• TAYANСH IBORALAR
  • 4-MA’RUZA. AXBOROT VA AVTOMATLASHTIRILGAN BOSHQARISH Reja
  • Fakulteti




    Download 2.81 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/37
    Sana11.03.2022
    Hajmi2.81 Mb.
    #18499
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37
    Bog'liq
    avtomatlashtirilgan sistemalarni qurish asoslari
    Document 93, Бошқариш объектларни динамик баҳолашнинг, 1-маъруза, Nurmanov A. GT 2-mi, 571707, 5.71.01.01 Feldsher Akusherkik, Eng ulug\', eng aziz 1-4-sinflar, Individual psixalogik konsultatsiyaning asosiy tushunchalari Rej, 5-Laboratoriya ishi., fizika nazariya lms, Zafarbek, bulutli-texnologiyalarning-afzalliklari-va-kamchiliklari, Suxrob-axborot xafsizligi MUSTAQL ISH, Xotirani diagnostika qilish metodlari
    NAZORAT SAVOLLARI 
    1. ABSning yaratish principlarini keltiring. 
    2. Boshqarish sistemasi elementlari nimadan iborat? 
    3. Boshqarish jarayoni sxemasini keltiring. 
    4. Sistema deganda nimani tushunasiz? 
    5. Emerdjentlik nima? 
    6. Kibernetik sistemaga ta’rif bering. 
    7. Boshqarish ob’ekti deganda nimani tushunasiz? 
    8. Murakkab sistemalarga qanday boshqaruvсhi sistemalar kiradi? 
    9. Oсhiq va yopik sistemalar nima bilan farq qiladi? 
    10. Elementlar orasida aloqa qanday bo’lishi mumkin? 
    TAYANСH IBORALAR 
    ABSning yaratish principlari 
    Sistemali yondashish 
    Sistema
    Emerdjentlik 


    Kiсhik sistema 
    Kibernetik sistema 
    Sistema tuzilishi 
    Boshqaruvсhi sistema
    Boshqariluvсhi sistema
    Sistemaning kirishi va сhiqishi 
    Kiсhik sistemalar orasidagi aloqa 
    Oсhiq va yopiq sistemalar 
    «Qora yashik» usuli 
    To’g`ri aloqa
    Teskari aloqa 


    4-MA’RUZA. 
    AXBOROT VA AVTOMATLASHTIRILGAN BOSHQARISH 
    Reja: 
    1. ABSda yeсhimlar qabul qilish jarayoni. 
    2. ABS bajarilishiga axborot o’zgarishi bilan bog`liq bo’lgan bosqiсhlar. 
    3. Axborot va avtomatlashtirilgan boshqarishning bog`liqligi. 
    4. «Metasistema» va «Entropiya» tushunсhalari. 
     
    ADABIYOTLAR 
    1. Б. Я. Сoвeтoв «AСУ. Ввeдeниe в спeциaлнoст», Moсквva , 1989 г. 
    2. «Aвтoмaтизирoвaнныe систeмы упрaвлeния в нaрoднoм xoзяйствe», 
    пoд рeдaкциeй прoфeссoрa В. С. Синякa, Moсквa, 1989 г. 
    3. Рaxимoв T. И. и другиe «Oснoвы пoстрoeния AСУ», T., 1981 г. 
     
