Mavzu: kichik maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalashda o'zbek xalq o'yinlarining ahamiyati




Download 20.25 Kb.
Sana01.06.2023
Hajmi20.25 Kb.
#68685
Bog'liq
Mavzu kichik maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalashda o\'zbek xa
Umidjon tugarak, 4.71.05.01-Farmatsiya-страницы-27-34 (1), Matematik modellashtirish, Tenglamalar sistemasi, 12 14 16 tayyor , 40910101-Stomatologiya ishi oxirgi (2) (3), 40910202-Feldsher-laborantlik ishi (2) (2), 77777777777, 2-mavzu davomi, С.Сиддиков Карта дузиу (1), 11-sinf Ona tili ON, ona tili 1-b on, Namuna mustaqil ish, TASHAKKURNOMA

MAVZU:KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARNI TARBIYALASHDA O'ZBEK XALQ O'YINLARINING AHAMIYATI
REJA
1.O`zbek xalq o`yinlari haqida umumiy ma’lumot.
2.Kichik maktab yoshdagi bolalarini tarbiyalashda o`zbek xalq o`yinlarining ma’naviy va axloqiy ta’siri.
3. Xalq o‘yinlari — bolalar uchun hayot maktabi
4.Xulosa

« O‘yin» va «raqs» tushunchalarini farqlamay qoilash odat tusiga kirgan,go‘yoki ular bir hodisaday, ular orasida hech qanaqa tafovut yo‘qday. Aslida-chi? Aslida ular bir-biriga mohiyatan o‘xshamaydigan hodisalar bo‘Iib, harbiri o‘z tabiatiga ega, o‘ziga xos qonuniyatlar asosida yashaydi, rivojlanadi.


