Raqamli texnologiyalar milliy bozorini rivojlantirishning ustuvor




Download 366,64 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana09.12.2023
Hajmi366,64 Kb.
#114758
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Namuna mustaqil ish
Umidjon tugarak, 4.71.05.01-Farmatsiya-страницы-27-34 (1), Matematik modellashtirish, Tenglamalar sistemasi, 12 14 16 tayyor , 40910101-Stomatologiya ishi oxirgi (2) (3), 40910202-Feldsher-laborantlik ishi (2) (2), 77777777777, Mavzu kichik maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalashda o\'zbek xa, 2-mavzu davomi, С.Сиддиков Карта дузиу (1), 11-sinf Ona tili ON, ona tili 1-b on, TASHAKKURNOMA
2.4. Raqamli texnologiyalar milliy bozorini rivojlantirishning ustuvor 
yo„nalishlari 
Raqamli texnologiyalar milliy bozori uchun qulay muhitni yaratish va 
istiqbolli ―raqamli‖ startaplarni rivojlantirish maqsadida quyidagi tadbirlar amalga 
oshiriladi: 


23 
texnoparklar va kovorking markazlari faoliyatini, shu jumladan davlat-xususiy 
sheriklik asosida tashkil etish orqali zamonaviy raqobatbardosh va eksportga 
yo‗naltirilgan dasturiy mahsulotlar va xizmatlarni, mahalliy ishlab chiqarishni 
rivojlantirish; 
raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi va ularning biznes amaliyotiga 
ta‘siri va yangi raqamli xizmatlar yoki mahsulotlar paydo bo‗lishi ta‘sirini hisobga 
olgan holda qonunchilik bazasini takomillashtirish mexanizmlarini shakllantirish; 
milliy startaplarni rivojlantirishni rag‗batlantirish va axborot texnologiyalari 
sohasida yangi ish boshlayotgan korxonalar va kichik korxonalarga, jumladan 
venchur moliyalashtirish orqali ko‗maklashish; 
mahalliy dasturiy mahsulotlar bozori rivojlanishi uchun sharoit yaratish, shu 
jumladan tadbirkorlik subyektlari va davlat organlarining samarali o‗zaro 
hamkorligini ta‘minlash orqali yangi innovatsion yechimlarni ishlab chiqish va ularni 
keyinchalik amalga oshirish; 
tashqi bozorda mahalliy texnologik va dasturiy mahsulotlarga bo‗lgan talabni 
qo‗llab-quvvatlash va rivojlantirish; 
intellektual mulkni ro‗yxatdan o‗tkazish, ustav kapitalida intellektual mulkni 
ko‗rsatish imkoniyatini yaratish bilan bog‗liq tartibotlarni soddalashtirish; 
venchur ekotizimlarning rivojlanishini soddalashtirish uchun ―regulyativ 
qumdon‖ni yaratish; 
transport jarayonlarini rejalashtirishda aholining harakatchanligini aniqlash 
uchun (maxfiy ma‘lumotdan tashqari) turli xizmatlardan (mobil aloqa operatorlari 
ma‘lumotlari, ilovalar va boshqalar) ma‘lumotlarni jamlash bo‗yicha yagona 
platformani joriy etish; 
axborot texnologiyalari sohasidagi startap va tadbirkorlik subyektlari 
loyihalarini moliyalashtirish tizimining muqobil mexanizmlarini joriy yetish; 
innovatsion g‗oyalar, startaplar va venchur loyihalarini moliyalashtirish 
tizimining barqaror zanjirini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; 


