|
KINEMATIK HISOBNI VA VALLARDAGI MOMENTLARNI ANIQLASHBog'liq Оттиск. Қарши И ва АТИ РИАК туп.KINEMATIK HISOBNI VA VALLARDAGI MOMENTLARNI ANIQLASH
TARTIBI.
Odinayev Akmal Ko‘charovich
1
Yo‘ldoshev Sharofiddin Faxriddin o‘g‘li
2
Xolmatov Baxtiyor Begmatovich
1
1
Termiz muhandislik texnologiya instituti
2
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti
Annotatsiya. Maqolada mexanika (mashina detallari) fanidan kurs loyihasini
bajarish tartibi tegishli parametrlarni aniqlash usullari bayon etilgan.
Kalit so‘zlar: quvvat, aylanish soni, yetaklovch val, yetaklanuvchi val, foydali
ish koeffisitenti f.i.k, aylantiruvchi moment, yulduzcha, uzatish soni, tishli uzatma,
zanjirli uzatma, tasmali uzatma, cherviyakli uzatma.
Абстрактный. В статье описаны методы определения соответствующих
параметров для курсового проекта по механике (детали машин).
Ключевые слова: мощность, число оборотов, ведущий вал, ведомый вал,
коэффициент полезной действие К.П.Д, крутящий момент, звезда,
передаточное число, зубчатая передача, цепная передача, ременная передача,
червячная передача.
Annotation. The article describes the methods of determining the relevant
parameters for the course project in mechanics (machine details).
Key words: power, number of revolutions, drive shaft, driven shaft, useful
work coefficient fick, torque, star, number of transmissions, gear transmission, chain
transmission, belt transmission, worm transmission.
Hozirgi zamon yoshlari aqliy kamolotining rivojlanib borayotganligi, ularning
ilm o‘rganishga chanqoqligi, mustaqil fikirlashi va ilmiy-ijodiy ishlari, yangiliklar va
kashfiyotlarga nisbatan cheksiz qiziqishi talabalarning mustaqil ta’lim ishlarini
bekami ko‘st bajarish imkoniyatini yaratayabdi. Ayniqsa, umumtexnik
yo‘nalishlardagi mexanika (mashina detallari) fanidan kurs loyihalarini bajarish
talabalarning nazariy jihatdan olgan bilimlarini amalda qo‘llash orqali bir yoki ikki
pog‘onali
reduktorlarni loyihalash, ularning
mexanika fanlarini puxta
o‘zlashtirishlariga hizmat qiladi. Mexanika (mashina detallari) kursida kurs ishi
topshirig‘i sifatida quyidagi uch holat berilgan bo‘ladi, ya’ni elektro dvigatel tanlash,
kinematik hisoblarni bajarish, vallarning momentlarini aniqlash.
1-holat: Loyihada konveyer barabani yoki yulduzchani aylanma kuchi F (N),
|
| |