Rost, har ikkalasi ham harakat zamirida qurilgan, qolaversa, raqs, qisman esada, o‘yindan o‘sib chiqqan. Shu vajdanmikin, «o‘yin» nisbatan keng ma’nolitushunchaga aylangan, raqs hodisasini anglatadigan ma’noda ham qoilanaverilgan. Buni xalqona o‘yinlar misolida ravshanroq ko‘rish mumkin. Aytaylik, «Chittigul» harakatni so‘z boshqarishi asosida qurilgan qizaloqlar o‘yini. Qizaloqlar uni erta bahorda (endigina nish otib ko'kara boshlagan gul-u sabzalarni ko‘rib quvonch va hayajondan entikib) «chittigul» — aslida ular chuchuktilida chiqqan, hayajonga limmo-lim «chiqdi gul!» iborasi ekanligini inobatgaoling, qo'l ushlashib davra hosil qilgan holda aylana turíb, o‘zaro jo‘rovozlikdaqo‘shiqni kuylashadi. Bunda aylanish harakati qo'shiq uchun ritmik — ohangdorlik asos vazifasini bajargan:
Etagingga gul bosay,
Bir yonini yon bosay.
Naqorat ijrosi jarayonida esa aylanayotgan yondosh qizaloqlar shiddat bilanjuñ-juñ boiishi, bir-birlarining kaftlariga kañlari bilan uch marta urib kuylashda
davom etishgan:
Ha-yu,chittigul,
Ha-yu, chittigul!
0 ‘yin nihoyasida oxirgi marta kaftlarni urishtirib, har bir qizaloq gir aylanib turib:
Ha-yu, chittigul,
Ha-yu!.. —
der ekan, barchalari birvarakayiga gurra tarqalishgan (0 ‘yin qaytarilganda yana yuqoridadi tartibga amal qilingan).
Ko'rinib turibdiki, «Chittigul»da ham o‘yin, ham raqs, ham qo‘shiq unsurlari o‘zaro singishib ketgan. Shunday ekan, uning o'zi nima? 0 ‘yinmi? Raqsmi? Yoki
qo'shiq? Undagi raqsga xos harakatlar butunlay raqs deyishga asos bo'lolmaydi.
Chunki ularda nafosat yetishmaydi (Ular hammabop, odmi harakatlar). Raqs esa nazokatga yo'g'rilgan jozibali harakatlar majmui bolib, har kim ham ijro qilavermaydigan san’at darajasidagi hodisadir. Shu mantiqning o'ziyoq «Chittigul» raqsga xos ibtidoiy harakatlarga ega esa-da, hali tom ma’nodagi raqs darajasiga o'sib chiqolmaganini ayonlashtiradi. Unda harakatning hammaboplik xususiyati ustuvor ekan, shuning o'ziyoq ommaboplik fazilati ustuvor bo‘lgan o'yinga mansublik alomatini kuchaytiradi. Qolaversa, «Chittigul» shunchaki qo'shiq ham emas. Undagi qo'shiq — o'yinning ajralmas uzvi, xolos. Shu qo'shiq bo‘lmasa undagi harakat ham yuzaga kelmaydi. Bu shunday qo‘shiqki, butun o'yin davomida harakatni ta’minlabgina qolmay, balki ravishini boshqarib turadi, shu asosda kompozitsion yaxlitlikni yuzaga keltiradi, shu bois «Chittigul» harakatni so‘z boshqaradigan behad ommaviy o'yin turi. Uning o'yinligini tasdiqlovchi yana bir muhim alomati
— o’yin ham, tomoshabin ham ijrochilarning o'zlari ekanligidaki, raqsda bunday uyg‘unlik yo‘q. Raqsda bir-biriga ma’naviy emotsionallik rishtalari bilan bog'langan raqqos yoki raqqosa olami va undan zavq-u surur olishga chog'langan tomoshabinlar olami bor. Ular alohida-alohida olamlar-ku, lekin purma’no harakatlami kuzatuvchi nigohlar vositasida o‘zaro tutashgan.
Bolalar o‘yinlarida esa bunday emas, ularda o'yin ham, tomoshabin ham bolalaming o'zlari, bunda o‘yinchi va tomoshabin yagona bir siymoda namoyon
bo‘ladi, ular o'zaro tutashgan. Shu bois har bir o'yin o‘ziga xos dramatik asarday,hayotning qay bir parchasi, qay bir dardi, qay bir muammosini aks ettiruvchi sahna asariday bo'lib, uning muallifi ham, ijrochisi ham tag'in o'sha bolalaming o'zlari... Bunda bolalaming ijodkorlik salohiyatlari haqiqatan namoyon bo'ladi.
Zero, bolalar o'ynab zavq oladi, o'ynab kurashga tushadi, o‘ynab magiubiyat alamini totadi, o‘ynab g'oliblik nashidasini suradi, o'ynab o'rganadi, o'ynab kashf etish va ijod qilish ilmini o'zlashtiradi, o‘ynab kuylaydi, o'ynab hamdardlik va hamkorlik tuyg'usini tuyadi, okynab birlashadi va birlashmoq manfaatdorligini his qiladi, hatto o'ynab judo bo‘ladi, yolg‘izlanadi va yakkalik iztirobini tortadi.
O'yinda harakat hayot ma’nolarini ifoda etuvchi ma’no kasb etsa-da, asosan, taqlidiy mohiyatga ega. Chunki bolalar kattalarga taqlid qila turib o‘ynaydilar, taqlid ular uchun olamni va odamni o‘zlashtirish vositasiga aylanadi. «Xalq ommasi bag'rida kechayotgan bolalar turmushining alohida nuqtalari bor, — deb yozgan edi rus folklorshunosi G.Vinogradov. — Bolalar o‘zlarini ayrim ajratilgan alohida olam sifatida anglashadi va yashashadi. Kattalar ishtirokisiz ham o‘yin o‘ynay bilishadi, o‘ynab turib o'rganadi, bevosita kattalardan emas, o‘z akasidan ular merosini o'zlashtiradi, raqsni o'rganadi — yana o'sha kattalardan emas, ko'pincha ulardan olamshumul sir tutgan holda shu tariqa atrofhi o'ragan muhitni anglash har gal ham kattalar ta’siri va rahbarligida kechavermaydi»1. Shunga qaramay, bolalar faoliyatida taqlidchilikning yetakchi tamoyilligi rad etib bo'lmas haqiqatdir.
