Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyusiyasi. SHakllanish, o‘zgarish va rivojlanish tushunchalari




Download 261.5 Kb.
bet8/30
Sana23.05.2023
Hajmi261.5 Kb.
#63721
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
Bog'liq
Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari.
sabzini quritish texnologiyasini takomillashtirish, 506-Article Text-1205-1-10-20201028, Usmonov Islomiddin, Milliy hisoblar tizimida ishlab chiqarish sohasining chegaralari 2, 1 kurs magistrlarining IPI bo\'yicha taqsimlanishi uz, muzqaymoq, Sholg\'om yetishtirish, мақола алишер АВАЗОВ, MARKAZIY OSIYO VA KAVKAZDA BOZORGA, Dukkakli don ekinlari zararkunandalari va ularga qarshi kurash, 1-илова (ТАТУ КФ), guruhlash usuli 7, Architecture Studio by Slidesgo, ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ ЭКИНЛАРИНИ МОНИТОРИНГ ҚИЛИШ, 1.O\'tkir Hoshimov- Dunyoning ishlari
Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyusiyasi. SHakllanish, o‘zgarish va rivojlanish tushunchalari.
Asrlar mobaynida insoniyat ongida o‘zgarish, rivojlanish, taraqqiyot yoki turg‘unlik kabi jarayonlar tushuncha sifatida shakllanib kelgandir. Dastlab bu g‘oya bir hodisaning vujudga kelishi va boshqasiga aylanishi, shakllanishi haqidagi tasavvur ko‘rinishida uyg‘ongan. Insonlar ongida tarixiy jarayonda hosil bo‘lgan madaniy taraqqiyot, sivilizatsion o‘zgarishlar, jamiyat rivojlanish xususiyatlari, urush va tinchlik omillarining insonlar turmush tarziga ta’siridan olingan tasavvur va tajribalar bu tushunchalar haqidagi bilimlarni boyitdi. Masalan, qadimgi yunonlar dunyoda hamma narsa takrorlanadi va aylanib-aylanib ma’lum muddat o‘tgach «o‘zining dastlabki doirasiga» qaytib keladi, deb hisoblashgan. Dunyo mangu va yaratilmagan, u muayyan siklda takrorlanuvchan xilqatdir. Geraklit: «Dunyo yagonadir va u na biror odam, na biror xudo tomonidan yaratilmagan, u bo‘lgan, bor, bo‘ladi va u mangu alangalanib va so‘nib turuvchi olovdan iboratdir»- deb xitob qilgan edi. Antik falsafaning aksariyat vakillari borliqning doimiy ravishda harakat, o‘zgarish va rivojlanishda bo‘lish g‘oyasini talqin qiluvchi ta’limotlar yaratdilar.
Sharq falsafasida ham zardushtiylikning abadiylik va cheksizlikni targ‘ib qiluvchi dualistik ta’limoti borliqning atributi bo‘lmish abadiy va to‘xtovsiz harakat g‘oyasini targ‘ib qiladi.
Hindiston va Yaqin Sharq, Markaziy Osiyoning qadimgi an’analarini davom ettirgan Ilk o‘rta asr Sharq falsafasi Islom teologiyasiga borliqning makon, zamon va harakatda abadiyligi va cheksizligi g‘oyasini olib kirdi. Bu fikrlar rivojlanishini o‘tmishdan kelajakka qarab yo‘nalgan jarayon sifatida tushunishga turtki bergan muhim g‘oyalardir.
Rivojlanish jarayonining zamirida harakat va o‘zgarish yotadi. Harakat – bu ham bir o‘zgarishdir. Agar harakatni umuman o‘zgarish, ya’ni har qanday o‘zgarish ma’nosida tushunsak, rivojlanish alohida shakldagi o‘zgarishdir. Rivojlanish jarayonida ob’ektni tashkil etuvchi barcha elementlar o‘zgarishga uchraydi. Lekin, bu elementlar bir-biriga asoslangan va bir-biriga aloqador holda, kompleks va yahlit holda o‘zgaradi.
Rivojlanayotgan sistema kompleks va yaxlit o‘zgarishi natijasida bir miqdoriy va sifatiy holatdan boshqa o‘zgargan miqdoriy va sifatiy holatga o‘tadi. SHu tariqa o‘zgarish sistemaning yaxlit o‘zgarib ketishiga (boshqa sistemaga aylanishiga) sababchi bo‘ladi, ya’ni rivojlanish – bu holatlarning aylanib turishidir. Agar biz bu jarayonni vaqtning o‘tishi nuqtai nazaridan izohlasak, quyidagi fikrga kelamiz: hozirgi zamon o‘tgan zamonning aylangan holati va kelgusi zamonning aylanadigan holati, kelajak esa hali aylanishga ulgurmagan hozirgi zamondir. Bundan, siklik aylangan holat rivojlanishning natijasidir, degan xulosa kelib chiqadi. Sistemaning aylanishi o‘zining yo‘nalishiga egadir. Sistema paydo bo‘lishda, yangilanishda, gullab-yashnashda, ravnaq topishda, qarish-chirishda va halokat holatida bo‘lishi mumkin. Bularning hammasi aylanish oqibatida sodir bo‘ladi. Aylanishlar sistema tashkiliy holatini murakkablashtirishi, yoki aksincha soddalashtirishi mumkin. Shunga qarab sistema ravnaq sari, yoki inqiroz sari yo‘naladi. Bu esa, rivojlanish – yo‘nalishga ega bo‘lgan o‘zgarishdir, degan xulosani beradi.
