• Oqituvchi: _____________
  • -bosqich. Yakuniy bosqich




    Download 7,46 Mb.
    bet38/93
    Sana12.02.2024
    Hajmi7,46 Mb.
    #154993
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   93
    Bog'liq
    Axborot texnalogiyalari

    3-bosqich.
    Yakuniy bosqich
    (10 daq.)

    Mashg‘ulot yakuni

    1. Faol ishtirok etgan o‘quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi va rag‘batlantiradi

    Uyga vazifa berilishi:

    1. Kelgusi mashg’ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo’riqnoma beradi

    Baholari bilan tanishadilar


    Topshiriqni yozib oladilar



    O'qituvchi: _____________

    N.Xursanova













    (imzo)







    Tayanch so‘z va iboralar: EHM, BESM-6, YeS EHM, IBM


    kompyuterlar, MAKINТOSh, Intel 8088, 80284, 80386SX, 80386, lbrus-2 
    EHM, IBM PC klaviaturasi. 
    Informatika — bu axborotning nafaqat umumiy xususiyatlari, balki unga vtomatlashtirilgan ishlov berishning uslublari, jarayonlari va texnik vositalarini o‘rganuvchi fandir. Avtomatlashtirilgan ishlov berish jarayonlarining asosini axborotni yig‘ish, talqin qilish, saqlash, qayta ishlash va uzatish tashkil qiladi. Bu jarayonlar hisoblash texnikasi, jumladan, EHMlar yordamida amalga oshiriladi.O‘tgan asrning 40-yillaridan boshlab universal EHMlarning davri boshlandi desa bo‘ladi. 
    Ularning taraqqiyotini avlodlarga bo‘lib o‘rganish tajribasi keng qo‘llanib kelingan. Ayni paytda EHMda qo‘llanilgan radiotexnik elementlar bazasi hamda dasturiy ta’minoti kabi tasnif belgilari bo‘yicha avlodlarga ajratishdan ham foydalanilgan. Lekin yana bir tasnif belgisi — EHMning arxitekturasidagi farqiga qarab ham u yoki bu avlodga ajratish maqsadga muvofiqdir. Bunga oid gapni «bazaviy EHM»ning 
    arxitekturasi, ya’ni abstrakt modelidan boshlaymiz.Ushbu EHM tarkibidagi arifmetik — mantiqiy, 
    boshqarish, xotira, axborotni kiritish va chiqarish kabi qurilmalar uning arxitekturasini tashkil etadilar.Universal EHMlar arxitekturasiga qarab quyidagilarga bo‘linadi:Birinchi avlod 
    EHMlari — bu tarkibida tezkor xotira qurilmasi ham bor bo‘lgan «bazaviy EHM»dir.Ikkinchi avlod EHMlari — bu birinchi avlod mashinasidan tarkibida tashqi xotira qurilmasi ham borligi bilan farq 
    qiladi; Uchinchi avlod EHMlari — bu ikkinchi avlod mashinasidan tarkibida axborot almashuv qurilmasi(kanal) ham borligi bilan farq qiladi. Kanal tezkor xotira bilan EHMning tashqi qurilmalari orasida axborot almashuviga imkon beradi. Shu tufayli ko‘p dasturli (bir 
    vaqtning o‘zida, misol uchun, axborotni chop etish, musiqani ijro etish, ma’lumotlarni kiritish va hokazo) rejimni amalga oshirish mumkin bo‘ladi. BESM-6, YeS EHM va boshqalar uchinchi avlod mashinalari 
    sirasiga kiradi.Тo‘rtinchi avlod EHMlari — bu uchinchi avlod mashinasidan tarkibida xar biri parallel
    ravishda ishlay oladigan ikki va undan ko‘p protsessorlar borligi bilan farq qiladi. Cheget, Elbrus-2 kabi 
    EHMlar to‘rtinchi avlodga mansub. O‘z vaqtida Тoshkentdagi «Algoritm» zavodida ishlab chiqarilishi mo‘ljallangan Elbrus-2 EHM tarkibida xar biri sekundiga 1 mln amaliyotlarni bajarish imkoniyatiga 
    ega bo‘lgan 10 ta protsessor bor.Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, o‘quv muassasalaridagi eng zamonaviy shaxsiy kompyuterlar ham bitta protsessorli bo‘lgani tufayli uchinchi avlodga mansub. Ayni paytda 
    ayrim idoralar kuchli serverlar (ikki va undan ko‘p protsessorlarga ega bo‘lgan, 
    ya’ni to‘rtinchi avlod kompyuterlari)dan foydalanmoqdalar.Beshinchi avlod EHMlari — bu to‘rtinchi avlod mashinasidan tarkibida intellektual interfeys (bilimlar bazasi, masalalarni avtomatik ravishda yechishning dasturiy ta’minoti va muloqot protsessori borligi bilan farq qiluvchi, universal sun`iy tafakkur 