Har bir taqlidiy harakat ulaming o'yinlarida turmushning qay bir qirrasini aks ettiruvchi ma’no kasb eta boradi. Aytaylik, uzun xivichni toychoq qilib minib oigan va har gal: «Chu!» — deya unga qamchi bosib chopqillagan bolakay quvonchi haqiqiy chavandoznikidan kam emas. U hatto entikkanidan toychoqday kishnab ham qo'yadi. «Urush-urush»ga o'ynab o'yinchoq to'pponchasi (miltiqchasi)dan «paq» etib otarkan, haqiqiy g'oliblik nash’asini surganday sezadi o'zini. O'yinchoq moshinchasida tuproq solib olib, o'zi «qurgan» yo'lakchadan sudrab turib «bib-bib»lab chopayotgan bolakay tuygan zavq haqiqiy shofyomikidan kam emas.
Qo'g'irchog'ini allalab uxlatayotgan yoki unga «ovqat yedirayotgan» qizaloq kayfiyatida haqiqiy onalamikidan qolishmaydigan surur bor. Yoxud o'shal qizaloq loydan «xamir» qorib, «kulcha»lar pishirib, mehmondorchilik taomilini o'ynab turib ado etarkan, bundan tuygan sururida kattalaming haqiqiy mehmonnavozlikda his qiladigan jonbaxsh safo bor, albatta.
Chelakchasida suv tashiganida, loydan uycha qurgan ida, tuproqdan xirmon uyganida bolakay shunchaki o'ynamaydi, kattalarga taqlid qila turib mehnat qilgan bo'ladi. Bu shunchaki taqlidiy mehnat emas, balki unga xos jarayonlami o'zlashtirish, mehnatning mohiyatini idrok etishdan iborat hayot sabog'idir. U hayotni o'ynab turib o'zlashtiradi, o'ynab turib ijodiy salohiyatini shakllantiradi va toblaydi, o'ynab turib bunyodkorlikni o'rganadi va kelajakning bunyodkori bo'lib yetishadi.
Mustaqil O‘zbekistonimizning istikloli tufayli, boshka soxalarda bo‘lganidek, boshlangich ta’lim soxasida xam katta o‘zgarishlar yuz bermokda. Buni biz boshlangich sinflar faoliyatiga milliy urf-odatlar, an’analarning dadil kirib kelayotgani, barcha darslarning davlat tilida o‘tilayotgani kabi misollarda ko‘rishimiz mumkin. Eng quvonchlisi o‘zbek xalk milliy o‘yinlarining maktab dasturlaridan keng o‘rin olishidir.
Xalq o‘yinlari xalk ijodining o‘ziga xos turi bo‘lib, ko‘p asrlik tarixga ega. Xar bir xalkning o‘z milliy o‘yinlari mavjud. Ular o‘sha xalkning madaniyati, urf-odatlari, ijodi, mexnat faoliyati asosida vujudga keladi. Shuningdek, o‘zbek xalk milliy o‘yinlari xalkimizning buyuk merosi sifatida kadim zamondan bugungi kungacha saklanib va saykallanib kelmokda.
Ma’lumki, qadimda o‘zbek xalk o‘yinlari katta sayillarda, ommaviy tamoillarda keng ko‘llanilgan. O‘zbek xalq milliy o‘yinlarining tuzilishi, mazmuni turlicha bo‘lib, ular xalqimizning moddiy, maishiy va ma’naviy tarixini o‘rgatishda muxim manbaalardan biri xisoblanadi.
Bobokalonlarimiz Maxmud Koshgariy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino asarlarida xam bolalar ijodkorligi, folklor o‘yinlariga taallukli ma’lumotlar juda ko‘p uchraydi. Jumladan, «Devanu-lugatit turk» kitobida o‘yinlarning tur va yo‘nalishlari xakida kizikarli ma’lumotlar keltirilgan.
O‘zbek pedagogikasi tarixi ravnakiga katta ulush ko‘shgan iste’dodli murabbiy, shoir, zabardast olim va moxir tarjimon Muxammad Rizo Ogahiy (1809-1870) «Ta’vizul-oshikin» devonida o‘zbek milliy o‘yinlari: chavandoz, ot ustida kurash tushish, ot ustida kilichbozlik, chavgon, yogoch ot, chillak, sopkon, kamondan otish bo‘yicha merganlik, shatranj, karda, dorboz, poyga, varrak, yogoch xukka, masxarabozlik, tosh ko‘tarish, pachok o‘yini, oshik o‘yini, to‘p o‘yini va boshkalar to‘grisida ma’lumotlar berib, bu o‘yinlarning koidalarini birma-bir izoxlaydi. Ogahiy «Kurash» she’rida xalk milliy sport o‘yinlaridan bo‘lgan kurashni juda yaxshi bayon etadi.
Biri – biriga zo‘r izxor aylab,
Yikorga ne allakim bor aylab.
Buyun olib bariga ko‘rguzib sho‘r
Biri changak solib, izxor etib zo‘r,
Madad chun biriga tam’ yeturdi,
Ko‘tarib birni andok yerga urdi.
Ogahiy fikricha, kurash bilan shugullanish bolalarni kat’iy intizomga odatlantiradi, u kuchiga ishonch xosil kilish bilan birga, ularning jismoniy va akliy kamolotiga ijobiy ta’sir kiladi. U «Poyga ta’rifida» asarida poygaga tibbiy va jismoniy tarbiya nuktai-nazaridan baxo beradi. «Otda yelish bolaligida gavdasini tutolmaslikka mubtalo bo‘lgan kishilarni aklining susayishidan, yurak xurujlaridan xalos etadi va jismonan bakuvvat kiladi, uni orzu-umid bilan yashashga, intilishga undaydi», - deydi.
Bolalar o‘yinining yana bir foydalisi chavgon o‘yini bo‘lib, u bolalarni jangga o‘rgatib, toblab, chiniktirib, jismoniy kuch-kuvvatini oshirib boradi. Bu xakda u shunday yozadi:

