• REJA: 1.
  • 1.“RAQAMLI O‟ZBEKISTON-2030” STRATEGIYASINI TASDIQLASH VA UNI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‟ĢRISIDA
  • Fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti




    Download 366.64 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/7
    Sana09.12.2023
    Hajmi366.64 Kb.
    #114758
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Namuna mustaqil ish
    Umidjon tugarak, 4.71.05.01-Farmatsiya-страницы-27-34 (1), Matematik modellashtirish, Tenglamalar sistemasi, 12 14 16 tayyor , 40910101-Stomatologiya ishi oxirgi (2) (3), 40910202-Feldsher-laborantlik ishi (2) (2), 77777777777, Mavzu kichik maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalashda o\'zbek xa, 2-mavzu davomi, С.Сиддиков Карта дузиу (1), 11-sinf Ona tili ON, ona tili 1-b on, TASHAKKURNOMA



    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA‟LIM, 
    FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI 
    BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI 
    Iqtisodiyot va turizm fakulteti 
     “Iqtisodiyot” kafedrasi 
    _______________guruhi talabasi 
    F.I.SH.__________________________________ning 
    ________________________fanidan bajargan
    MUSTAQIL ISHI 
     
    Mavzu:
    _________________________________________________________ 
     
     

    Tekshirdi:_________________________ 
    Buxoro – 2023 
     
     



     MAVZU:

    RAQAMLI O‘ZBEKISTON-2030 ‖STRATEGIYASI

    REJA: 
    1.―RAQAMLI O‘ZBEKISTON-2030‖ STRATEGIYASINI TASDIQLASH VA 
    UNI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘ĢRISIDA 
    2.Raqamli rivojlanishning strategik maqsadlari va ustuvor yo‗nalishlari 
    3. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‗nalishlari 
    4. Strategiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar 
    Xulosa 
    Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     



     
    1.“RAQAMLI O‟ZBEKISTON-2030” STRATEGIYASINI TASDIQLASH 
    VA UNI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‟ĢRISIDA 
    Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va 
    sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta‘lim, sog‗liqni saqlash va qishloq 
    xo‗jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish 
    bo‗yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
    Xususan, elektron hukumat tizimini takomillashtirish, dasturiy mahsulotlar va 
    axborot texnologiyalarining mahalliy bozorini yanada rivojlantirish, respublikaning 
    barcha hududlarida IT-parklarni tashkil etish, shuningdek, sohani malakali kadrlar 
    bilan ta‘minlashni ko‗zda tutuvchi 220 dan ortiq ustuvor loyihalarni amalga oshirish 
    boshlangan. 
    Bundan tashqari, 40 dan ortiq axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan 
    geoportalni ishga tushirish, jamoat transporti va kommunal infratuzilmani 
    boshqarishning axborot tizimini yaratish, ijtimoiy sohani raqamlashtirish va 
    keyinchalik ushbu tajribani boshqa hududlarda joriy qilishni nazarda tutuvchi 
    ―Raqamli Toshkent‖ kompleks dasturi amalga oshirilmoqda. 
    Respublikada raqamli industriyani jadal rivojlantirish, milliy iqtisodiyot 
    tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda 
    O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha 
    Harakatlar strategiyasini ―Ilm, ma‘rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili‖da 
    amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta‘minlash 
    maqsadida: 
    1. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 
    tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar, biznes hamjamiyati va ilmiy doiralar 
    vakillari hamda xorijiy ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan ―Raqamli O‗zbekiston 
    — 2030‖ strategiyasi 1-ilovaga muvofiq ma‘qullansin. 
    Quyidagilar: 
    2020 — 2022-yillarda hududlarni raqamli transformatsiya qilish dasturlari 2 
    — 14-ilovalarga muvofiq; 



