• Stepanskiy usuli bo‘yicha “yonboshga qayriltirib” sun’iy nafas oldirish a – nafas olish; b – nafas chiqarish.
  • Silvestr usuli bo‘yicha sun’iy nafas oldirish




    Download 115,63 Kb.
    bet4/9
    Sana19.05.2024
    Hajmi115,63 Kb.
    #244245
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    dior.HHM2

    Silvestr usuli bo‘yicha sun’iy nafas oldirish. Jarohatlangan kishi chalqancha yotqiziladi va beliga (ko‘krakdan pastroqqa) kiyimlar shakll
    antirilgan yostiqcha qo‘yiladi. Bunda uning boshini orqaga engashtirib, ko‘krak qafasining pastki qismini yuqoriga ko‘tarib turish lozim va bosh yon tomonga buriladi.
    Yordam ko‘rsatuvchi kishi jarohatlanganning bosh tomonida cho‘kkalab o‘tiradi.
    Ikki qo‘li va tirsagidan ushlab, qo‘llarni yuqoriga ko‘taradi. Bir vaqtning o‘zida ularni orqaga yo‘naltirib, yon tomonga harakat qildiradi. Qo‘l barmoqlari yerga tekkizilgan bo‘lishi lozim. Bunday holatda ko‘krak qafasi kengayadi, nafas olinadi va jarohatlangan kishining qo‘llari tirsak bo‘g‘imida bukilib, ko‘krak qafasi pastki qismiga qaytarib qo‘yilgan holda bir necha soniya qattiq qilib bosiladi. Ko‘krak qafasining qisilishi tufayli nafas chiqariladi va bir daqiqada 16-18 marta nafas oldiriladi. Bunday usul bilan nafas oldirilayotganda jarohatlangan kishining tili orqaga ketib qolmasligi kerak.
    Agar jarohatlangan kishiga ikki kishi yordam ko‘rsatayotgan bo‘lsa, unda ular jarohatlanganning ikki tomoniga tiz cho‘kib o‘tiradida, tirsagidan ushlab, yuqorida ko‘rsatilganday harakatlantiradi.
    Agar sun’iy nafas oldirish jang maydonida dushman o‘qi ostida ko‘rsatilsa, Silvestr usuli o‘zgartirilgan holda amalga oshiriladi. Bunda yordam beruvchi jarohatlanganning yoniga yotib, yuqorida ko‘rsatilgan harakatlarni bir qo‘li bilan bajaradi.
    Silvestr usuli yordamida yotgan holda jang maydonida sun’iy nafas oldirish a – nafas olish b – nafas chiqarish
    Stepanskiy usuli bo‘yicha “yonboshga qayriltirib” sun’iy nafas oldirish usuli jang maydonida ko‘rsatilishi mumkin. Jarohatlangan qorni bilan yerga qarab yotqizilib, qo‘llari tana bo‘ylab cho‘zib qo‘yiladi. Qornining yuqori qismiga valik qo‘yiladi.
    Stepanskiy usuli bo‘yicha “yonboshga qayriltirib” sun’iy nafas oldirish
    a – nafas olish; b – nafas chiqarish.
    Yordam berayotgan jarohatlanganning yoniga yonboshlab, o‘ng yoki chap tomoni bilan yotadi. Pastki tomonda bo‘lgan oyog‘ining tizzasi bilan jarohatlanganning yelka qismini yerga qaratib bosadi va uning ko‘krak qafasini yon tomoniga tirab turadi. Yordam ko‘rsatuvchi tag tomonida turgan qo‘li bilan jarohatlanganning iyagidan ushlaydi. Boshini orqasiga egiltiradi va yelkasida turgan qo‘li (tirsak qismiga yaqinlashtirib ushlab turadi) bilan uning qo‘lini orqa va yuqoriga qarab itaradi. Qulay bo‘lishi uchun jarohatlanganning yelkasiga kamar bog‘lanadi va hosil bo‘lgan halqadan qo‘li bilan ushlab oladi. Yuqoridagi qo‘li bilan yelka qismini tortib, yonboshga o‘giradi va maksimal ravishda tirsaklarini bel tomonga yaqinlashtirishga urinadi.
    Bunday harakatda nafas olish jarayoni o‘tadi. Jarohatlangan o‘z holatiga qaytarilganda nafas chiqarish jarayoni amalga oshiriladi.

    Download 115,63 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 115,63 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Silvestr usuli bo‘yicha sun’iy nafas oldirish

    Download 115,63 Kb.