• (Geymlix usuli).
  • Yuqori nafas yo‘llariga havo o‘tishini ta’minlash.
  • Yuqori nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligini tiklash




    Download 115,63 Kb.
    bet2/9
    Sana19.05.2024
    Hajmi115,63 Kb.
    #244245
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    dior.HHM2

    Yuqori nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligini tiklash.
    Birinchi yordam. Birinchi navbatda jarohatlanganga yaqinlashgandan keyin ko‘z bilan kuzatilgan vaqtda ko‘krak ekskursiyasi ya’ni nafas olishi bor yo‘qligi kuzatilishi kerak, undan tashqari organizm tashqi ko‘rinishdan hayot belgilari bor yo‘qligi, yurak urish urmasligi, nafas olish olmasligi, muskul tonusi yo‘qligi, ko‘z qorachig‘i yorug‘likni sezgirligi, teri qoplamаsining rangining oqarib yoki ko‘karib ketishi tekshiriladi. Nafas olmayotgan bo‘lsa, sababi ko‘riladi hushsiz holatda yoki yuqori nafas yo‘llarida yot jism borligi aniqlanadi, shunga qarab birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish boshlanadi.
    Yuqori nafas yo‘llarini havo o‘tkazuvchanligini tiklash uchun Safar uchligi amalga oshiriladi: bosh orqaga egiladi, pastki jag‘ oldinga suriladi, og‘iz ochiladi.
    Og‘iz bo‘shlig‘idan va halqumdan nafas yo‘llarini to‘sib turgan shilimshiq moddalar, qon, balg‘am, qusiq massalari, yot jismlar olib tashlanadi (bosh va yelka yon tomonga burilgan holda). Nafas yo‘llaridan qon ketayotgan vaqtda kasal yonbosh holatda yotqiziladi.
    Agarda nafas yo‘llarini o‘tkazuvchanligi yot jismni tushishi oqibatida paydo bo‘lgan bo‘lsa, unda jarohatlanganni bel tomoniga o‘tiladi va uning tanasi orqadan quchoqlab olinadi. Bunda o‘ng (chap) qo‘l musht holatiga keltiriladi va jarhatlangannning qornini yuqori qismi yani to‘sh suyagi xanjarsimon o‘simtasiga qo‘yiladi, ikkinchi chap (o‘ng) qo‘l bilan musht ustidan ushlanadi va bir nechta marta qovurg‘alar ostiga yo‘naltirilgan keskin bosishlar amalga oshiriladi. (Geymlix usuli).
    Bu usulda asosan yuqori nafas yo‘llarida yot jism bor paytida nafas yo‘llarini tiklash maqsadida bajariladi, yot jism chiqqunga qadar bu mashq davom ettiriladi. Yot jism chiqqandan keyin nafas yo‘llarini ochib yurak-o‘pka miya reanimatsiyasini bajarish mumkin.
    Yuqori nafas yo‘llariga havo o‘tishini ta’minlash.
    Jarohatlangan shok yoki xushsiz holatda bo‘lgan davrida organizm tashqi ko‘rinishdan hayot belgilari yo‘qligi, yurak urmasligi, nafas olish, muskul tonusi yo‘qligi, ko‘z qorachig‘i yorug‘likni sezmasligi, teri qoplamisining oqarib yoki ko‘karib ketishi kuzatiladi. Jarohatlangan hayotini saqlab qolish uchun 6-10 daqiqadan kechikmagan vaqtda jonlantirish ishlarini boshlashga ulgurish kerak. Shu davr ichida organizmda qon aylanishi to‘xtagan bo‘lsa ham odatdagi haroratda bosh miya po‘stlog‘i qobig‘i o‘zining hayotiy qobiliyatini saqlagan bo‘ladi.
    Har bir harbiy xizmatchi quyidagi asosiy reanimatsion (organizmni tiriltirishga qaratilgan) chora-tadbirlarni o‘tkazishni bilishi shartdir;
    - o‘pka sun’iy ventilyatsiyasini (sun’iy nafas berish)
    - yurak yopiq massajini o‘tkazishni.
    Bular nafas olish va qon aylanishini tiklashga yordam beradi.
    Klinik o‘lim holatida bo‘lgan jarohatlanganlarni jonlantirish uchun o‘tkaziladigan choralarning birinchi bosqichi sun’iy nafas oldirish hisoblanadi. Bu chorani mustaqil nafas olish to‘xtaganda darhol to‘laqonli yoki so‘nib borayotgan mustaqil nafas olishda boshlash kerak.
    Apparatsiz sun’iy nafas oldirishning eng samarador usullaridan biri ekspirator nafas oldirish hisoblanadi. Bunda havo qutqaruvchi tomonidan jarohatlanganning og‘zi yoki burni orqali o‘pkasiga yuboriladi. Jang olib borish vaqtida dala sharoitida har qanaqa holatlar hamda zaharlovchi moddalar bilan zararlanganda ko‘p kishilarga sun’iy nafas oldirishga to‘g‘ri keladi. Bunday yordam zaharlanish va zararlanish o‘choqlaridan tashqariga olib chiqilgandan keyin bajariladi. Sun’iy nafas oldirish nafas olish butunlay to‘xtab qolganda bajariladi. Sun’iy nafas oldirish kerak bo‘lib qolsa, quyidagi qoidalarga rioya qilinishi shart:
    - jarohatlanganlarni qisib turuvchi yuqori nafas yo‘llari kiyimlaridan ozod qilish, yoqalari ochilib, bel kamari yechilishi lozim;
    - nafas yo‘llarini tozalash (og‘iz bo‘shlig‘idagi shilimshiq, qusuq massalari ko‘rsatgich barmoqqa o‘ralgan tampon yoki doka ro‘mol bilan tozalanadi, yot jismlar olib tashlanadi, tilning orqaga ketib qolishi oldi olinishi) kerak;
    - nafas olish maromiga rioya qilish kerak (bir daqiqada 16-18 marta nafas oldiriladi), sun’iy nafas oldirishni nafas chiqarishdan boshlash kerak;
    - o‘pkaning sun’iy ventilyatsiyasi va yurak massajini (agar yurak to‘xtab qolgan bo‘lsa) uzoq vaqt mobaynida mustaqil nafas olib, yurak faoliyati tiklanguncha qadar bajarilishi lozim.
    Biologik o‘lim alomatlari paydo bo‘lgandagina, yurak hamda o‘pka funksiyasi tiklanmasa, ko‘z qorachig‘i kichramaganda, teri rangi o‘zgarmasa, yurak urishi ya’ni puls paydo bo‘lmasa, qilinayotgan muolajalar effekt bermagandan keyin, yordam ko‘rsatishni to‘xtatish mumkin. O‘pka shishi rivojlangan vaqtda ko‘krak qafasining ochiq pnevmotoraksi rivojlanganda, yot jismlar halqumda turgan vaqtda (olib tashlanmaguncha) sun’iy nafas oldirish muolajalari o‘tkazilmaydi.
    Dala sharoitida nafas olish to‘xtab qolganida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish vaqtida quyidagi usullar bilan sun’iy nafas oldirish mumkin.

    Download 115,63 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 115,63 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yuqori nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligini tiklash

    Download 115,63 Kb.