    2020 — 2022-yillarda tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish dasturlari 15 
    — 21-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. 
    Bunda, 2020 — 2022-yillarda hudud va tarmoqlarni raqamli transformatsiya 
    qilish doirasida: 
    aholi punktlarini Internet tarmog‗iga ulash darajasi, shu jumladan keng 
    polosali ulanish portlarini 2,5 milliongacha ko‗paytirish, 20 ming kilometr optik-
    tolali aloqa liniyalarini qurish va mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish orqali 78 
    foizdan 95 foizga yetkaziladi; 
    hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning turli sohalarida 400 dan ortiq 
    axborot tizimlari, elektron xizmatlar va boshqa dasturiy mahsulotlar joriy etiladi; 
    587 ming nafar kishini, shu jumladan ―Bir million dasturchi‖ loyihasi doirasida 
    500 ming nafar yoshlarni qamrab olish orqali kompyuter dasturlash asoslariga 
    o‗qitish tashkillashtiriladi; 
    iqtisodiyotning real sektori tarmoqlaridagi korxonalarda boshqaruv, ishlab 
    chiqarish va logistika jarayonlarini avtomatlashtirish bo‗yicha 280 dan ortiq axborot 
    tizimlari va dasturiy mahsulotlar joriy etiladi; 
    hududlarda hokimlar, davlat organlari va tashkilotlar xodimlarining raqamli 
    savodxonligini va malakasini oshirish, ularni axborot texnologiyalari va axborot 
    xavfsizligi bo‗yicha o‗qitish uchun tegishli oliy ta‘lim muassasalari biriktiriladi 
    hamda ularning 12 ming nafar xodimi axborot texnologiyalari sohasida o‗qitiladi. 
    2. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, 
    Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklarining 29 ta 
    namunaviy tumanlarda (shaharlarda) 2020-yilda va 2021-yil I choragi yakuniga qadar 
    raqamli transformatsiya qilish loyihalarini ko‗zda tutuvchi ―yo‗l xarita‖larini 2a — 
    14a, 2b — 14b hamda 2v, 8v va 12v-ilovalarga muvofiq amalga oshirish to‗g‗risidagi 
    taklifi ma‘qullansin. 
    3. ―Raqamli O‗zbekiston — 2030‖ strategiyasini amalga oshirish bo‗yicha 
    muvofiqlashtirish 
    komissiyasi 
    (keyingi 
    o‗rinlarda 
    — 
    Muvofiqlashtirish 



    komissiyasi) 22-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin va quyidagilar uning asosiy 
    vazifalari etib belgilansin: 
    davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari 
    tomonidan Strategiya, hududlar va tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish 
    dasturlari, ―yo‗l xarita‖larida ko‗zda tutilgan loyiha va chora-tadbirlarning to‗liq 
    hajmda amalga oshirilishini ta‘minlash, shuningdek, ularning o‗z vaqtida bajarilishini 
    tizimli nazorat qilish; 
    har oyda davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining raqamli iqtisodiyot va 
    elektron hukumatni rivojlantirish bo‗yicha rejalashtirilgan loyihalar va chora-
    tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan hisobotlarini tinglash hamda ularning 
    javobgarligi masalasini ko‗rib chiqish; 
    doimiy monitoring asosida elektron davlat xizmatlarini ko‗rsatishni yanada 
    takomillashtirish, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatidagi funksional jarayonlar 
    va tartib-taomillarni optimallashtirish bo‗yicha choralar ko‗rish; 
    raqamli iqtisodiyot sohasidagi yangi loyihalarni ko‗rib chiqish va ularni amalga 
    oshirish to‗g‗risida qarorlarni qabul qilish, shuningdek, zarur hollarda hudud va 
    tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish dasturlari hamda ―yo‗l xarita‖lariga 
    tayyorlangan va kelishilgan loyiha hujjatlari asosida o‗zgartirish va qo‗shimchalar 
    kiritish; 
    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 
    taklifiga asosan ―Elektron hukumat‖ tizimining ma‘lumotlarni qayta ishlash 
    markaziga joylashtiriladigan davlat va xo‗jalik boshqaruvi organlarining axborot 
    tizimlari va resurslari ro‗yxatini tasdiqlash va ushbu ro‗yxat asosida ularning 
    faoliyatini tizimli ravishda monitoring qilib borish. 
    4. Muvofiqlashtirish komissiyasi (A. Aripov) Qoraqalpog‗iston Respublikasi 
    Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari bilan birgalikda bir hafta muddatda 29 
    ta namunaviy tumanlarda (shaharlarda) raqamli transformatsiya qilish ―yo‗l 
    xarita‖larini amalga oshirish bo‗yicha quyidagilarni nazarda tutgan holda hududiy 
    ishchi guruhlarni shakllantirsin: 