24 
axborot texnologiyalari sohasida yangidan ish boshlagan va kichik korxonalarga 
startap-loyihalarni 
amalga 
oshirishda, 
innovatsiya 
faoliyati 
natijalarini 
investitsiyalarni jalb qilgan holda ko‗maklashish; 
sportchilarni kompyuter sport turlari bo‗yicha, shu jumladan davlat-xususiy 
sheriklik shartlari asosida o‗qitish uchun kompyuter sport markazlari (professional 
klublar) tarmog‗ini yaratish; 
kompyuter o‗yinlari sanoatini rivojlantirishni qo‗llab-quvvatlash bo‗yicha 
kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, xorijiy investitsiyalarni mahalliy IT-
mahsulotlarini ishlab chiqish va rag‗batlantirishga jalb qilish, ushbu sohadagi 
malakali mutaxassislarni tanlab olish va tayyorlash; 
axborot texnologiyalari sohasida autsorsing xizmatlari bozorini rivojlantirish 
uchun zarur tashkiliy-texnik va moliyaviy-iqtisodiy sharoitlarni yaratish; 
loyiha boshqaruviga o‗qitishni joriy etish, shuningdek, startap-loyihalarini 
qo‗llab-quvvatlovchi inkubatsiya va akseleratsiya markazlari faoliyatini tashkil etish 
orqali axborot texnologiyalari sohasidagi oliy ta‘lim sifatini oshirish; 
IT-parkning xorijiy davlatlardagi vakolatxonalarini ochish orqali mahalliy 
dasturiy ta‘minot ishlab chiquvchilarining manfaatlarini ifodalash hamda ularga o‗z 
mahsulotlarini ichki va tashqi bozorlarda ilgari surishda ko‗maklashish; 
har tomonlama tahliliy va amaliy tadqiqotlar asosida raqamlashtirish 
jarayonlarining ishlab chiqarish va iqtisodiyot tarmoqlariga ta‘sirini baholash va 
kelgusida mamlakat iqtisodiyotining raqamli transformatsiyasini kengaytirish 
bo‗yicha takliflarni ishlab chiqish; 
axborot texnologiyalari sohasida tijoratlashtirish salohiyati baland bo‗lgan 
yuqori texnologik mahsulotlar yaratilishiga yo‗naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlanmalari 
ishlab chiqilishini rivojlantirish; 
IT-park asosida ilg‗or texnologiyalardan (Big Data, IoT, AI blokcheyn va 
boshqalar) foydalangan holda ustuvor tarmoqlar uchun ―aqlli yechimlar‖ ni ishlab 
chiqishni rag‗batlantirish; 


25 
biznes korxonalari, universitetlar, ilmiy-tadqiqot institutlari va ilmiy markazlar 
o‗rtasidagi hamkorlikka asoslangan yuqori texnologiyali tadbirkorlik markazlari va 
klasterlarini yaratishga ko‗maklashish; 
texnoparklar, akseleratorlar va inkubatorlarni xakatonlar, tanlovlar va 
konferensiyalar orqali tizimli ravishda davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlash va grant 
subsidiyalari berish.  
Aholining barcha qatlamlarida raqamli ko‗nikmalarni oshirish maqsadida 
quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi: 
yoshlar orasida axborot texnologiyalarini ommalashtirish, shuningdek, 
aholining barcha qatlamlari orasida raqamli texnologiyalardan foydalanish 
ko‗nikmalarini rivojlantirish; 
keksa va o‗rta yoshdagi aholiga Internet jahon axborot tarmog‗ida ishlash, 
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan va boshqa texnologiyalardan 
foydalanish bo‗yicha ko‗nikmalarni o‗z ichiga olgan kompyuter savodxonligi 
kurslarini tashkil etish; 
axborot texnologiyalari sohasida masofaviy, onlayn va virtual o‗qitish 
texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish, onlayn kurslar uchun platformalar 
ishlab chiqish; 
raqamli texnologiyalar sohasida yuqori malakali kadrlar avlodini shakllantirish 
maqsadida umumta‘lim maktabi o‗quvchilariga dasturlashni o‗rgatish uchun sharoit 
yaratish; 
aholi o‗rtasida raqamli ko‗nikmalarni rivojlantirish sohasida yirik IT-
korxonalarni jalb qilgan holda davlat xususiy sheriklik mexanizmlarini tashkil qilish; 
viloyat va shaharlarda raqamli ko‗nikmalar darajasidagi bo‗shliqni bartaraf 
etish maqsadida respublikaning barcha hududlarida ixtisoslashtirilgan o‗quv 
markazlarini tashkil etib vertikal boshqaruv o‗quv modeli tizimini tuman va shaharlar 
darajalarida (IT-park filiali-o‗quv markazi-maktab) joriy etish; 
raqamli ko‗nikmalarga ega bo‗lgan aholi ulushini oshirish maqsadida yuqori 
malakali mutaxassislar ishtirokida bepul onlayn kurslarni tashkil etish; 


