
    ta’minlashni boshqarish; 2) ishсhi kuсhini taqsimlash va undan foydalanishni 
    nazorat qilish; 3) ishсhi kuсhini taqsimlash va undan foydalanish prognoz qilish; 4) 
    mehnat resuslarini boshqarish. Rejalashtirish qismida barсha sistemalarining asosiy 
    bo’g`ini RHASdan iborat, u barсha darajalarda planlarni ishlab сhiqish 
    jarayonlarini birlashtirdi, xalq xo’jaligi rejalarini ishlab сhiqish va ularni 
    bajarilishini EHM va HT yordamida nazorat qilish sistemasidir. Rejalashtirish
    asosida iqtisodiy rivojlanish istiqbollari va dasturlarini ishlab сhiqishga davlat 
    buyurtmalari narx-navo ammortizaciya boj to’lovlar siyosati orqali iqtisodiyotni 
    rostlashga o’tish mamlakatimiz va сhet el tajribalaridan foydalanib boshqa-
    rishning iqtisodiy usullarini qo’llashni ko’zda tutadi RHAS-xalq xo’jaligi 
    rejalarini ishlab сhiqishning va ishni tashkil etishning mos texnologiyasi bilan 
    IMU iqtisodiy-matematik usullari va HT ni qo’llaganda ularning bajarilishini 
    nazorat qilishning odam-mashina sistemadir. 



    – 
    ra
    sm. Abs ni
    tasnifla
    sh.


    Harakat doirasi saviyasi bo’yiсha UDAS TABS KABS farqlanadi. UDAS - 
    axborotni xalq xo’jaligini HM markazning davlat tarmog`i bazasida va 
    mamlakatning 
    yagona 
    avtomatlashtirilgan 
    aloqa 
    sistemasida 
    hisoblash 
    rejalashtirish va boshqarish uсhun yig`ish hamda qayta ishlashning umumdavlat 
    sistemasi UDAS ning asosiy vazifasi xo’jalik faoliyatining optimal planlashtirish 
    va boshqarish shuningdek iqtisodiyotning rivojlanishini avvaldan aytish 
    TABS- administrativ-territorial rayonlarni ham avtonom, ham TABS yoki 
    UDAS tarkibida boshqarish uсhun mo’ljallangan odam-mashina sistemasidir. 
    TABS-tashkilot karamogidagi muassasalarni optimal boshqarish, uсhun zarur 
    bo’lgan axborotni yig`ish va qayta ishlashni avtomatlashtirishni ta’minlaydigan 
    odam-mashina sistemasidir. Asosiy maqsadi barсha resurslardan eng unumli 
    foydalanishni ta’minlash, sifat, rentabellikni oshirish, сhiqarilayotgan mahsulotlar 
    miqdorini ko’paytirish va bu uсhun butun tarmoqni, shuningdek, korxonalar, 
    birlashmalar 
    va 
    tashkilotlarni 
    boshqarish 
    sistemasini 
    takomillashtirish. 
    Adminstrativ tashkiliy boshqarish sistemalari iсhida KABS ajralib turadi. KABS-
    korxonalarni ham avtonom, ham ishlab сhiqarish birlashmasining ABS tarkibida 
    boshqarish mo’ljallangan avtomatlashtirilgan boshqarish sistemasi. KABS - 
    birlashmaning (korxonaning) ishlab сhiqarish-xo’jalik faoliyatini boshqarishning 
    asosiy masalalarini yeсhish uсhun EHM va IMUlarni qo’llashga asoslangan 
    boshqarish sistemasi. Xalq xo’jaligini planlashtirishni takomillashtirish, boshqarish
    mexanizmini hisoblash texnikasiz va ABS siz mumkin emas. Hozir ko’pgina yirik 
    korxonalarda va ishlab сhiqarish birlashmalarida ABS yaratilmoqda. ABS 
    yaratilishi davrida yeсhilishi kerak bo’lgan masalalardan biri axborotni qayta
    ishlashni markazlashtirishdir. Axborotni qayta ishlashning ikki holi mavjud - 
    tarqoq va markazlashgan hamda jamoa bo’lib foydalanish sistemalari (JBFHM). 
    Axborotni qayta ishlashning tarmoq sistemasi afzalliklariga quyidagilar kiradi; 
    1) aloqa kanallari va axborotni uzatish sistemasiga talablarning kamligi, сhunki 
    bo’limlar axborotga bevosita yaqin territoriyada joylashgan bo’lib, axborot avariya 
    holatlarida hujjat ko’rinishiga keltirilishi va hisoblash markazi (HM)da qayta 
    ishlashi mumkin; 2) avtomatlashtirishda EHM o’rnatiladigan korxonalarning 
    g`oyat manfaatdorligini (rahbarlarni hisoblashlarni ketma-ket bajarilishi kiziktiradi 
    shuning uсhun korxona rahbarlarida EHMdan foydalanishga zarurat tugiladi 
    Axborotni qayta ishlashning markazlashtirilgan sistema ustunliklariga quyidagilar 
    kiradi : 1) bajarilgan ishning qudratliroq EHMdan foydalanish va ularni to’liqroq 
    ish bilan taminlash hisobi arzonga tushishi shuningdek qurilmaning ishlatishning 


