• Bozor iqtisodiyoti institutlarni tashkil etishga ta’sir etuvchi omillar
  • Loyiha ishtirokchilari faoliyatidagi doimiy muammolar




    Download 22.32 Kb.
    bet2/3
    Sana19.03.2023
    Hajmi22.32 Kb.
    #46020
    1   2   3
    Bog'liq
    Otrabotka
    Otrabotka (3)
    Loyiha ishtirokchilari faoliyatidagi doimiy muammolar

    Iqtisodiyotni qayta qurish jarayonida ikki muhim institutsional muammo kuzatiladi. Birinchidan, bu mavjud hukumat muassasalarini isloh qilish zarurati, ikkinchidan, eski tuzumda mavjud bo‘lmagan yangi institutlarni tashkil etish. Masalan, sobiq Sovet Ittifoqi


    respublikalarida bank tizimi, birjalar va boshqa bir qator institutlar mavjud emas edi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish ushbu zaruratlarni keltirib chiqardi va tijorat banklari, birjalar, lizing kompaniyalari, mikromoliya institutlari kabi yangi bozor institutlari yaratildi.
    Iqtisodiy islohotlar, yangi bozor institutlarining yaratilishi shubhasiz, ishsizlik va boshqa ijtimoiy muammolarni keltirib chiqaradi. Xususiy sektor va bandlikning boshqa muqobil sohalari ishga tushguniga qadar esa ancha uzilish yuzaga keladi. Shu tufayli o‘tish davri iqtisodiyotida institutsional islohotlar ijtimoiy himoya tizimini yaratish bilan birga bormasa, amalga oshirib bo‘lmaydigan vazifaga aylanadi. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tilishi va bozor iqtisodiyotiga o‘tish tajribasi O‘zbekiston modeli nomi bilan jahonda tan olindi. Bu institutsional rivojlanishning o‘ziga xos va zamonga mos yo‘li bo‘lib tarixda qoldi.


    Bozor iqtisodiyoti institutlarni tashkil etishga ta’sir etuvchi omillar

    Loyihalar bozor iqtisodiyotining samarali rivojlantirish qurolidir. Bu qurolni ishlashi uchun bozor iqtisodiyoti institutlari yaratilishi va mavjudlari ishlab chiqarish kuchlarining talabiga monand o‘zgarib borishi shart.


    Zaruriy institutlarni tashkil etish (ayniqsa, rivojlantirish loyihalari bilan bog‘liq hollarda) uch guruh omillar ta’sirida murakkablashadi. Bular:

    • noqulay siyosiy shart-sharoitlarning salbiy ta’siri;

    • loyiha oldiga qo‘yilgan maqsadlarning murakkabligi;

    • loyihaning investitsiyadan keyingi bosqichiga e’tiborsizlik.

    Shu tufayli institutsional muammolarni aniqlash, baholash hamda yechish borasida tavsiyalar ishlab chiqish uchun (bu borada umumiy modellar, andozalar yo‘qligini ham e’tiborga olgan holda) sanab o‘tilgan omillarni e’tiborga olish zarur.
    Institutsional tahlilning yo‘nalishlari:



    Download 22.32 Kb.
    1   2   3




    Download 22.32 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Loyiha ishtirokchilari faoliyatidagi doimiy muammolar

    Download 22.32 Kb.