    mashinalaridir. Universial EHMlarning rivojlanish tarixida alohida o‘rinni kompyuterlar egallab kelmoqdalar. Kompyuterlar davri 1971 yilda AQShda mikroprotsessor kashf etilgandan boshlangan desa bo‘ladi. Kompyuterlarni ishlab chiqarish avvaliga asosan APPLE firmasi, keyinchalik (1984y.) esa, IBM firmasi maxsulotlari hisobiga kengayib bordi.Hozirda APPLE firmasi «MAKINТOSh» rusumdagi kompyuterlari bilan, ayniqsa, AQShning o‘zida tanilgan bo‘lsa, IBM kompyuterlari 
    dunyoda keng tarqalgan. Shu sababli aynan IBM kompyuterlarining 
    arxitekturasi va asosiy qurilmalari ustida to‘xtalib o‘tamiz.Kompyuterning arxitekturasini quyidagicha tasvirlash mumkin: Kompyuterning asosiy qurilmalari quyidagilar: sistemali blok, monitor va 
    klaviatura (sichqoncha bilan).Markaziy protsessorKiritish – chiqarish kanallariKontrollerlarTashqi xotira qurilmalariTashqi kiritish-chiqarish qurilmalari Sistemali blokda markaziy protsessor, operativ (tezkor) 
    xotira, qattiq disk, kontrollerlar, disketalar va lazerli kompakt disklar bilan ishlash uchun qurilmalar va boshqalar joylashadi. Markaziy protsessor. Kompyuterning eng muhim qismini markaziy protsessor
    (ya’ni protsessor va boshqaruv qurilmasi) tashkil etadi. Dastur yordamida berilgan ma’lumotlarni o‘zgartiradigan, hamma hisoblash jarayonlarini boshqaradigan hamda hisoblash ishlariga tegishli 
    moslamalarning o‘zaro aloqasini o‘rnatadigan qurilma — protsessor deb ataladi.
    Arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish, xotiraga murojaat qilish, dasturdagi ko‘rsatmalarning berilgan ketma-ketlikda bajarilishini boshqarish va boshqa amallar protsessor zimmasidadir. Bir so‘z bilan 
    aytganda, protsessor kompyuterning barcha ishini boshqaradi va barcha ko‘rsatmalarini bajaradi. Mikroprotsessor. IBM rusumli kompyuterlarda protsessor sifatida odatda Intel firmasi yoki unga 
    muvofiq boshqa firmalarning mikroprotsessorlari o‘rnatiladi. Kompyuterlar mikroprotsessor turlari bilan farqlanadi.Mikroprotsessorlarning Intel 8088, 80284, 80386SX, 80386, kabi turlari ma’lum.1993 yildan boshlab Intel firmasi Pentium mikroprotsessorlarini ishlab chiqarib, IBM kompyuterlariga o‘rnatmoqda. Operativ xotira. Operativ xotira o‘zida kompyuterda ishlatilayotgan dasturlar va ma’lumotlarni saqlaydi.
    Ma’lumotlar doimiy xotiradan operativ xotiraga ko‘chiriladi, olingan natijalar zarur holda 
    diskka qayta yoziladi. Kompyuter o‘chirilishi bilan operativ xotiradagi ma’lumotlar o‘chiriladi.Diskli jamlagichlar. Ma’lumotlarni saqlash, hujjatlarni va dasturlarni bir joydan ikkinchi joyga olib o‘tish, bir 
    kompyuterdan ikkinchisiga o‘tkazish kompyuter bilan ishlagandafoydalanadigan axborotni doimiy 
    saqlash uchun disklardagi jamlagichlar ishlatiladi.Ular ikki turda bo‘lib, egiluvchan disklar (disketalar) va qattiq disklardagi jamlagichlar (vinchesterlar) deb ataladi. Kompyuterda qattiq diskning mavjudligi u bilan ishlashda qulaylikni oshiradi. Foydalanuvchi uchun qattiq diskdagi jamlagichlar bir-biridan, ya’ni diskka qancha axborot sig‘ishi bilan farq qiladi. Hozirgi paytda kompyuterlar asosan sig‘imi 20 Gbayt va undan ko‘p bo‘lgan vinchesterlarz bilan jihozlanmoqda. Fayl serverlar nafaqat katta sig‘imli, balki tezkor
    bo‘lgan bir nechta vinchesterlar bilan jihozlanishi mumkin.
    Diskning ish tezligi ikki ko‘rsatkich bilan aniqlanadi:
    1. Diskning sekundiga aylanishlar soni. 
    2. Diskdan ma’lumotlarni o‘qish va unga ma’lumotlar yozish tezligi.Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ma’lumotlarga kirish vaqti va o‘qish-yozish tezligi faqat diskovodning o‘zigagina bog‘liq emas, balki 
