|
Fanidan Mustaqil ish-2 Mavzu: Yuqori nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligini tiklash
|
bet | 8/9 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 115,63 Kb. | | #244245 |
Bog'liq dior.HHM2KONIKOTOMIYA. Konikotomiya - degani yuqori nafas yo‘lining yot jismlari, o‘simtalarning o‘sib ketishi hamda yuz-jag‘ sohasining jarohatlanishi natijasida nafas yo‘llarining yopilib qolishi natijasida, sun’iy nafas olish yo‘lining hosil qilish uchun qilinadigan muolajaga aytiladi.
Jarrohlik yo‘li bilan hiqildoqni sun’iy nafas olish yo‘lini ochish. Bu asosan kalla suyaklari majag‘langanda, to‘xtovsiz qusish, laringospazm, har xil tutqanoqlar bo‘lgan vaqtda, yuqori nafs yo‘llaridagi o‘smali kasalliklar natijasida havo yo‘llarining yopilib qolishi, yuqori nafas yo‘llaridagi yot jismlar olib tashlashning iloji bo‘lmaganida bu muolaja o‘tkaziladi.
Konikotomiya operatsiyasi o‘tkazish uchun kerak bo‘lgan jarroxlik asboblari: skalpel, kengaytirgich, traxeostomik ilgak, obturator, 10,0 ml shpris, traxeostomik trubka, fiksatsiya qilish uchun marlili bint yoki leykoplastir, ambu qopchasi va steril bint, tampon va boshqalar.
Konikotomiya qilish bosqichlari, birinchi bo‘lib kekirdakni ushlab, uning joylashgan joyini aniqlash kerak. Paypaslaganda qalqonsimon bezini paypaslab, pastki qismini aniqlab olish kerak. Kekirdak halqasimon bo‘lganligi sababli uni mahkam qilib chap qo‘lda ushlash lozim.
Ushlagandan keyin shu kekirdak usti terisi 3-5 sm oralig‘ida halqasiga qarama-qarshi kesim o‘tkaziladi. Undan keyin kekirdakni halqaning yo‘li bo‘ylab oldindan kesim qilinib, ichiga ilgak kirgizilib, yonida turgan yordamchiga ushlab turish uchun beriladi. O‘sha vaqtda o‘pkadan chuqur nafas chiqadi.
Bu mavzuga xulosa qilib turib, chet el mamlakatlar armiyasi tibbiyotidagi adabiyotlardan olingan tibbiy yordam ko‘rsatish metodlarini aytib o‘tish joiz. Nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini tiklash mavzusida to‘xtalaladigan bo‘lsak xorijiy tibbiyot adabiyotlarida organizmning qon bilan 6 minut ichida ta’minlanmaligi bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘ining o‘limiga olib kelishi mumkinligi aytib o‘tilgan, ya’ni qon tomirlar orqali kislorodga to‘yingan qonning miyaga bormasligi. Bunga asosiy sabablardan biri nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligining buzilishi sabab bo‘lishi mumkin.
Bu holatda asosan birinchi tibbiy yordam ko‘ratishda jarohatilanganning shok holatida bo‘lishi ko‘p kuzatilishi mumkin, jarohatlangan shok holatida bo‘lib, nima bo‘layotganini anglamaydigan holda, nafas olishi to‘xtashi kuzatilishi mumkin. Shunda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishlardan bo‘lib, jarohatlangan o‘zi nafas olayotganligini eshitish zarur. Bunda quloq orqali eshitish yoki paxtani og‘iz yoki burun bo‘shlig‘iga keltirilganm vaqtda qimirlashini ko‘rish bilan aniqlansa bo‘ladi. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish vaqtida birinchi navbatda nafas yo‘llarini ochiqligini tekshirib ko‘rish lozimligini har bir harbiy xizmatchilarga yetkazish lozim, hamda jarohatlanganlarni chap yoki o‘ng yonboshga olinishi zarur.
1. Ko‘p holatlardagi nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini yopilib qolishiga sabablardan:
- til ildizining orqaga ketib qolishi natijasida nafas yo‘lini yopib qo‘yishi ko‘p hollarda kuzatiladi. Bu holat ko‘pincha jarohatlanganlarni shok yoki kolaps holatlaridla kuzatiladi;
- yuqori jag‘ning yoki og‘iz bo‘shlig‘ining jarohatlanishi natijasida qon lahtalarining yuqori nafas olish yo‘llarida to‘planib qolishi;
- qusiq massalarining og‘iz bo‘shlig‘ida to‘planishi;
- yuqori nafas yo‘llarida tish protezlarining tushib qolishi;
- yuqori nafas yo‘llarining o‘smali kasalliklari;
- yuqori nafas yo‘llarida saqich hamda konfetlarning tushib qolishi va boshqalar bo‘lishi mumkin.
2. Yuqori nafas yo‘llarining tiqilib qolishi va nafas olishining buzilishi quyidagi holatlarga olib kelishi mumkin:
- bosh miyaning aylanishi, nafas olishning to‘xtashi, umumiy behollikga;
- yuz terisi hamda lablarning ko‘karishiga;
- bo‘yin venalarining shishiga;
- qon tomirlaridagi pulsning oshib ketishiga.