26 
fuqarolarning raqamli iqtisodiyot sohasida bilim darajasini mustaqil baholash, 
shu jumladan boshlang‗ich bilim darajasini bepul baholash onlayn resurslarni tashkil 
qilish; 
aholi o‗rtasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun ―Bir million 
dasturchi‖ loyihasini amalga oshirish. 
Davlat boshqaruvida raqamli ko‗nikmalarni oshirish maqsadida quyidagi 
tadbirlar amalga oshiriladi: 
davlat xizmatchilarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi 
ko‗nikmalari va malakalarini oshirish mexanizmini rivojlantirish va doimiy 
takomillashtirib borish; 
iqtisodiyotning real sektorida raqamlashtirishning istiqbolli sohalarida yangi 
yutuqlar muhokamasi bo‗yicha tadbirlarni (forumlar, seminarlar, konferensiyalar va 
boshqalar) o‗tkazish; 
iqtidorli IT-mutaxassislarini o‗qitish, qo‗llab-quvvatlash va ularni targ‗ib 
qilish hamda mamlakatdan iqtidorli qatlamning chiqib ketishi oldini olish uchun 
ularning rivojlanishiga imkoniyat yaratish; 
raqamli 
texnologiyalardan 
foydalanish 
ko‗nikmalarini 
baholash 
mexanizmlarini ishlab chiqish va bunda quyidagi jihatlarni inobatga olish: axborot 
savodxonligi (qaror qabul qilish uchun zarur bo‗lgan ma‘lumotlarni topish 
qobiliyati); kompyuter savodxonligi (raqamli qurilmalar bilan ishlash qobiliyati); 
media savodxonligi (ommaviy axborot vositalarini tanqidiy o‗rganish imkoniyati); 
kommunikativ savodxonlik (zamonaviy raqamli aloqa vositalaridan foydalanish 
qobiliyati); texnologik innovatsiyalarga (yangi texnologiyalarga) ijobiy munosabatni 
shakllantirish; 
ta‘lim tizimiga har bir ta‘lim darajasi uchun raqamli iqtisodiyotning asosiy 
vakolatlariga qo‗yiladigan talablarning shakllanishi va joriy etilishi, (vakolatlar 
modelini hisobga olgan holda) ularning uzluksizligini ta‘minlash; 
davlat organlari xodimlarini malakasini oshirish uchun zamonaviy ta‘lim 
texnologiyalaridan va xodimlarning malakasini baholashning yangi mexanizmlaridan 
foydalangan holda masofadan o‗qitish bo‗yicha yagona elektron platformani yaratish; 


27 
davlat va mahalliy hokimiyat organlari raqamli rivojlanish bo‗yicha 
ixtisoslashtirilgan bo‗linmalarining mas‘ul xodimlari bilan ishlash mexanizmini 
takomillashtirish, shu jumladan raqamli texnologiyalarni rivojlantirish maqsadlariga 
erishishga asoslangan moddiy rag‗batlantirish tizimini (KPI) joriy etish; 
raqamli 
iqtisodiyot, 
zamonaviy 
axborot 
texnologiyalari 
va 
kommunikatsiyalarini joriy etish va rivojlantirish uchun mas‘ul bo‗lgan xodimlarni 
minimal ma‘lumot darajasi va kasblar malakasi nuqtai nazaridan xodimlarning asosiy 
lavozimlari va ishchilarning kasblari klassifikatoriga rioya qilmasdan jalb qilish. 
Ta‘lim sohasida raqamli ko‗nikmalarni oshirish maqsadida quyidagi tadbirlar 
amalga oshiriladi: 
ta‘lim pog‗onasining boshlang‗ich bosqichida o‗quvchilarga raqamli 
texnologiyalarni taqdim etish orqali raqamli ko‗nikmalarni o‗zlashtirish uchun 
imkoniyatlar yaratish, tahliliy va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, kelajakda zarur 
bo‗ladigan keng ko‗lamli raqamli transformatsiya sharoitida yoshlarga bilim va 
ko‗nikmalar berish; 
yagona masofaviy ta‘lim platformasini kelajakda ta‘limning barcha 
yo‗nalishlarida tatbiq etish maqsadida yaratish va amalga oshirish
o‗quvchilar uchun raqamli texnologiyalardan foydalanishning umumiy 
darajasini oshirish maqsadida umumta‘lim maktablarining asosiy o‗quv dasturlariga 
doimiy o‗zgartirishlar kiritish; 
texnologik kasblar va innovatsion faoliyat sohasida o‗qishni tashkil etishga 
qaratilgan yuqori samarali xalqaro amaliyotni ta‘lim tizimiga joriy etish; 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan bog‗liq yo‗nalishda kadrlar 
tayyorlovchi oliy ta‘lim muassasalari bitiruvchilari sonini, axborot texnologiyalar 
sohasida o‗rtacha darajada kompetensiyaga ega bo‗lgan o‗rta maxsus kasb-hunar 
ta‘limi muassasalari bitiruvchilarini oshirish; 


