Fan va ta’lim integratsiyasida innovatsion faoliyat adilova Munisa Furkatovna




Download 339,65 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana06.06.2024
Hajmi339,65 Kb.
#260885
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-сон-7-14

Key words:
educational space, innovation, integration, educational practice, 
continuous education, innovative project; criteria for evaluating innovations, objects of 
pedagogical creativity. 


“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325 

https://ilmfanvatalim.uz/
 

№ 2
~ 8 ~ 
KIRISH: 
Ma’lumki, fan va texnika jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan bugungi 
kunda ko’plab ilmiy bilimlar, tushuncha va tasavvurlar hajmi keskin ortib bormoqda. 
Bu, bir tomondan, fantexnikaning yangi soha va bo’limlarining taraqqiy etishi tufayli 
uning differentsiallashuvini ta’minlayotgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, fanlar orasida 
integratsiya jarayonini vujudga keltirmoqda. Bunday sharoitda, yuqori malakali 
pedagoglarga bo’lgan talablar ortib borib, barkamol avlodni asrlar davomida 
shakllanib kelgan umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash layoqatiga ega, 
fanning fundamental asoslarini, pedagogika va psixologiya metodlarini mukammal 
egallagan, kasbiy tayyorgarligi yuksak darajada bo’lgan hamda zamonaviy pedagogik 
va axborot texnologiyalarini amaliyotda qo’llash ko’nikma va malakasiga ega ijodkor 
pedagoglarni tayyorlash talab etiladi. 
Fan va ta’lim integratsiyasi, shuningdek, nazariya va amaliyotning uyg’unligi 
muammolari doimo dolzarb bo’lib kelgan. Shubhasiz, integratsiya yangi sifat bilan 
tavsiflangan uyg’unlashuv asosida bir butunlikni yaratishning tarkibiy qismlarini 
boyitishga olib keladi. 
O’zbekiston o’z iqtisodiyotini rivojlantirishning innovatsion paradigmasiga o’tish 
davrida fan va ta’limning integratsiyasiga alohida qiziqish uyg’otdi. Chunki 
jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishining mazkur tarkibiy qismlari integratsiyasi 
mamlakatning innovatsion rivojlanishida muhim bo’lgan bo’g’in: 
ta’lim - tadqiqot - 
venchur loyihalar - innovatsiyalarni ommaviy rivojlantirish
xavfsizligini ta’minlash 
muammosini hal qilishi mumkin. Bular albatta O’zbekiston iqtisodiyotining orqada 
qolishining oldini olishi bilan birga, innovatsion iqtisodiyot va axborot 
sivilizatsiyasining asosiy xususiyatlarini ta’lim sohasida amalga oshirishga yordam 
berishi uchun mo’ljallangan [1]. 
Shuni alohida ta’kidlash joizki, fan va ta’lim integratsiyasi, uning amaliy 
yo’nalishlarini hisobga olgan holda, nazariy-uslubiy asoslari hamda amalga oshirish 
shart-sharoitlarini anglash bilangina kafolatlangan ijobiy samara beradi [2]. Bunda 
aynan integratsiyaning kutilayotgan muvaffaqiyati uchun zarur shart-sharoitlarni 
tushunmaslik, balki fan va ta’lim o’rtasidagi aniq va maxsus dalillarni talab qilmasa-
da uni etarlicha baholay olmaslik, shuningdek, ko’plab tadqiqotchi va etakchi olimlar 
ta’lim tizimiga muntazam ravishda ilmiy mahsulotlarni joriy etish darajasining etarli 
emasligini ta’kidlaydilar. 
Mana shunday qarama-qarshiliklarni biz ob’ektiv ravishda quyidagi holatlarda: 
• psixologiya va pedagogika fanlari bilan ta’lim o’rtasidagi bog’liqlik va ushbu 
fanlar yutuqlarini o’quv amaliyotiga joriy etish mexanizmlarining nomukammalligida; 
• tadqiqotlar natijasida yaratilgan ilmiy mahsulotlarni ta’lim jarayonining tarkibiy 
qismlariga joriy etish va shuningdek, ilmiy natijalarni o’quv amaliyoti ob’ektlariga 
aylantirish zarurati mavjud bo’lgan sharoitlarda esa ilmiy-metodik vositalarning etarli 
emasligida ko’rishimiz mumkin. 


“Ilm-fan va ta’lim” ilmiy jurnali
2181-4325 

https://ilmfanvatalim.uz/
 

№ 2
~ 9 ~ 
Biroq shunga qaramasdan, ushbu qarama-qarshiliklarni ijtimoiy-iqtisodiy 
tizimning zaruriy bo’g’ini bo’lgan ta’limning innovatsion faoliyatida hal qilishimiz 
ham mumkin. Ya’ni psixologiya va pedagogika fanlari bilan ta’lim amaliyotini 
integratsiyalash mexanizmini ishlab chiqish orqali ijtimoiy-iqtisodiy sohada, shu 
jumladan ta’limda integratsiyalashuv jarayonining muvaffaqiyatli innovatsion 
o’zgarishlar natijasiga erishish mumkin [3]. 

Download 339,65 Kb.
1   2   3   4   5




Download 339,65 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fan va ta’lim integratsiyasida innovatsion faoliyat adilova Munisa Furkatovna

Download 339,65 Kb.
Pdf ko'rish