Chikib maydon aro to kuyu-chavgon o‘yinni ko‘ring,


Agar mushkul desang mushkul, va gar oson desang oson ...

So‘z va ko‘shikli o‘yinlar esa bolalarning nutkini o‘stirish bilan birgalikda, ularni chechanlikka o‘rgatadigan tarbiya vositasi ekanligini tushuntiradi.


Shu tarzda Ogahiy o‘zbek milliy o‘yinlari bolalarni ziyraklikka o‘rgatishda, jismonan bakuvvat bo‘lib o‘sishda muxim tarbiya vositasi ekanini yorkin ifodalab bergan. Xullas, kadimda milliy o‘yinlarimiz buyuk allomalarimiz va mutaxassislarimizning asarlari orkali bizga xam yetib keldi.
Mustaqil o‘lka yoshlarining xar tomonlama kamol topgan shaxs kilib tarbiyalashda jismoniy tarbiyaning, kolaversa, milliy jismoniy tarbiya usullarining axamiyati juda katta. O‘lkamiz tarixiga nazar tashlasak, kadim zamonlarda milliy sport, xarakatli o‘yin va ko‘ngil ochishlardan ota-bobolarimiz, ona-momolarimiz bayramlarda, sayillarda keng foydalanishgan. Navro‘z, xosil bayramlari, Ramazon xayiti, Kurbon xayit va boshqa bayramlarda uloq chopish, kurash, ko‘pkari kabi xilma-xil o‘yinlar, ko‘ngil ochishlar o‘tkazilgan.
Milliy jismoniy mashqlar sport va xarakatli o‘yinlarning xilma-xilligi, ulardan o‘kuv-tarbiya jarayonining juda ko‘p soxalarida ko‘llash imkonini beradi. Qo‘qon shaxridagi 37-o‘rta umumta’lim maktabining 1 «V» sinfida pedagogik amaliyot davrida shuni o‘rganib oldimki, kuni uzaytirilgan guruxlarda xar xil xarakatli o‘yinlar uyushtirish, maxsus guruxlarda kizikarli va bajarilishi oson bo‘lgan mashklar tashkil etish o‘kuvchilar xarakat sifatlarini to‘gri shakllantirishga katta yordam berar ekan.
XULOSA

Xulosa kilib aytganda, o‘zbek xalkining o‘ziga xos milliy urf-odatlari, ajoyib an’analari bo‘lgan. Xattoki, yoshlarning barkamol shakllanishlari uchun xalkimiz kadim-kadimdan jiddiy e’tibor berib kelgan. O‘sha davrdanok milliy xalk o‘yinlari keng rivojlangan. Bu o‘yinlar yosh avlodning jismonan bakuvvat va soglom bo‘lib ulgayishida juda ko‘l kelgan.


O‘zbek xalk o‘yinlarini xozirgi kunda xam inson shaxsini tarbiyalashdagi o‘rni bekiyosdir. O‘zbek xalk o‘yinlari o‘zining turli yosh, jins, shaxar va kishlokka mo‘ljallangan keng kamrovliligi bilan ajralib turadi. Birok, bu jixatlarning kam yoritilganligi va kam o‘rganilganligi sababli o‘zbek xalk o‘yinlariga xar tomonlama tasnif berish o‘ta mushkul. Shunga karamasdan, ularni nazoratdan o‘tkazish va o‘rganish o‘yinlarni shartli ravishda kuyidagidek turlarga bo‘lib chikish imkoniyatini beradi:

1) turli yoshdagilar o‘yinlari (go‘daklik, bolalik, o‘spirinlik va x.kazolar);


