Ko‘krak qafasini teshib kiruvchi jarohatlanish




Download 115,63 Kb.
bet6/9
Sana19.05.2024
Hajmi115,63 Kb.
#244245
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
dior.HHM2

Ko‘krak qafasini teshib kiruvchi jarohatlanish:
a – ochiq pnevmotoraksni chizmasi; b – ko‘krak qafasi jarohati yopib qo‘yilgandan so‘ng yaradorni transportda evakuatsiya qilish holati.
Bunda nafas olganda plevral qatlamga havo kiradi, nafas chiqarilganda esa yaralangan kanal bekilib qoladi va havoning qayta tashqariga chiqib ketishiga to‘sqinlik qiladi. Bunda o‘pkalar bujmayib, to‘liq o‘z holatiga qayta olmaydi, og‘ir nafas olish buzilishi, yurak, umurtqa va ko‘krak qafasi oralig‘i organlarining siljishi kuzatiladi.
Ochiq turdagi pnevmotoraksda havo yaralangan teshikdan hech qanday to‘siqsiz ko‘krak qafasiga kirib chiqadi. O‘pka bujmayib, nafas olishda ishtirok etmaydi. Umurtqa bilan ko‘krak qafasi oralig‘i organlarining mayatnikka o‘xshash tebranishiga olib keladi.
Ochiq va klapanli pnevmotoraks yaralanganlarni juda og‘ir ahvolga olib keladi. Ularda yuzaki nafas olish, teri qoplami va shilliq parda oqarib, rangsiz bo‘lib qolishi kuzatiladi.
Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatuvchi kishi bunday jarohatni germetik bekitishnii, bu xildagi xatarli asoratning oldini olishni yoki uni birmuncha kamaytirishi mumkinligini bilishi kerak. Jang maydonida yarani germetik yopish uchun shaxsiy bog‘lov paketidagi rezina aralashgan g‘ilofning ichki tarafi steril holatda bo‘ladi. G‘ilof bevosita yara teshigiga bostirib qo‘yiladi va ustidan bog‘lam qo‘yiladi. Bunday bog‘lam germetik bog‘lam deyiladi. Ochiq pnevmotoraksni yopishda yopishqoq plastirdan foydalanib, bog‘lam ham qo‘yish mumkin.
Shok holatining oldini olish maqsadida og‘riqsizlantiruvchi dorini o‘z vaqtida yuborish kerak. Jarohatlangan kishi yarim o‘tirgan holatda o‘tqiziladi va boshining ostiga buyumlar qopi yoki kurtka o‘ralib, valik holatidi qo‘yiladi.
Qorin (qorin devori) bo‘shlig‘ining yaralanishi g‘oyat xavfli, hatto unchalik katta bo‘lmagan jarohatlar ham teshib kirgan bo‘lib, qorin bo‘shlig‘i organlari shikastlantirishi mumkin. Bu hol zudlik bilan operatsiya qilishni talab etadigan g‘oyat xatarli asoratlarga, ya’ni ichki qon ketishi va ichakdagi moddalarning qorin bo‘shig‘iga oqib tushib, qorin pardasining yiringli (axlatdan) yallig‘lanishi (peritonit)ga olib keladi.
Qorin pardasi oldingi devoridagi jarohatni tozalashning umumiy qoidalari bo‘yicha tozalanadi. Katta jarohatlarda qorin pardasidagi teshik orqali qorin bo‘shlig‘i organlari, ba’zan shikastlangan organlar tushishi mumkin (eventratsiya). Mazkur jarohat ham aseptik bog‘lam bilan bekitilishi lozim. Tushgan organlarni qorin bo‘shlig‘iga kiritish mumkin emas, bu peritonitga olib keladi.
Jarohat atrofidagi teri tozalangandan so‘ng tushgan organlar shaxsiy bog‘lov paketining yostiqchalari bilan yopiladi va sirkulyar bint bog‘lami bilan bekitiladi. Yarador muskullari orasiga shpris-tyubik yordamida og‘riqsizlantiruvchi vosita yuboriladi.
Qorinning har qanday yaralanishida ichki organlar shikastlanishi mumkinligi sababli, shikastlangan yaradorni ovqatlantirish, suyuqlik ichirish, og‘iz orqali dorilar berish man qilinadi.
Qorni yaralangan yaradorlar gavdasining yuqori qismini balandroq ko‘tarib, oyoqlarini tizzasida bukib yotgan holatda transportirovka qilish lozim. Bunday holat og‘riqni kamaytiradi va qorinning hamma bo‘limlariga yallig‘lanish tarqalishining oldini oladi.

Download 115,63 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 115,63 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ko‘krak qafasini teshib kiruvchi jarohatlanish

Download 115,63 Kb.