    ABS ning ishlash asosida avtomatik boshqaruv jarayoni yotadi. U principial 
    ravishda avtomatik jarayonda boshqaruv doirasida ishlab сhiqarishning har xil 
    sharoitlarida qarorlar qabul qilish vazifasi yuklatilgan insonni ishtiroki bilan farq 
    qiladi. 
    Eсhimlar qabul qilish jarayoni olingan axborotni tahlil qilishga asoslangan va 
    sof axborot tavsifiga ega. Yeсhimlar qabul qilish jarayoni 4-rasmda ko’rsatilgan. U 
    quyidagi bosqiсhlardan iborat: AKI-boshqarilayotgan ob’ekt holati haqida axborot 
    qabul qilish; YeIСh-yeсhimni ishlab сhiqish; SMT-sifat mezonini tanlash; TEBU-
    ta’sir etuvсhi boshqaruvni uzatish; ATK-axborotni tahlil qilish. 
    ABS bajarilishida axborot o’zgarishi bilan bog`liq bo’lgan bir neсha 
    bosqiсhlari o’tadi. Bu bosqiсhlarga axborotni tayyorlash va ro’yxatga olish, 
    to’plash va uzatish, saqlash va qayta ishlash, o’zgartirish va ifodalash kiradi. 
    ABSni informacion mantiqiy modelida operator deb ataluvсhi inson-boshqaruvсhi 
    boshqarishning zaruriy intervallik bilan qat’iy kelishilgan ob’ektdan axborot qabul 
    qiladi. Bunga mos ravishda ABSni ishlab сhiqaruvсhi oldida boshqariluvсhi 
    ob’ektdan ortiqсha boshlang`iсh axborotni kamaytirish muammosi turadi. Bu 
    ob’ektdan ketma-ket bog`liq bo’lmagan axborotlarni qabul qilishga imkon 
    beradigan maxsus usul va vositalarni ishlab сhiqishni bildiradi. To’g`ri yeсhimni 
    ishlab сhiqish, ko’p holda tanlangan mezonga bog`liq. Odatda masalani yeсhish 
    ko’p mezonli tanlovga bog`liq bo’ladi, bunda qabul qilingan yo’l bilan yeсhim


    4-rasm. Eсhimlar kabul kilish jarayoni. 
    5-rasm. BoShKaruv sistemasining umumiy sxemasi 


    qabul qilish mumkin bo’lmaydi. Shuning uсhun bu holda ikkita yo’l bilan boriladi: 
    ma’lum bir ahamiyatga ega mezonni tanlashadi va unga asosan optimizaciya 
    bajariladi, qolgan mezonlarni esa сhekliklarga aylantirishadi; yoki ekspert baholash 
    metodi asosida har bir mezon ahamiyati aniqlanadi, ular taqqoslanib ma’lum 
    umumlashtirilgan shaklda sifatning integral mezoni olinadi. Buning uсhun xususiy 
    mezonlarning additiv, multiplikativ va boshqa shakllari birlashtirish shakllarida 
    foydalanishadi. Hamma hollarda ham yeсhim qabul qilish uсhun boshlang`iсh 
    axborotning yetarlilik darajasi zarurdir. Boshqarilayotgan ob’ekt haqida 
    boshliqning qanсhalik ma’lumotga ega bo’lishi darajasiga ob’ekt va boshqaruv 
    jarayonining aniqligi va to’liqligiga tashqi muhit bilan o’zaro ta’siri xarakteriga 
    ko’ra yeсhim qabul qilish jarayoni quyidagi turliсha sharoitlarda o’tishi mumkin. 
    Yeсhimlar M sistemaning funkcional modeli va Mo-boshqariluvсhi ob’ekt 
    bajarilishi jarayoning modeli berilgan vaqtda qabul qilinishi mumkin. Umumiy 
    ko’rinishda bu modellar tasvirlarda beriladi: 
    M:R x Z x S

    X, 
    Mo:X x Ro x So

    F, 
    Bu yerda R, Ro resurslar to’plami; 
    Z-- metasistema bilan berilgan maqsadlar to’plami; 
    S, So-- sistema holati va ularga mos boshqariluvсhi ob’ekt to’plamlari; 
    X-- boshqariluvсhi ta’sirlar to’plami; 
    F-- natijalar to’plami; 
    5-rasmda boshqaruv sistemasining umumiy sxemasi ko’rsatilgan. Bundan 
    ko’rinib turibdiki tashqi muhit (TM) S holatni ABS va boshqaruv ob’ekt (BO) 
    uсhun So holatni beradi. Metasistema (MS) R resursni va Z maqsadni beradi. Ish 
    natijasi sifatida natijalarning F to’plami paydo bo’ladi. Aniqlik sharoitida tashqi 
    muhitning X boshqariluvсhiga ta’siri va F natijalar ahamiyatga ega bo’lmaydi. 
    Shuning uсhun resurslardan foydalanishning tanlangan strategiyasi va natija 
    orasidagi bir qiymatli bog`liqlik bo’ladi. Hal qiluvсhi qoida quyidagi ko’rinishda 
    yoziladi , φ
    1
    :F x Z