    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, uning 
    tasarrufidagi tashkilotlar va hududiy boshqarmalarining mas‘ul rahbarlarini tegishli 
    tumanlarga (shaharlarga) biriktirish; 
    har o‗n kunlikda ishchi guruhlar tomonidan qabul qilingan raqamli 
    transformatsiya qilish ―yo‗l xarita‖larida nazarda tutilgan loyihalarni amalga oshirish 
    samaradorligi va joylarda o‗tkazilayotgan tadbirlarning amaliy ahamiyatini baholash; 
    ixtisoslashtirilgan oliy o‗quv yurtlari va raqamli texnologiyalarni o‗qitish 
    markazlari negizida davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat 
    organlarining mas‘ul rahbarlarini o‗qitish va malakasini oshirishni tashkil etish. 
    5. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 
    Maktabgacha ta‘lim vazirligi, Xalq ta‘limi vazirligi va Sog‗liqni saqlash vazirligi 
    bilan birgalikda 2020-yil yakuniga qadar 13 ta namunaviy tumanlarda (
    2a — 14a-
    ilovalar
    ) IT-infratuzilmasini yaratishni, kompyuter uskunalari bilan jihozlashni 
    nazarda tutgan holda maktabgacha va umumta‘lim maktablari hamda sog‗liqni 
    saqlash muassasalarini raqamlashtirishni yakunlash bo‗yicha choralar ko‗rish, 
    shuningdek, axborot tizimlarini joriy etish va mas‘ul xodimlarni o‗qitishni tashkil 
    etsin. 
    Belgilansinki, ushbu muassasalarni raqamlashtirish Axborot texnologiyalari va 
    kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va tasarrufidagi tashkilotlarning o‗z 
    mablag‗lari hisobidan, yetishmayotgan qismida esa — mahalliy budjetning 
    qo‗shimcha manbalari hisobidan amalga oshiriladi. 
    6. 
    Belgilab 
    qo‗yilsinki, 
    O‗zbekiston 
    Respublikasining 
    xorijiy 
    mamlakatlardagi 
    diplomatik 
    vakolatxonalari 23-ilovaga muvofiq 
    biriktirilgan 
    hududlar va tarmoqlarga ilg‗or texnologiyalar va IT-yechimlarni transfer qilishda, 
    raqamli iqtisodiyot sohasidagi loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun yetakchi 
    kompaniyalarni jalb qilishda har tomonlama amaliy yordam ko‗rsatadilar. 
    7. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Axborot texnologiyalari va 
    kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-noyabrdan 
    boshlab investitsiya loyihalari hamda jalb etilayotgan xalqaro moliya institutlari, 
    xorijiy hukumat moliya tashkilotlari va donor mamlakatlar mablag‗lari umumiy 



