|
Kallistov usulida sun’iy nafas oldirish
|
bet | 5/9 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 115,63 Kb. | | #244245 |
Bog'liq dior.HHM2Kallistov usulida sun’iy nafas oldirish. Jarohatlangan kishi qorni bilan yotqiziladi va ikki qo‘li oldinga uzatib qo‘yiladi. Boshi yon tomonga buriladi. Lenta yoki kamar chambarak qilib, kurakdan o‘tkaziladi. Yordam ko‘rsatuvchi kishi jarohatlangan kishining bosh tomonida turib, lenta yoki kamar yordamida yerdan 5-6 sm yuqoriga ko‘taradi. Bunday holatda ko‘krak qafasiga havo kiradi (kishi nafas oladi). Keyinchalik jarohatlangan kishi yerga tushiriladi. Bunday holatda gavda og‘irligi ostida ko‘krak qafasidan havo chiqariladi (kishi nafas chiqaradi). Bu bir daqiqada 16-18 marta takrorlanadi. Mazkur usul jarohatlangan kishilarning qo‘l panja, bilak va qovurg‘alari sinmagan yoki shikastlanmagan holda o‘tkazilganda yaxshi natija beradi.
Shefer usulida sun’iy nafas oldirish. Jarohatlangan kishi qorni bilan yotqiziladi va uning boshi yon tomonga burib qo‘yiladi. Yordam beruvchi zaharlanganning oyoqlari orasiga cho‘kkalab o‘tiradi va engashib, ko‘krak qafasining pastki qismini qo‘l panjalari bilan bosadi. Bunda nafas chiqariladi, yordam ko‘rsatuvchi kishi qaddini ko‘taradi, shuningdek, qo‘llar jarohatlangan kishining orqasidan uzilmay turib, bosish to‘xtatiladi. Bunda ko‘krak qafasi kengayadi, o‘pkaga havo kiradi, ya’ni nafas olinadi. Nafas olish harakatlari daqiqasiga 16-18 marta takrorlanadi. Ushbu usul qo‘llar singanda qo‘llanilishi mumkin.
K o‘krak qafasiga shaxsiy bog‘lov paketidan foydalanib okklyuzion bog‘lam qo‘yish. Ko‘krak qafasini teshib kirgan yaralanishlar (muhim organlarga shikast yetmagan bo‘lsa ham) hayot uchun xavfli bo‘ladi. Bunday yaralanishda o‘pkani o‘rab turuvchi parda - plevra jarohatlanadi, plevral bo‘shliqqa havo kiradi, natijada jarohatlangan tomonda o‘pka bujmayib, shu o‘pkaning nafas harakati to‘xtaydi. Yaradorning ahvoli og‘irlashadi. Ularda yuzaki nafas olish, teri qoplami va shilliq parda oqarib, rangsiz bo‘lib qolishi kuzatiladi.
Bunday vaziyatlarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatuvchi jarohatni zudlik bilan germetik (zich) berkitishi xatarli asoratning oldini olishi yoki uni birmuncha kamaytirishi mumkinligini bilishi kerak hamda shunga ko‘ra o‘zining harakatlarini amalga oshirishi zarur. Jarohatlangan kishi yarim o‘tirgan holatda o‘tqiziladi. Jang maydonida shaxsiy bog‘lov paketining rezinali g‘ilofi ichki steril tarafi bilan yarani germetik (zich) yopish imkoni mavjud.
Bunda shaxsiy bog‘lov paketi kesik joyidan ikki qo‘l bilan yirtilib ochilgach, rezinali g‘ilofni jarohatga qo‘yiladigan tomoniga qo‘lni tekkizmasdan ehtiyotkorlik bilan bevosita yara teshigiga bostirib qo‘yiladi. Yara teshigiga qo‘yilgan rezinali g‘ilof ustidan esa paket ichidagi steril paxta-dokali yostiqchalardan biri qo‘yiladi.
Paketdagi bint o‘rami vositasida ko‘krak qafasi bo‘ylab bir necha o‘ram (tur) aylantirilib bog‘lam qo‘yiladi va to‘g‘nog‘ich bilan mahkamlanadi. Bunday bog‘lam germetik bog‘lam deyiladi.
Ko‘krak qafasini teshib kirgan yaralanishlar g‘oyat xavfli bo‘lib, yurak, aorta, o‘pka va boshqa organlar shikastlanishi mumkin. Bunday yaralanish og‘ir qon ketishi va shikastlangan kishining o‘lib qolishiga sabab bo‘ladi.
Ko‘krak qafasini teshib kirgan yaralanish muhim organlarga shikast yetmagan bo‘lsa ham hayot uchun xavfli bo‘ladi. Buning sababi shundaki, yaralanishda plevra jarohatlanadi, plevral bo‘shliqqa (o‘pkani o‘rab turuvchi) havo kiradi va pnevmotoraks avj oladi. Natijada o‘pka puchayadi, yurak joyidan suriladi, sog‘lom tomondagi o‘pka bosiladi va plevropulmonal shok deb ataladigan holat avj oladi.
Pnevmotoraks yopiq, ochiq va klapanli bo‘lishi mumkin. Yopiq pnevmotoraksda yaralanishdan so‘ng yara kanali yopilgunga qadar plevral bo‘shliqqa havo kirib turadi. Tushgan havoning miqdori uncha ko‘p bo‘lmaydi, shuning uchun o‘pka qisman tekislanmaydi.
O‘pka va bronxlar yaralanishi klapanli pnevmotoraksning rivojlanishiga olib keladi.
|
| |