• TADQIQOT OBYEKTI VA PREDMETI
  • TADQIQOTNING MAQSAD VA VAZIFALARI




    Download 209,29 Kb.
    bet2/4
    Sana12.12.2023
    Hajmi209,29 Kb.
    #116613
    1   2   3   4
    Bog'liq
    1-MI(ITM)

    TADQIQOTNING MAQSAD VA VAZIFALARI
    Chuqur neyron tarmoqlari orqali inson va inson oʻzaro ta’sirini(munosabatini) aniqlashni yaxshilash (HID) modelini amalga oshirishning asosiy maqsadi – insonlar oʻrtasidagi aloqalarni tartibli tushunish va analiz qilish orqali qaror qabul qilish jarayonlarining sifatini yaxshilash va hushyorlikni kuchaytirish hisoblanadi. Bu model, inson munosabatini turli kontekstlarida ishlab chiqarish va yordam berish uchun murakkab va avtomatlashtirilgan usullar ishlab chiqarishni maqsad qiladi hamda turli sohalar uchun ilovalarni ishlab chiqadi.

    1-rasm. HID modeli
    HID modelning bir nechta vazifalari mavjud boʻlib, ular quyidagicha:

    1. Ma’lumot toʻplash. Inson va inson oʻzaro ta’sirini (munosabatlarini) ifodalovchi ma’lumotlar toʻplanadi. Bu video tasvirlar, audio yozuvlar yoki boshqa sensor ma’lumotlarini oʻz ichiga olishi mumkin.

    2. Kerakli xususiyatlarni ajratib olish. Ma’lumotlardan tegishli xususiyatlarni olish uchun turli ajratib olish usullardan foydalaniladi. Video uchun bu harakat namunalari, yuz ifodalari va hokazolarni oʻz ichiga olishi mumkin. Audio uchun turli xil shovqinlar boʻlishi mumkin.

    3. Modelni yaratish. Toʻplangan ma’lumotlar va chuqur oʻrgatish algoritmlaridan foydalanib model quriladi.

    4. Modelning samaradorligini optimallashtirish. Optimizatsiya funksiyalaridan foydalanib modelning aniqlik darajasini yanada oshirish kerak boʻladi.



    TADQIQOT OBYEKTI VA PREDMETI
    Ushbu tadqiqot natijalarini xavfsizlik xizmatlarida keng foydalanish imkoni mavjud. Demak, qisqa qilib aytadigan boʻlsak, tadqiqiot obyekti bu – insonlar oʻrtasidagi oʻzaro ta’sirlashuvi. Ushbu HID model quyidagi joylarda ishlatilishi mumkin:
    Jamoat joylarida: Aeroport, poyezd stansiyalari, bozor rastalari kabi jamoat joylarida kuchaytirilgan xavfsizlik maqsadida shubhali xatti-harakatlarni aniqlash va javob qaytarish uchun HID modelni ishlatish mumkin.
    Kritik infrastrukturalarda: HID modelni kritik infrastruktura inshootlarida potensial tahdidlarni aniqlash uchun inson aralashuvini kuzatish va analiz qilish mumkin.
    Tadqiqot predmeti – OpenCV kutubxonasi. Ushbu kutubxona real vaqtda kompyuter kamerasi yordamida obyektlarni aniqlashni imkonini beradi. HID modelni tuzish uchun Computer Vision, Natural Language Processing, multimodal ma’lumotlar tahliliga oid bir nechta neyron tarmoqlarni ishlatish mumkin. HID modelni tuzish uchun optimal yechimni tanlash kerak boʻladi. Quyida ishlatilishi mumkin boʻlgan neyron tarmoqlar keltirilgan:


    1. Download 209,29 Kb.
    1   2   3   4




    Download 209,29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    TADQIQOTNING MAQSAD VA VAZIFALARI

    Download 209,29 Kb.