    miqdorining 5 foizdan kam bo‗lmagan qismi ―raqamli‖ komponentlarga 
    yo‗naltirilishini ko‗zda tutsin. 
    8. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2020 — 2022-yillarda ―Raqamli 
    O‗zbekiston — 2030‖ strategiyasini amalga oshirish bo‗yicha ―yo‗l xarita‖si 24-
    ilovaga muvofiq tasdiqlansin: 
    a) elektron hukumatni rivojlantirish bo‗yicha: 
    2021-yil 1-yanvardan boshlab tajriba tariqasida ―Raqamli Toshkent‖ 
    kompleks dasturi doirasida jismoniy shaxsga identifikatsiya ID-kartasini berishda 
    davlat organlari va tashkilotlari bilan o‗zaro elektron munosabatlarni yo‗lga qo‗yish 
    uchun uning shaxsiy kabineti shakllantiriladi; 
    2021-yil 1-iyuldan boshlab O‗zbekiston Respublikasi Ochiq ma‘lumotlar 
    portalida davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat xaridlarini amalga 
    oshirish, patentlar, dori vositalari va tibbiy buyumlarni ro‗yxatga olish, jamoat 
    transporti harakati, yer resurslaridan foydalanish va boshqa umumfoydalanishdagi 
    statistik ma‘lumotlar onlayn rejimda joylashtirib borilishi ta‘minlanadi; 
    2021-yil 1-avgustdan boshlab jismoniy va yuridik shaxslarga barcha 
    belgilangan davlat bojlari, yig‗imlar, jarimalar va boshqa majburiy to‗lovlarni 
    elektron to‗lov tizimlaridan foydalangan holda onlayn rejimda to‗lash imkoniyati 
    taqdim etiladi; 
    b) raqamli industriyani rivojlantirish bo‗yicha: 
    2020-yil 
    1-noyabrdan 
    boshlab 
    Dasturiy 
    mahsulotlar 
    va 
    axborot 
    texnologiyalari texnologik parki rezidenti maqomini axborot texnologiyalariga 
    o‗qitish, apparat-dasturiy vositalarni ishlab chiqish va realizatsiya qilish, 
    robototexnika, Internet tarmog‗i orqali axborot xizmatlarini eksport qilish, 
    shuningdek, ma‘lumotlarni saqlash va hisoblab qayta ishlash sohasida xizmat 
    ko‗rsatadigan O‗zbekiston Respublikasi rezidenti hisoblangan yuridik shaxslar olishi 
    mumkin bo‗ladi; 
    2022-yil 1-yanvarga qadar masofadan kredit mahsulotlarini realizatsiya qilish, 
    omonatlar va hisob raqamlarni ochishni o‗z ichiga olgan keng turdagi onlayn 



    xizmatlar ko‗rsatishni ta‘minlash orqali tijorat banklarining raqamli transformatsiyasi 
    yakuniga yetkaziladi; 
    v) raqamli ta‘limni rivojlantirish bo‗yicha: 
    2021-yil 1-yanvardan boshlab fuqarolar tomonidan tizim boshqaruvi, 
    ma‘lumotlar bazasi va ―bulutli‖ platformani boshqarish, axborot xavfsizligini 
    ta‘minlash va boshqa talab yuqori bo‗lgan yo‗nalishlarda xalqaro IT-sertifikatlarni 
    olish xarajatlarining 50 foizgacha bo‗lgan qismini qoplash tizimi joriy etiladi; 
    2021-yil 1-sentabrga qadar har bir tuman va shaharda mavjud infratuzilma 
    obyektlari negizida keng aholi qatlamlari, ayniqsa yoshlar va ayollar uchun raqamli 
    texnologiyalar o‗quv markazlari ochiladi; 
    2023-yil yakuniga qadar barcha tuman va shaharlarda o‗quvchilarning ijodiy 
    rivojlanishi va kompyuter dasturlash asoslarini o‗rganishi uchun mavjud ta‘lim 
    muassasalari negizida 200 dan ortiq informatika va axborot texnologiyalarini 
    chuqurlashtirib o‗qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar bosqichma-bosqich tashkil 
    etiladi; 
    g) raqamli infratuzilmani rivojlantirish bo‗yicha: 
    2022-yil yakuniga qadar har bir aholi punkti 10 Mbit/sdan kam bo‗lmagan 
    ma‘lumotlarni uzatish tezligidagi Internet tarmog‗iga ulanish imkoniyati bilan 
    ta‘minlanadi; 
    2022-yil 1-yanvarga qadar barcha mashhur sayyohlik joylari yuqori tezlikdagi 
    Internet bilan ta‘minlanadi. 
    9. Belgilab qo‗yilsinki, 2023-yildan boshlab, Strategiya erishilgan natijalar va 
    maqsadli ko‗rsatkichlar hamda tegishli davr uchun raqamli texnologiyalarni yanada 
    rivojlantirishning asosiy yo‗nalishlaridan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasi 
    tomonidan alohida tasdiqlanadigan ikki yilga mo‗ljallangan dasturlar asosida amalga 
    oshiriladi. 
    10. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 
    hamda Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021-yil 1-yanvardan boshlab 
    quyidagilarni nazarda tutuvchi barcha uchun ochiq bo‗lgan mahalliy dasturiy 