2) turli jinsdagi odamlar o‘yinlari (o‘gil bolalar, kiz bolalar, erkaklar va ayollar);
3) mavsumiy o‘yinlar (baxorgi, yozgi, kuzgi, kishki);
4) turli ifoda vositalaridan foydalanishga asoslangan o‘yinlar (so‘z, kuy, ko‘shik, raks, pantomima, syujetli, saxna, turli xususiyatli va xokazolar).
So`nggi tur o‘yin turli ifoda va sitatalardan foydalangan xolda amalga oshiriladi. Masalan, so‘z, ko‘shik, raks, xarakat, saxna tomoshalari, shuningdek, kilich, kaltak, toshchalar, yongokchalar kabi oddiy narsalar asosiy ifoda o‘xshashligi yoki narsalar o‘yinning xarakterini, shaklini, mazmunini va rolini belgilaydi. Deylik, o‘yinda asosiy vosita so‘z bo‘lsa, so‘z o‘yini, agar xarakat, tezlik, kurash bo‘lsa, bu xarakat – musobaka o‘yini bo‘ladi. Agarda o‘yinda syujet, badiiy timsol vositasida muayyan xayotiy xodisa o‘z aksini topsa, bu saxna o‘yini, asar asosiy rol ko‘shik jurnavozlikka berilsa, bu ko‘shik o‘yini yoki jo‘rnavozlikdagi ko‘shik o‘yini bo‘ladi.
U yoki bu vositadan foydalanishga asoslangan o‘yinlar sof xolda uchramaydi, boshka o‘yinlar yoki turkumlar bilan chatishib ketadi. Zero, ularda turli yoshdagi, jinsdagi odamlar turli fasllarda o‘ynaydilar. Shu bois bir turkumda nishonlanadigan o‘yinlar boshkasida takrorlanishi mumkin.
Turli yoshdagi odamlar guruxiga moslangan va xayotning ma’lum boskichida o‘ynaladigan o‘yinlar avloddan-avlodga o‘tib kelgan. Yoshi o‘tinkirab kolguncha odamlar bamisoli xalk o‘yinlari «maktab»ini o‘tgan, bunda xar bir sinfda u yoki bu yoshga tegishli o‘yinlardan foydalanganlar. Xar bir yosh xususiyati o‘yinlarning moxiyati va mazmunini belgilagan. Masalan, yosh bolalar o‘rtasida o‘yinchok va ko‘girchoklar bilan boglik o‘yinlar, oralik yoshdagi bolalar o‘rtasida – syujetli taklid o‘yinlari keng tarkalgan. «Xakalam-xakalam», «Kelin-kuyov», «Kuvlashmachok» kabi o‘yinlar bugungi kunda xam bolalar tomonidan sevib o‘ynaladi.
O‘yinlar bolalar va yoshlarga nima beradi?
O‘yin bolalarning, xususan, 2 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning asosiy mashguloti xisoblanadi, keyinchalik o‘kish va mexnatga almashadi. O‘yinlar bolalar uchun xayotga, kelajakdagi vokea-xodisalarga o‘ziga xos tayyorgarlik maktabi xisoblanadi. Ular bolalarni nafakat jisman, balki aklan stirib, ongini boyitadi, bolalar xayolotini uygotadi, xotirasini charxlab,
irodani mustaxkamlaydi. O‘yinlar jarayonida bola deyarli bilimlarni egallaydi, shaxs kamolotidagi zarur malakani oshiradi. O‘yinlar kelajakdagi katta xayot bo‘sagasidagi tayyorgarlik bo‘lib xizmat kilgan. «Agar bola o‘yinni vijdonan o‘ynasa, xayotda xam vijdonan yashaydi» deb bejiz aytishmaydi-da. Xullas, o‘yinlar bolalarda ijodiy faollik, tashabbus, jamoatchilik, tashkilotchilik o‘kuvi va malakasini rivojlantirishning samarali vositasidir.
O‘yinlar inson xayotida shunday axamiyat kasb etadiki, ularga karab inson shaxsiyati, xarakteri manfaatlari, kizikishlari, kobiliyatlari xakida fikr yuritish mumkin. O‘zbeklar farzandlarida bolaligidanok baxodirlik, xarbiylik, jangovarlik malakalarini shakllantirganlar.


Xalk dostoni «Alpomish»dagi sevimli bosh kaxramon Xakimbek xakidagi satrlar shundan dalolat beradi. Demak, o‘yinlar inson shaxsini kamol toptirishda asosiy vosita xisoblanadi. O‘yin bola uchun birinchi maktab. Bobolar va buvilarning kattikko‘l ota-onalarga «Bolalarning o‘yiniga xalakit bermanglar!» deb tanbex berishlari bejiz emasda. Milliy o‘yinlarimizda tez xarakatli va akliy o‘yinlar mavjud. Masalan, «Kes-kes» va «Olib kochar» o‘yinlarini karab chikaylik.
Download 20.25 Kb.




Download 20.25 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: kichik maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalashda o'zbek xalq o'yinlarining ahamiyati

Download 20.25 Kb.