3. bu holatning uzoq cho‘zilishi juda og‘ir holatlarga olib kelishi hamda bemorning:
- xushdan ketishiga;
- yuz terisi, lablar hamda butun tananing rangining ko‘karib ketishiga;
4. Shu vaqtda yuqori nafas olish yo‘llarining ochilishi birinchi vazifa ekanligini har bir harbiy xizmatchiga yetkazilishi lozim:
Birinchi yordam:
- zudlik bilan jarohatlanganni chap yoki o‘ng yonboshga olish zarur, jarohatlangan yuzasi yuqorida bo‘lishi lozim;
- ko‘rsatgich barmoq bilan, ustida mato bilan o‘ralgan holda yuqori nafas olish yo‘llari yot jismlar, ovqat qoldiqlari, qon lahtalari va boshqa narsalardan tozalanishi zarur;
- undan keyin tilni tashqariga tortib turib, til ildizini yuqori nafas olish yo‘lini yopishini oldini olgan bo‘lamiz;
- kerak bo‘lgan vaqtda yurak o‘pka reanimatsiyasini (YuO‘R) o‘tkazish lozim.
5. jang maydonida harakatlarning umumiy tamoyillari quyidagi ko‘rinishda shakllantirilishi mumkin:
- birinchi tibbiy yordamm ko‘rsatish mazmun mohiyatlari quyidagilardan iborat:
- insonni hayotini qutqarib qolish;
- umumiy ahvolini yomonlashuvini oldini olish;
- tez tibbiy yordam ko‘rsatib, yaqinda joylashgan tibbiy muassasa yoki tibbiyot punktlariga evakuatsiya qilish.
6. Effektiv tibbiy yordam ko‘rsatish uchun paramedik quyidagilarga majburdir:
- tinchlikni saqlashi lozim;
- mantiqan to‘g‘ri, sog‘lom fikrlay olishi lozim;
- jarohatlanganga oxir oqibati yaxshi bo‘lishini tushuntirib ongiga singdirishi lozim.
7. eslatma, tibbiy yordam ko‘rsatgan vaqtda quyidagilarga majburdir:
- Ko‘rish kerak (smotret). Jang maydonida tibbiy yordam ko‘rsatayotgan vaqtda tibbiy yordamga birinchilardan muhtojga ko‘rsatilayotganligiga ishnch hosil qilish kerak;
- O‘ylash kerak (dumat). Nima qilayotganligini hamda har bir ishni o‘zining ketma ketligiga e’tibor bergan holda bajarilishi.
- Harakat (deystvovat). Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni tez va vohima va tinchlik saqlangan holda bajarish. Bularni hammasini bajarish vaqtida asosiy e’tiborni:
- asosiy qonuniyatlarga asoslangan holda taktib tibbiyotning quyidagi qonuniyatlari ya’ni “oltin soat” yoki “briliant 10 minut” qonuniyatlariga alohida e’tibor berilishi lozim. Jarohatlanganlarga qancha erta tibbiy yordam ko‘rsatilsa shunchalik hayotini saqlab qolish foizi oshishi kuzatiladi, hamda asoratlarining kamayishiga sabab bo‘ladi;
- jang maydonida o‘z-o‘ziga va o‘zaro birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilishi qanchalik erta hamda to‘liq ko‘rsatilishi hayotni saqlashiga o‘z xissasini qo‘shgan bo‘ladi.
Jarohatlanganlarga jang maydonida optimal birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishning quyidagi algoritm variantlari foydalanish joiz:
-jang maydonidagi vaziyatni baholash, ya’ni o‘ziga jarohat yetkazilishini oldini olish, o‘sha joyda jarohatlanish foizi ko‘p bo‘lgan bo‘lsa, yoki o‘q yomg‘iri ostida tibbiy yordam ko‘rsatishning iloji bo‘lmaganda jarohatlanganni pana joyga olib o‘tish zarur;
- jang maydonidagi holatni baholash hamda jarohatlanganga xavf tug‘dirishini oldini olish. Bunda jarohatlangan minalar bor joyda bo‘lsa, yoki dushmanlar tomonidan ommaviy qirg‘in qurollari qo‘llangan vaqtda yordam ko‘rsatishi yoki saperlarni chaqirishi hamda o‘sha joydan olib qishiga yordam berishi lozim;
- jarohatlanganning ahvolini baholash, birinchi navbatda hayotiy muhim a’zolar funksiyasini tekshirish. Jarohatlangan o‘lgan yoki tirikligini aniqlash:
- yuziga qo‘l bilan urib, xushidaligini aniqlash,
- uyqu arteriyasida puls borligini barmoq bilan tekshirish,
- o‘pkadan nafas olayoiganligini quloqda ko‘krak qafasini eshitish,
- ko‘z qorachig‘in ko‘rish, katta kichikligini. Ko‘z qorachig‘i chiroqqa sezgirligini aniqlash kerak, sezmagan taqdirda bemor hushsiz holatdaligi haqida axborot hisoblanadi,
- jarohatlangan shok holatida bo‘ladigan bo‘lsa, shokning kanaqaligini aniqlash, sababini aniqlab odini olish zarur;
- jarohatlanganlarni jang maydonidan ya’ni o‘q yomg‘iri ostidan yaqin joylashgan blindaj yoki pana joyga olib chiqish;
- jarohatlangan hushida bo‘lsa, mushak orasiga og‘riqsizlantiruvchi shpris-tyubikdan suyuqlik yuborish;
|
| |