    disk bilan axborot almashish kanali parametrlariga, disk kontrolerining turi va kompyuter 
    mikroprotsessorining tezligiga ham bog‘liq.Kontrolerlar (maxsus elektron sxemalar) kompyuter tarkibiga 
    kiruvchi turli qurilmalar (monitor, klaviatura va boshqalar) ishini boshqaradi.Kiritish-chiqarish portlari orqali protsessor tashqi qurilmalar bilan ma’lumot almashadi. Ichki qurilmalar bilan ma’lumot almashuvi uchun maxsus portlar hamda umumiy portlar mavjud.Umumiy portlarga printer, «sichqoncha» ulanishi mumkin. Umumiy portlar 2 xil bo‘ladi: parallel — LPT1—LPT4 deb belgilanadi va ketma-ket — COM1—OM3.Parallel portlar kirish-chiqishni ketma-ket portlarga nisbatan tezroq bajaradi.
    Monitorlar. Kompyuter monitori (displey) ekranga matnli va grafik axborotni chiqarishga mo‘ljallangan. Monitorlar monoxrom yoki rangli bo‘lib, matnli hamda grafik xolatlarda ishlashi mumkin.Matn xolatida 
    monitor ekrani shartli ravishda aloxida belgi o‘rinlariga (ko‘pincha 80 ta belgili 25 ta satrga) bo‘linadi. Har bir o‘ringa 256 ta belgidan biri kiritilishi mumkin. Bu belgilar qatoriga katta va kichik lotin alifbosi 
    xarflari, raqamlar, tinish belgilari, psevdografikramzlar va boshqalar kiradi. Ranglimatnlarda har bir belgi o‘rnigao‘zining va fonning rangi moskelishi mumkin. Bu esa chiroylirangli yozuvlarni ekranga 
    chiqarishimkonini beradi. Grafik holat ekranga grafiklar, rasmlar va boshqalarni chiqarishga mo‘ljallangan. Bu xolatda axborotlarni turli yozuvli matnlar shaklida ham chiqarish mumkin. Yozuvlar 
    ixtiyoriy shrift, o‘lcham, interval va boshqalarga ega bo‘lishi mumkin.Grafik holatda ekran yoritilgan va yoritilmagan nuqtalardan iborat bo‘ladi. Har bir nuqta monoxrom monitorlarda qoraroq yoki yorug‘roq, rangli monitorlarda esa, bir yoki bir necha rangda bo‘lishi mumkin. Ekrandagi nuqtalar soni berilgan holatdagi monitorning xal etish qobiliyatiga bog‘liq. Shuni ta’kidlash lozimki, xal etish 
    qobiliyati monitor ekranining o‘lchamlariga ham bog‘liq.IBM rusumidagi kompyuterlarda so‘nggi 
    paytlarda kerakli sifatga ega bo‘lgan tasvirni hosil qilish imkonini beruvchi SVGA va suyuq kristalli (LCD) monitorlari qo‘llanilmoqda. Klaviatura. IBM PC klaviaturasi foydalanuvchi tomonidan ma’lumotlarni va boshqaruv buyruqlarini kompyuterga kiritishga mo‘ljallangan qurilmadir. Klaviaturaning umumiy ko‘rinishi undagi tugmachalar soni va joylanishiga qarab turli xil kompyuterlarda farq qilishi mumkin, lekin ularning vazifasi o‘zgarmaydi. Sichqoncha va trekbol. Sichqoncha va trekbol kompyuterga axborotni kiritishning koordinatali qurilmalari hisoblanadi. Ular klaviaturaning o‘rnini to‘laligicha almashtira olmaydi. Bu qurilmalar asosan ikki yoki uchta boshqaruv tugmachasiga ega.Sichqonchani ulanishining 
    uch usulini ko‘rsatish mumkin. Eng ko‘p tarqalgan usul ketma-ket port orqali ulanishdir. Shinali interfeyslisichqonchalar kamroq tarqalgan. Ularni ulash uchunmaxsus interfeys 
    yoki «sichqoncha»porti kerak bo‘ladi. Uchinchiko‘rinishdagi ulanish PS/2 stilidagisichqonchalarda amalga oshirilgan.Hozirgi kunda ular portativ kompyuter-larda ishlatilmoqda.
    Тrekbol — «ag‘darilgan» sichqonchani eslatuvchi qurilmadir 
    Тrekbol — «ag‘darilgan» sichqonchani eslatuvchi qurilmadir. Тrekbolda uning korpusi emas, balki sharcha xarakatga keltiriladi. Bu esa kursorni boshqarish aniqligini sezilarli ravishda oshirishga imkon beradi. Shu bois trekbolga ega bo‘lgan sichqonchalarga qiziqish ortib bormoqda.

    Download 7,46 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   93




    Download 7,46 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -bosqich. Yakuniy bosqich

    Download 7,46 Mb.