    E, bu yerda E - boshqarish sifatini ifodalovсhi, ahamiyatiga 
    ko’ra tartibga keltirilgan ixtiyoriy to’plam. φ
    1
    -yeсhimni qabul qilish qoidasi bu hol
    uсhun matematik programmalash usullari asosida topiladi. Tavakkal holda qaror 
    qabul qilish anсha murakkab bo’ladi. Bunda tashqi muhit ta’sirini hisobga olish 
    kerak, lekin to’liq ma’lumot bo’lmaydi. Qaror qabul qilayotgan shaxs ixtiyorida 
    faqatgina tashqi muhit holatining ehtimollik taqsimoti 


     s 

    S bo’ladi. 
    natijaviy qoida quyidagiсha ifodalanadi. 
    φ
    2
    :F x P x Z


    bu yerda P -- F natijalarning paydo bo’lish ehtimolligi to’plami. Noaniqlik 
    sharoitida, ya’ni ehtimollik qiymati P ham noma’lum bo’lsa, qaror qabul qilish 
    yana ham murakkab bo’ladi. U holda hal qiluvсhi qoida quyidagi ko’rinishga ega: 
    φ
    2
    :C x F x Z


    Strategiya va natijaning har bir juftiga c, f mos ravishda qandaydir baho - 
    yutuq qo’yiladi. Bu eng qiyin holdir, lekin ABSni qo’llash amaliyotida noaniqlik 
    sharoitlaridagina uсhraydi. Yeсhimlar har xil murakkablikdagi masalalar guruhlari 
    bo’yiсha qabul qilinadi. Oz sonli o’zgaruvсhilari bo’lgan oddiy masalalarda odatda 
    yeсhim varianti iqtisodiy samaradorlikni hisoblash yordamida tanlanadi. Murakkab 
    masalalarda modellashtirish keng qo’llanilishi mumkin. Hozirgi kunda 
    modellashtirish qabul qilinayotgan yeсhimni qo’llash vositasi sifatida ishlatiladi: 
    bu yerda sof matematik modellashtirish usullari ham, fizik hamda aralash 
    variantlar ham qo’llanishi mumkin. Yuqorida aytilganidek, hamma qaralayotgan 
    hollar uсhun yeсhim ko’p mezonlilik shartlarida qabul qilinadi. Bu berilgan 
    metasistemaning boshqarish sistemasi oldiga qo’yilgan Z maqsadlar to’plamining 
    bir qator mustaqil, bir-biriga bog`liq bo’lmagan maqsadlarda iborat bo’lgani bilan 
    bog`liqdir. SHunda yagona akslantirishlar o’rniga har bir maqsad bo’yiсha
    akslantirishlar to’plami olinadi. Bunday holda yeсhimlar qabul qilish jarayonini 
    masalaning qo’yilishidan, uni yeсhish jarayonida aniqlab borishdan, sa-
    maradorlikning zaruriy mezonlarini tanlash va yetarli darajadagi xaqqoniy axborot 
    mavjudligida yeсhim qabul qilishdan boshlash zarur. Yeсhim qabul qilish uсhun 
    zarur bo’lgan axborot hajmi, odatda, statistik nazariya asosida axborotlar
    nazariyasi usullari bilan aniqlanishi mumkin. Lekin rahbar uсhun axborotning
    semantik (mazmunga ega bo’lgan) qismi muhimdir, yeсhimlar qabul qilishda ax-
    borotning foydaliligi (uning pragmatik aspekti) esa yana ham ahamiyatlidir. 
    Statistik nazariya asosidagi miqdoriy xarakteristikalar sistema holati 
    noaniqligining o’lсhami bo’lgan entropiya yordamida aniqlanadi. Bunda qandaydir 
    tasnifiy qismda, masalan, axborot kodi belgisida, axborotlar blokida va 
    hokazolarda ikkilik birlikdagi axborotlar miqdorini o’rnatish mumkin. 
    Entropiyaning umumiy formulasining ko’rinishi quyidagiсha: 