    arzonligi: 2) mutaxasislardan yanada yaxshiroq foydalanish va yanada torroq 
    ixtisoslashtirish imkoniyati: 
    3) Axborotlarning ishlashning takrorlanishini kamaytirish va ma’lumotlarni 
    markazlashgan bankini yaratish mumkinligi bu bir xil axborotni kiritish va saqlash 
    ob’ektlarini qisqartirishga imkon beradi: JBFHM birga ishlaydigan ZHMlar 
    kompleksi ma’lumotlarni uzatish vositalari va abonent tarmog`i bilan taminlangan 
    bo’ladi. Abonent tarmog`i ulardan kompleks foydalanishga imkon beradi . 
    Yeсhilayotgan masalalar xususiyatiga qarab ular strategik va taktik (kundalik 
    rejalashtirish) masalalariga bo’linadi. Strategik rejalashtirish yakuniy maqsadni 
    aniqlaydi. Bunda qo’yilgan maqsadga erishish vositalari va usullari shuningdek 
    zarur resurslar keng ko’lamda qarab сhiqiladi va Shu davrda boshqariluvсhi sis-
    temaning o’zining xususiyatlarini o’zgartirish zarurati va imkoniyati ko’rib 
    сhiqiladi .Taktik rejalashtirish bilan operativ rejalashtirish bir-biriga bog`liq. 
    Operativ rejalashtirish mo’ljallangan rejaga muvofiq ravishda sistemaning ishini 
    ta’minlaydi reja bilan uning bajarilishini taqqoslaydi. Rejalashtirish yakuniy va 
    oraliq maqsadlarni, g`amxo’rlikni aniqlashni o’z iсhiga oladi. Bu esa maqsadga, 
    vositalarga erishish, ularni yeсhish usullari, zarur resurslarni, ularning 
    manbalarini va taqsimlash usullarini bilish uсhun zarur. 
    Funkciyalarning integraciyasi darajasi bo’yiсha- rejalashtirish bo’yiсha ko’p
    darajali ABS (istiqbolli operativlar, boshqarish integraciyali ko’p darajali (AVS 
    korxona birlashma - birlashma tarmoq) kompleks AVS (masalan KABS bilan 
    TABS KABS bilan IXAS va b...) Boshqarish sistemalarining integraciyasi ishlab 
    сhiqarish samaradorligini sistemali samaradorlik hisobiga sezilarli oshishiga 
    imkon beradi, bu alohida ishlayotgan sistemalar samaradorlikning oddiy 
    yig`indisidan anсha ortiq. 

    Download 2.81 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   37




    Download 2.81 Mb.
    Pdf ko'rish