    mahsulotlar va IT-xizmatlar elektron platformasini yaratish to‗g‗risidagi takliflari 
    ma‘qullansin: 
    mahalliy IT-kompaniyalar va dasturiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar hamda 
    ularning mahsulotlari va xizmatlarining yagona ma‘lumotlar bazasini shakllantirish, 
    shuningdek, ularga o‗z mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda ilgari surishda 
    ko‗maklashish; 
    davlat organlari va tashkilotlarida axborot tizimlari va boshqa dasturiy 
    mahsulotlarni joriy etish bo‗yicha rejalashtirilayotgan loyihalar to‗g‗risida 
    ma‘lumotlarni e‘lon qilish; 
    mamlakatda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning amaliy masalalarini hal 
    qilish hamda axborot texnologiyalari sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish 
    jarayonida samarali va ochiq muloqotni yo‗lga qo‗yish. 
    11. 2020-yil 1-noyabrdan boshlab yopiq binolarda aloqani tashkil etish 
    maqsadida mobil aloqa operatorlari uchun ajratilgan radiochastota doirasida 500 mVt 
    dan oshmaydigan quvvatda ishlaydigan baza stansiyalaridan foydalanishga 
    ruxsatnomani rasmiylashtirish bo‗yicha talablar (tasniflangan obyektlar yaqinida 
    o‗rnatiladigan mobil aloqa baza stansiyalari bundan mustasno) bekor qilinsin. 
    12. 2020-yil 1-noyabrdan boshlab mobil aloqa operatorlari uchun: 
    telekommunikatsiya 
    qurilmalari 
    va 
    inshootlarining 
    qurilish-montaj, 
    rekonstruksiya, sinovdan o‗tkazish va integratsiya qilish ishlarini yakunlash hamda 
    tijorat maqsadida foydalanishni yo‗lga qo‗yish, shuningdek, telekommunikatsiya 
    qurilmalari va inshootlarining konstruksiyasini o‗zgartirish, mavjud qurilmalardagi 
    hamda telekommunikatsiya liniyalari va inshootlaridagi uskunalarni kengaytirish 
    bo‗yicha xabardor qilish tartibi joriy etilsin; 
    radioelektron 
    qurilmalar, 
    asbob-uskunalar 
    va 
    boshqa 
    qurilmalarni 
    O‗zbekiston Respublikasiga olib kirish ruxsatnomasini, sotib olish, o‗rnatish, 
    loyihalash va qurish uchun ruxsatnoma olmasdan, belgilangan tartibda 
    rasmiylashtirish huquqi berilsin; 
    Shunday tartib o‗rnatilsinki, unga ko‗ra 2022-yil 1-sentabrdan boshlab davlat 
    hokimiyati va boshqaruvi organlarining buyurtmalari asosida O‗zbekiston 


    10 
    Respublikasi hududida mobil aloqa operatorlari tomonidan abonentlarga ommaviy 
    SMS-xabarlarni bepul tarqatish xizmatlari soliq solish maqsadida iqtisodiy jihatdan 
    o‗zini oqlaydigan xarajatlar deb e‘tirof etiladi. 
    13. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 
    hamda Adliya vazirligining mazkur vazirliklar va ularning tasarrufidagi tashkilot va 
    bo‗linmalar negizida quyidagilarni nazarda tutuvchi ―Raqamli idora‖ loyihasini 
    amalga oshirish bo‗yicha taklifiga rozilik berilsin: 
    a) 2022-yil 1-yanvarga qadar: 
    qog‗ozsiz elektron hujjat almashinuvi va ish yuritishni tashkil qilgan holda 
    barcha ma‘muriy tartib-taomillarni va operatsion jarayonlarni raqamlashtirish; 
    faoliyatning ochiqligi va shaffofligi hamda aholi punktlarida davlat 
    xizmatlaridan foydalanishning kafolatlanganligini ta‘minlash; 
    idoralararo elektron hamkorlik jarayonlarini avtomatlashtirish; 
    b) ―Raqamli idora‖ loyihasini amalga oshirishning amaliy tajribasini boshqa 
    davlat organlari va tashkilotlarida ularning faoliyati xususiyatlaridan kelib chiqqan 
    holda joriy etish. 
    14. Elektron hukumat imkoniyatlarini yanada kengaytirish, aholi va 
    tadbirkorlik subyektlari uchun qo‗shimcha qulayliklarni yaratish hamda raqamli 
    texnologiyalardan keng foydalanishni ta‘minlash maqsadida: 
    Elektron davlat xizmatlarini ko‗rsatishni yanada takomillashtirish bo‗yicha 
    chora-tadbirlar dasturi 25-ilovaga muvofiq; 
    Davlat boji, yig‗im, jarima va boshqa to‗lovlarni to‗lash mexanizmlarini 
    takomillashtirish bo‗yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi 26-ilovaga muvofiq 
    tasdiqlansin. 
    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi mas‘ul 
    vazirlik va idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda 
    mazkur Farmonga 25 va 26-ilovalarda nazarda tutilgan tadbirlarning sifatli va o‗z 
    vaqtida bajarilishini ta‘minlasin. 