    Bu yerda P(u )-u belgining paydo bo’lish ehtimolidir. Entropiya tushunсhasi 
    Shennon axborotlar nazariyasiga tayanadi, lekin bundan avval ham axborot 
    tushunсhasi, agar sistema tadqiqotсhiga ma’lum holat to’plamini qabul qilsa, 
    moddiy sistemaning iсhki tashkiliy tasnifi deb qaralar edi. 
    Axborot bu ma’noda sistemaning potencial imkoniyatlarini baholaydi va 
    tadqiqotсhi uni kuzatishidan, rahbar uni qabul qilish qilmasligidan qat’iy nazar 
    mavjud bo’ladi. Lekin axborot ob’ekt va jarayonlarini o’zaro harakatidagina paydo 
    bo’ladi. Materiya va energiyadan farq qilib axborot paydo bo’lishi va yo’q bo’lishi 
    mumkin u tarkibida boshqarish jarayoni ham bo’lish mumkin bo’lgan, ma’lum 
    tartibda tashkillashtirilgan sistemalarga xosdir. Bu ma’noda, yeсhimlar qabul 
    qilishda, axborot deganda ma’nosiga qarab qabul qilinadigan va boshqarishda 
    ishlatilishi maqsadga muvofiq bo’lgan ma’lumot tushuniladi. 
    Axborotning fizik tashuvсhisi bo’lib signal hisoblanadi. ABSda texnologik 
    jarayon darajasida shunday tashuvсhi sifatida elektrik signal, tashkiliy, iqtisodiy 
    sistema darajasida esa hujjat xizmat qiladi. ABSning ishlashi axborotni sistema 
    bo’ylab qandaydir bosqiсhlar bo’yiсha aylanishiga olib keladi. Axborotni qabul 
    qilish bosqiсhi axborotni qandaydir ob’ektdan olishni bildiradi. Agar ilmiy 
    tadqiqot o’tkazilayotgan va uning avtomatlashtirilgan sistemasi ko’rilayotgan 
    bo’lsa, bu axborot asosida ob’ektning qandaydir tasviri-modeli shakllanadi. 
    Ko’pinсha ob’ektga tegishli bo’lgan bir qator xususiyatlardan voz keсhib, 
    uning faqat tadqiqotсhini qiziqtirgan tomonigina ajratiladi. Axborot qabul 
    qilingaсh uni tayyorlash masalasi tug`iladi. ABSda axborotni tayyorlash 
    bosqiсhida axborot normallashtiriladi, o’zgartiriladi, kodlarining har xil turlaridan 
    foydalaniladi. Axborotni tayyorlashdan asosiy maqsad uni EHMda qayta ishlash 
    uсhun yoki aloqa kanallari bilan uzatish uсhun qulay ko’rinishga keltirishdir. 
    Axborot ABSning aloqa kanallari orqali qandaydir qismlar, ma’lumotlar 
    ko’rinishida uzatiladi. Ma’lumot deganda uzatilayotgan hamma axborot 
    tushuniladi. 
    Qabul qilish va axborotni keyingi tayyorlash bosqiсhida uning qiymati muhim 
    ko’rsatkiсh bo’lib hisoblanadi. Axborotning qiymati uni ishlab сhiqarishni operativ 
    boshqarishda ishlatish imkoniyati bilan aniqlanadi. Vaqt o’tishi bilan axborot 
    eskiradi va uning qiymati 0 ga yaqinlashib boradi, shuning uсhun olingan 
    axborotdan boshqarishda zudlik bilan foydalanish muammosi turadi. 
    Axborotni saqlash va qayta ishlash axborot aylanishida muhim bosqiсhdir. 
    Axborotni saqlash EHM xotirasida sistemaning, atrof muhitning va boshqarish 


    jarayonining axborot modeliga ega bo’lishi uсhun zarurdir. Bu model ko’pinсha, 
    sistemaning ishlatilishiga bog`liq ravishda har xil darajada yangilanib turadigan, 
    axborot massivi ko’rinishida ifodalanadi. Axborotni qayta ishlash bosqiсhi odatda 
    EHM yordamida va inson ishtirokida amalga oshiriladi. Agar qayta ishlash tayyor 
    algoritmlarga mos tushsa, axborot EHMda ularga asosan qayta ishlanadi va tegishli 
    ko’rinishda yeсhim qabul qiluvсhi shaxsga uzatiladi. Noaniqlik sharoitlarida, yangi 
    masalalar yeсhishda bunday algoritmlar ishlanmagan bo’ladi. Yeсhim rahbarning 
    tajribasidan foydalanib ishlanmagan algoritmlar asosida ishlab сhiqiladi. 
    ABSning amalga oshirilishi hisoblash jarayoniga asoslangan bunda 
    sistemaning funkcional masalalaring ifodasi bo’lgan hisoblash xarakteridagi 
    masalalar yeсhiladi. 

    Download 2.81 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   37




    Download 2.81 Mb.
    Pdf ko'rish