• 2.1. Raqamli infratuzilmani rivojlantirishning ustuvor yo„nalishlari
  • Raqamli rivojlanishning strategik maqsadlari va ustuvor yo„nalishlari




    Download 366,64 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/7
    Sana09.12.2023
    Hajmi366,64 Kb.
    #114758
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Namuna mustaqil ish
    Umidjon tugarak, 4.71.05.01-Farmatsiya-страницы-27-34 (1), Matematik modellashtirish, Tenglamalar sistemasi, 12 14 16 tayyor , 40910101-Stomatologiya ishi oxirgi (2) (3), 40910202-Feldsher-laborantlik ishi (2) (2), 77777777777, Mavzu kichik maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalashda o\'zbek xa, 2-mavzu davomi, С.Сиддиков Карта дузиу (1), 11-sinf Ona tili ON, ona tili 1-b on, TASHAKKURNOMA
    2.Raqamli rivojlanishning strategik maqsadlari va ustuvor yo„nalishlari 
    ―Raqamli O‗zbekiston — 2030‖ strategiyasi (keyingi o‗rinlarda — Strategiya) 
    iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimining jadal raqamli 
    rivojlanishini ta‘minlash, shu jumladan elektron davlat xizmatlarini ko‗rsatish 
    mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida ishlab chiqilgan. 
    Strategiya O‗zbekiston Respublikasining raqamli iqtisodiyot va elektron 
    hukumatni rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo‗nalishlari hamda o‗rta 
    va uzoq muddatli istiqbolli vazifalarini belgilaydi, shuningdek, BMTning Barqaror 
    rivojlanish maqsadlari va Elektron hukumatni rivojlantirish reytingida belgilangan 
    ustuvor vazifalardan kelib chiqib, raqamli texnologiyalarni yanada keng joriy etish 
    uchun asos bo‗lib xizmat qiladi. 
    2.1. Raqamli infratuzilmani rivojlantirishning ustuvor yo„nalishlari 
    Raqamli infratuzilmani rivojlantirish maqsadida quyidagi tadbirlar amalga 
    oshiriladi: 


    15 
    optik tolali aloqa liniyalari, xalqaro kommutatsiya markazlarini modernizatsiya 
    qilish va rivojlantirish orqali mintaqaviy va xalqaro telekommunikatsiya 
    tarmoqlarining, O‗zbekiston Respublikasining chegaradosh Markaziy Osiyo 
    davlatlari bilan tranzit aloqalarining o‗tkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirib borish; 
    taqdim etilayotgan xizmatlar hajmini oshirish, rezervlash, tizimlarning 
    ishonchliligini ta‘minlash, shuningdek, aholi punktlari va ijtimoiy obyektlarni keng 
    polosali xizmatlardan foydalanish imkoniyati bilan ta‘minlash uchun ma‘lumotlar 
    uzatish tarmog‗ini kengaytirish; 
    mobil 
    va yo‗ldosh aloqa operatorlarining investitsion faolligini 
    rag‗batlantirishning qo‗shimcha mexanizmlarini yaratish; 
    mobil aloqa tarmog‗ini 4G va 5G texnologiyasi bo‗yicha rivojlantirish
    Toshkent shahri, Qoraqalpog‗iston Respublikasi va barcha viloyatlar markazlarini 
    beshinchi avlod aloqa tarmog‗i bilan bosqichma-bosqich qamrab olish; 
    barcha aholi punktlari va ijtimoiy obyektlarni optik va mobil keng polosali 
    xizmatlardan foydalanish tarmoqlari bilan qamrab olish; 
    avtomagistral va temir yo‗llari, turistik obyektlarni mobil aloqa tarmoqlari 
    bilan qoplashni ta‘minlash; 
    Internet jahon axborot tarmog‗iga ulanish tariflarini takomillashtirish va 
    optimallashtirish; 
    geografik joylashuvidan qat‘iy nazar, fuqarolarning o‗sib borayotgan axborotga 
    ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun keng polosali simsiz va mobil texnologiyalarni 
    yanada rivojlantirish; 
    iste‘molchilarga televizion signalni uzatish, yer usti televizion eshittirish
    kabel televideniyesi, IP-televideniye, ma‘lumotlar uzatish tarmoqlari, mobil aloqa, 
    Internet texnologiyalaridan foydalangan holda teleradioeshittirish, televizion va radio 
    xizmatlarining barcha turlarini to‗liq qamrab olgan holda raqamli eshittirishni 
    takomillashtirish; 


    16 
    ―bulutli‖ hisoblashlar asosida ma‘lumotlarni saqlash va qayta ishlash 
    markazlarini rivojlantirish, foydalanuvchi talablariga muvofiq, O‗zbekiston 
    Respublikasining axborot resurslariga doimiy ulanishni ta‘minlash; 
    bozorning erkin rivojlanishi imkoniyatini saqlab, telekommunikatsiya 
    sohasini rivojlantirish uchun sharoitlarni yaxshilash, biznes yuritish va 
    telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish uchun ma‘muriy to‗siqlarni 
    kamaytirish; 
    elektron hukumat doirasida elektron davlat xizmatlaridan foydalanish uchun 
    barcha davlat organlari, ularning tarkibiy va hududiy bo‗linmalarini idoralararo 
    ma‘lumotlar uzatish tarmog‗iga ulagan holda ushbu tarmoqni rivojlantirish; 
    mamlakatimiz hududida davlat organlari, jismoniy va yuridik shaxslar uchun 
    axborotni saqlash, qayta ishlash, himoya qilish va elektron davlat xizmatlarining 
    foydalanuvchanligini ta‘minlash mexanizmlarini takomillashtirish; 
    davlat organlari faoliyatini raqamlashtirish va elektron davlat xizmatlarini 
    ko‗rsatish doirasida ―xizmat sifatida dasturiy ta‘minot‖, ―xizmat sifatida platforma‖, 
    ―xizmat sifatida infratuzilma‖ texnologiyalarini keng joriy etish; 
    shahar infratuzilmasini boshqarishda raqamli texnologiyalarni joriy etish 
    orqali transport logistikasi, shahar infratuzilmasi, shahar muhitining sifati, shahar 
    rivojlanishini boshqarish samaradorligi, jamoat, biznes va yashash joylari bilan 
    bog‗liq muammolarni hal qilish uchun ―aqlli‖ va ―xavfsiz‖ shahar loyihalarini izchil 
    amalga oshirish; 
    keng polosali ulanishni rivojlantirishning texnologik asosi iste‘molchilarga 
    asosiy va qo‗shimcha xizmatlarni, shu jumladan texnologik jarayonlarni 
    avtomatlashtirish xizmatlarini, aholining hayotini qo‗llab-quvvatlashda aqlli 
    tizimlarni joriy etishning bir qismi sifatida individual infratuzilma loyihalarini amalga 
    oshirishga bosqichma-bosqich kirishni ta‘minlash uchun yagona infratuzilma 
    yordamida multiservis tarmoqlarini rivojlantirish; 
    mavjud aloqa (simsiz va optik), simli va simsiz aloqa texnologiyalari va 
    tizimlari, shuningdek, yangi geografik axborot va navigatsiya tizimlarining 


    17 
    samaradorligini oshirish yo‗llarini o‗z ichiga olgan aloqa va navigatsiya 
    texnologiyalarini rivojlantirish; 
    aloqa operatorlari o‗rtasida raqobatni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni 
    yaratish. 

    Download 366,64 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 366,64 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Raqamli rivojlanishning strategik maqsadlari va ustuvor yo„nalishlari

    Download 366,64 Kb.
    Pdf ko'rish