    11 
    15. 2020-yil 1-noyabrdan boshlab barcha vazirlik va idoralar, mahalliy ijro 
    etuvchi 
    hokimiyat 
    organlarida 
    amaldagi 
    rahbar o‗rinbosarlaridan biriga 
    raqamlashtirish bo‗yicha o‗rinbosar (Chief Digital Officer) vakolatlari yuklatilsin va 
    quyidagilar ularning ustuvor vazifalari etib belgilansin: 
    axborot tizimlari va resurslarini keng joriy etishni nazarda tutuvchi idoraviy 
    raqamli transformatsiya dasturlarini ishlab chiqish va o‗z vaqtida amalga oshirish; 
    elektron davlat xizmatlarini mobil qurilmalar va elektron hamkorlikning 
    boshqa shakllari orqali ko‗rsatishni yanada kengaytirish uchun zarur shart-sharoitlar 
    yaratish; 
    idoralar faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta‘minlash, Internet tarmog‗ida 
    ochiq ma‘lumotlarni va boshqa axborotlarni joylashtirib borish bo‗yicha choralar 
    ko‗rish; 
    idoraviy raqamli infratuzilmaning axborot xavfsizligini, shuningdek, elektron 
    ma‘lumotlar va hujjatlarning himoyasini ta‘minlash. 
    Raqamlashtirish bo‗yicha o‗rinbosarlarning tegishli yo‗nalishdagi faoliyatini 
    muvofiqlashtirish Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish 
    vazirligiga yuklatilsin. 
    16. Shunday tartib o‗rnatilsinki, unga muvofiq: 
    ―Raqamli O‗zbekiston — 2030‖ strategiyasida ko‗zda tutilgan loyihalarni o‗z 
    vaqtida va keng ko‗lamda amalga oshirilishini ta‘minlaganligi, shuningdek, axborot 
    texnologiyalari va elektron xizmatlarni joriy etishni reyting baholash natijalariga 
    ko‗ra vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbarlari va 
    ularning raqamlashtirish bo‗yicha o‗rinbosarlariga har oyda ularning oylik maoshiga 
    30 foiz miqdorida ustama to‗lanadi; 
    vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari (keyingi 
    o‗rinlarda — davlat organlari va tashkilotlari) har yili raqamlashtirish bo‗yicha o‗z 
    faoliyati 
    samaradorligi 
    ko‗rsatkichlarini 
    Axborot 
    texnologiyalari 
    va 
    kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishgan holda shakllantiradi; 


