CHO‘KKANDA BIRINCHI TIBBIY YORDAM




Download 115,63 Kb.
bet7/9
Sana19.05.2024
Hajmi115,63 Kb.
#244245
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
dior.HHM2

CHO‘KKANDA BIRINCHI TIBBIY YORDAM.
Cho‘kish suv havzalarida cho‘milish vaqtida yoki to‘satdan suvga tushib ketganda sodir bo‘ladi. Cho‘kayotgan odamni bir daqiqadan so‘ng 90 %; 6-7 daqiqadan so‘ng faqatgina 1-3 % qutqarish mumkin. Cho‘kishni bir nechta turlari farqlanadi.
1. Haqiqiy cho‘kish - o‘pka va nafas yo‘llari suv to‘ladi, odam hayot uchun kurashadi va talvasali harakat qilib, suvni tortadi va suv o‘z navbatida havo kirishiga halaqit qiladi. Cho‘kayotgan odamning terisi ko‘kargan bo‘lib, og‘iz va burundan ko‘pik keladi; agar odam suv tagida 3-6 daqiqadan ko‘p qolib ketmasa, jonlantirish choralari muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin.
2. Quruq cho‘kish - ovoz yorig‘i spazmi tufayli suv o‘pkaga kirmaydi, teri ko‘karishi kam, hushdan ketishi kuzatiladi, cho‘kayotgan odam shu zahoti suv tubiga tushadi.
3. Sinkopal cho‘kish-to‘satdan nafas olishi va yurak urishi to‘xtashi o‘limga olib keladi. Bunda cho‘kayotgan odam terisi oqaradi.
Quruq va sinkopal cho‘kishda, odam suv tubida 10-20 daqiqadan ortiq bo‘lsa, jonlantirish choralari muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin.
Eslatma. Sovuq suvda cho‘kayotganda himoya qiluvchi gipotermiya effekti paydo bo‘ladi va jonlantirish choralarini suv tubida 20 daqiqa davomida qolib ketgandan keyin ham o‘tkazish mumkin.
Cho‘kayotgan odamni qutqarib, qirg‘oqqa olib chiqiladi va birinchi yordam beriladi. Agar shikastlangan odam hushdan ketmagan bo‘lsa, pulsi qoniqarli va nafas olishi saqlangan bo‘lsa, uni tekis, quruq qattiq joyga yotqiziladi, boshi past bo‘lishi lozim, kiyimlari yechiladi, qo‘l yoki sochiq bilan ishqalanadi. Issiq ichimlik beriladi va issiq matoga o‘raladi.
Agar jabrlanuvchi hushsiz bo‘lib, pulsi va nafas olishi saqlangan bo‘lsa, boshi orqaga qilinadi, pastki jag‘i oldinga tortiladi, so‘ng uni boshi past qilib yotqizilib, barmoqlar bilan og‘iz bo‘shlig‘ini loydan, qusuq massalaridan tozalash kerak, uni ishqalab, artib isitiladi. Jabrlanuvchi hushdan ketganda, mustaqil nafas olmaganda, lekin yurak faoliyati saqlanib, nafas yo‘llarini tozalash choralari o‘tkazilgandan so‘ng, tezlikda sun’iy nafas berishni boshlash kerak.
Jabrlanuvchi nafas olmaganda va yurak faoliyati kuzatilmaganda sun’iy nafas berishni yurak massaji bilan birga o‘tkazish lozim. Oldin nafas yo‘llaridan suvni chiqarib tashlash kerak, buning uchun uni qorni bilan tizza bo‘g‘imida bukilgan oyog‘i soniga yotqiziladi kuraklar orasiga bosiladi. Bu muolajalar 15-16 sekunddan oshmasligi kerak, chunki sun’iy nafas o‘z vaqtida berilishi kerak. Yana bir usulda qutqaruvchi bemorning tosidan quchoqlab ko‘taradi, bunda bemorning boshi pastroqda qolishi kerak. Kuraklar o‘rtasiga kafti bilan 2-3 marta uradi. Cho‘kkanda o‘pka sun’iy ventilyatsiyasi imkon darajada tezroq boshlanishi zarur.
O‘pka sun’iy ventilyatsiyasi quyidagi ketma-ketlikda bajariladi:
a) suzish vositasi cho‘kayotgan kishining orqa tomonidan keladi, chap qo‘l bilan chap yelka, qo‘ltiq osti chuqurchasi quchib olinadi, cho‘kayotgan odam qayiq bortiga tortiladi va taqaladi;
b) chap qo‘l bilan iyakdan ushlanadi, pastki jag‘ bir oz oldinga tortiladi, bosh orqaga tashlanadi, bemorning yoki burni mahkam yopiladi, “og‘izdan-burunga” usulida sun’iy nafas beriladi.
Ayrim hollarda tomoq bo‘g‘ilib qolishi natijasida cho‘kkan kishining o‘pkasiga suv kirmagan bo‘lishi mumkin: nafas olish sezilmaydi, lekin yurak hali ishlab turadi. Bunday hollarda, odam suv ostida yarim soatdan ortiq qolib ketgan bo‘lsa ham, hayotni saqlab qolish mumkin.
Sun’iy nafas va yurak tashqi massaji faqatgina birlamchi tadbirlar hisoblanadi. Har qanday hollarda ham yordam ko‘rsatib bo‘lgandan keyin qutqarilgan kishini davolash muassasiga evakuatsiya qilish zarur.

Download 115,63 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 115,63 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



CHO‘KKANDA BIRINCHI TIBBIY YORDAM

Download 115,63 Kb.