Dunyoda absolyut izolyasiyalangan, alohida ajratilgan, absolyut yopiq sistemaning o‘zi bo‘lishi mumkin emasligidan rivojlanayotgan sistema, u bilan yonma-yon yashayotgan boshqa qo‘shni sistemalar bilan o‘zaro aloqadorlikka kirishadi, buning oqibatida u ichki va tashqi o‘zgarishlarga uchraydi. Bu o‘zgarishlar mazkur sistemaning erkinlik darajasining (ichki va tashqi aloqalarning) kuchayishiga (progressiv rivojlanishda) yoki susayishiga (regressiv rivojlanishda) olib boradi. Bunday ichki va tashqi aloqadorliklar oqibatida rivojlanayotgan sistema har tomonlama o‘zgarishga uchraydi. Bunday xilma-xil o‘zgarishlar esa orqaga qaytmaslik xususiyatiga egadir. Bundan, rivojlanish – orqaga qaytmas jarayonlar, degan xulosa kelib chiqadi. Rivojlanish jarayonida sistemadagi o‘zgarishlarning bunday xususiyatlardan kelib chiqib rivojlanishga quyidagicha ta’rif berish mumkin: Rivojlanish sistemaning shunday yaxlit, kompleks, yo‘nalishga ega bo‘lgan, orqaga qaytmaydigan fazo-vaqt strukturasi o‘zgarishiki, uning natijasida sistema bir miqdoriy va sifatiy holatdan boshqa miqdoriy va sifatiy holatga o‘tadi.
Rivojlanish jarayonida sistemaning yangi holati uning avvalgi holatini inkor etish natijasida paydo bo‘ladi. Rivojlanayotgan sistemaning hozirgi holati uning o‘tmishdagi holatini inkor etish evaziga vujudga keladi. Sistemaning avvalgi va keyingi holatlarini taqqoslash natijasida biluvchi sub’ekt rivojlanishning sur’atini va yo‘nalishini aniqlashi mumkin. Agar rivojlanuvchi sistema nisbatan kam tashkillashgan holatdan yuqoriroq darajada tashkillashgan holatga o‘tgan bo‘lsa, bunday sistemadagi rivojlanish progressiv yo‘nalishga ega bo‘ladi, agar sistema nisbatan yuqori darajada tashkillashgan holatdan pastroq darajadagi tashkillashgan holatga o‘tsa, rivojlanish regressiv yo‘nalishda borayotgan bo‘ladi. Agar rivojlanish natijasida sistemaning tashkillashgan holati o‘zgarishsiz qolsa, bunday rivojlanish bir tekisdagi rivojlanish deyiladi. Bunday holatlarda sistemaning murakkablik va tashkillashish darajasi ilgarigidek qolgani bilan, uning elementlari o‘rtasidagi va uning boshqa sistemalar orasidagi o‘rni o‘zgaradi, bunday o‘zgarishlar u bilan yonma-yon yashayotgan yoki unga nisbatan kengroq bo‘lgan boshqa sistemalarda progressiv yoki regressiv rivojlanishlar sodir bo‘lishga zamin yaratadi. Olamdagi narsa va hodisalarning harakati, o‘zgarishi, bir solatdan ikkinchi holatga o‘tib turishi, rivojlanishi, ular o‘rtasidagi aloqadorlik va o‘zaro tasir kabi masalalar qadimdan mutafakkirlar, olimlar, faylasuflar o‘rtasida turli aqs, munozara, tortishuvlarga sabab bo‘lgan. CHunki ular to‘g‘risida aniq bilimga ega bo‘lmasdan turib, olam va uning taraqqiyoti, rivojlanish manbai, harakatlantiruvchi kuchlari to‘g‘risida hamda, eng asosiysi, kelajak haqida ilmiy tasavvurga ega bo‘lish qiyin.
Atrofimizdagi jamiki narsa-hodisalar, yani eng mayda zarrachalardan tortib to er, Quyosh, Koinotgacha barchasi, shu jumladan, kishilik jamiyati ham, doimo harakat, o‘zgarish va rivojlanishdadir. Ular o‘rtasida abadiy o‘zaro bogliqlik, o‘zaro tasir va aloqadorlik mavjud. Olamda o‘z-o‘zidan, tasodifiy ravishda hech qanday harakat ham, o‘zgarish ham yuz bermaydi.



Download 261.5 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Download 261.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyusiyasi. SHakllanish, o‘zgarish va rivojlanish tushunchalari

Download 261.5 Kb.