    12 
    har chorakda raqamlashtirish bo‗yicha davlat organlari va tashkilotlari 
    faoliyati samaradorligi ko‗rsatkichlariga erishilganligi, shuningdek, axborot 
    texnologiyalari va elektron xizmatlarni joriy etishni reyting baholash natijalari 
    yuzasidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 
    tomonidan beriladigan xulosa rahbarlar va ularning raqamlashtirish bo‗yicha 
    o‗rinbosarlariga har oyda ularning oylik maoshiga mazkur bandda ko‗zda tutilgan 
    ustamani to‗lash uchun asos bo‗ladi. 
    17. 
    Innovatsion 
    rivojlanish 
    vazirligi 
    Axborot 
    texnologiyalari 
    va 
    kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda har yili 1-dekabrga 
    qadar raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo‗nalishlarida ilmiy-tadqiqot va 
    innovatsion loyihalarning maqsadli dasturlarini Fan va texnologiyalar bo‗yicha 
    respublika kengashiga tasdiqlash uchun kiritib borsin hamda ushbu sohada alohida 
    e‘tiborni quyidagilarga qaratsin: 
    axborot texnologiyalari sohasidagi ustuvor yo‗nalishlar bo‗yicha fundamental va 
    amaliy tadqiqotlarni olib borish; 
    iqtisodiyot tarmoqlarida virtual va to‗ldirilgan reallik, sun‘iy intellekt
    kriptografiya, mashina o‗rganishi, katta ma‘lumotlarni tahlil qilish va ―bulutli‖ 
    hisoblash texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini o‗rganish va ularni 
    amaliyotga tatbiq etish; 
    istiqbolli innovatsion ishlanmalar va startap-loyihalarini amalga oshirish hamda 
    ularni tijoratlashtirish va texnologiyalar transferini qo‗llab-quvvatlash. 
    Belgilab qo‗yilsinki, maqsadli dasturlarni moliyalashtirish xarajatlari ilmiy 
    faoliyatga oid davlat dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‗lar 
    doirasida, shuningdek, Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‗oyalarini qo‗llab-
    quvvatlash jamg‗armasi hamda Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini 
    rivojlantirish jamg‗armasi mablag‗lari hisobidan qoplanadi. 
    18. Mazkur Farmonda belgilangan chora-tadbirlarning sifatli va o‗z vaqtida 
    bajarilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilishning quyidagi tartibi o‗rnatilsin: 


    13 
    a) vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining 
    raqamlashtirish bo‗yicha rahbar o‗rinbosarlari — har oyda hisobot oyidan keyingi 
    oyning 5-sanasiga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini 
    rivojlantirish vazirligiga ushbu Farmon bilan tasdiqlangan Strategiya, dasturlar va 
    ―yo‗l xarita‖lari hamda idoraviy raqamli transformatsiya dasturlarida nazarda tutilgan 
    chora-tadbirlarni amalga oshirish to‗g‗risida hisobot taqdim etadilar; 
    b) axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. 
    Sadikov: 
    mas‘ul vazirlik va idoralar faoliyatini idoralararo muvofiqlashtiradi, ularning 
    faoliyatida raqamli texnologiyalarni joriy etish holatini baholaydi hamda muntazam 
    ravishda raqamlashtirish bo‗yicha rahbar o‗rinbosarlarining hisobotlarini eshitishni 
    tashkil etadi; 
    har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar ushbu Farmon bilan 
    tasdiqlangan Strategiya, dasturlar va ―yo‗l xarita‖lari hamda idoraviy raqamli 
    transformatsiya dasturlari ijrosi to‗g‗risida umumlashgan tahliliy ma‘lumotlarni 
    Vazirlar Mahkamasiga kiritadi; 
    v) O‗zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-
    texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish 
    masalalari departamenti boshlig‗i O. Umarov: 
    Strategiyaning maqsadli ko‗rsatkichlariga erishish ustidan tizimli nazoratni 
    tashkil etadi, shuningdek, Muvofiqlashtiruvchi komissiya yig‗ilishlarida mas‘ul 
    vazirlik va idoralar rahbarlarining raqamlashtirish sohasidagi faoliyatini tanqidiy 
    ko‗rib chiqish bo‗yicha takliflar kiritadi; 
    har chorakda O‗zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga raqamlashtirish 
    bo‗yicha rahbar o‗rinbosarlarining faoliyati natijadorligidan kelib chiqib, ularni 
    rag‗batlantirish yoki intizomiy, shu jumladan egallab turgan lavozimidan ozod 
    qilishgacha bo‗lgan choralarni ko‗rish bo‗yicha takliflarni kiritadi. 


    14 
    19. O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi 
    Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‗zbekiston Milliy axborot 
    agentligi va O‗zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ushbu Farmonning maqsad va 
    vazifalarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish bo‗yicha ishlarni tashkil 
    etsin. 
    20. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi 
    manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga 
    ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‗zgartirish va qo‗shimchalar to‗g‗risida Vazirlar 
    Mahkamasiga takliflar kiritsin. 
    21. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‗zbekiston Respublikasining 
    Bosh vaziri A.N. Aripov va O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi 
    R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin. 
    O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV 

    Download 366.64 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 366.64 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti

    Download 366.64 Kb.
    Pdf ko'rish