28 
axborot texnologiyalar sohasidagi tashkilotlarining o‗quv jarayonlarga 
qatnashishini rag‗batlantirish orqali umumta‘lim maktablarda informatika fanini 
o‗qitish metodlarini takomillashtirish; 
qog‗oz shaklidagi materiallarni raqamlashtirish formatlaridan foydalanish 
bo‗yicha davlat yagona talabini ishlab chiqish va qo‗llab-quvvatlashni ta‘minlash 
orqali ta‘limda o‗quv materiallarini raqamlashtirish; 
raqamli texnologiyalar sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va 
rag‗batlantirish, ularning tashkiliy mexanizmlarini takomillashtirish; 
g‗oyalar va yangi texnologiyalar yaratishni targ‗ib qiluvchi respublika 
tanlovlari va tadbirlarini (xakatonlar, konkurslar, olimpiadalar va boshqalar) 
o‗tkazish; 
yangi qidiruv tizimlarini yaratish yo‗nalishini ishlab chiqish va aniqlash, shu 
jumladan audio va video materiallarni izlash va aniqlash uchun yechimlar, axborotni 
qidirish va olishda semantikadan foydalanish, mashinaviy tarjima tizimidagi yangi 
texnologiyalar, shuningdek, mashinaviy o‗qitishning yangi algoritmlari va 
texnologiyalarini rivojlantirish; 
katta hajmdagi ma‘lumotlar to‗plamini tahlil qilish va bilimlarni to‗plash 
bo‗yicha, shu jumladan katta hajmdagi ma‘lumotlarni yig‗ish, saqlash va intellektual 
tahlil qilishning yangi usullari va algoritmlarini, katta hajmdagi ma‘lumotlarni 
tarqatish uchun yangi usullar va dasturlar, shu bilan birga murakkab muhandislik 
yechimlarini bashoratli modellashtirish uchun yangi usullar va dasturiy ta‘minotlar 
bo‗yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish; 
xatolarga chidamliligini oshirish va tizim elementlari o‗rtasidagi almashinuv 
vaqtini qisqartirish uchun yangi yuqori darajali hisoblash va ma‘lumotlarni saqlash 
tizimlarini, shu jumladan parallel hisoblashning yangi algoritmlarini, yangi 
superkompyuter texnologiyalari va dasturlarini, yangi aloqa texnologiyalari va o‗zaro 
ta‘sir protokollarini yaratish, shuningdek, tizim elementlari o‗rtasidagi almashinuv 
vaqtini qisqartirish, yuqori samarali va ishonchli ma‘lumotlarni saqlash tizimlari 
uchun yangi dasturlar yaratish sohasida tadqiqotlar o‗tkazish; 


29 
robototexnika komplekslari va odamlar o‗zaro ta‘sirining algoritmlarini ishlab 
chiqish, ma‘lumotlar uzatish tarmoqlari infratuzilmasini, o‗rnatilgan sensorlar va 
sensor tarmoqlarni takomillashtirish, shuningdek, ―bulutli‖ xizmatlarini taqdim 
etishning turli xil modellarini amalga oshirish uchun dasturiy ta‘minot yaratish 
bo‗yicha ilmiy ishlarni olib borish; 
xalqaro yirik korxonalarning markazlari bilan hamkorlikda raqamlashtirish 
yo‗nalishidagi milliy kadrlar malakasini oshirish mexanizmini tatbiq etish; 
maktabgacha, o‗rta va oliy ta‘lim tizimi uchun elektron ta‘lim resurslarini 
yanada takomillashtirish, shuningdek, ichki va jahon ta‘lim resurslaridan 
foydalanishni ta‘minlash; 
inson kapitalini rivojlantirish, shu jumladan, ixtisoslashgan ta‘limni 
rivojlantirish hamda IT-sohasidagi kasblarni ommalashtirish, IT-korxonalar uchun 
institutsional sharoitlarni yaxshilash va ma‘muriy to‗siqlarni kamaytirish; 
ayollarga va nogironligi bo‗lgan shaxslarga raqamli ko‗nikmalarni o‗rgatish 
uchun davlat tomonidan yordam ko‗rsatish; 
maktab va maktabgacha ta‘lim tizimiga raqamli transformatsiya va yangi 
texnologiyalar bo‗yicha innovatsion o‗quv dasturlarini joriy etish; 
elektron xizmatlarga aholi ishonchini shakllantirish va aholining tez 
rivojlanayotgan raqamli imkoniyatlaridan foydalanish yuzasidan zarur ko‗nikmalarni 
shakllantirish bo‗yicha samarali choralarni ko‗rish; 
ijtimoiy tarmoqlardan foydalangan holda, texnologiya hayotiy muhim 
masalalarni hal qilish, o‗qitish, ish qidirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga yordam 
beradigan mavzularda muntazam ravishda ta‘lim kampaniyalarini o‗tkazish; 
odamlarni hukumat va biznes tomonidan taqdim etiladigan raqamli xizmatlardan 
foydalanishga chorlash. 


Download 366,64 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 366,64 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Raqamli texnologiyalar milliy bozorini rivojlantirishning ustuvor

Download 366,64 Kb.
Pdf ko'rish