• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Fanlararo aloqadorlik ta'lim samaradorligini oshirish omili Zulayho Hakimova




    Download 18.58 Kb.
    Sana28.02.2024
    Hajmi18.58 Kb.
    #163931
    Bog'liq
    Tezis
    003 БЕМОРНИНГ ТИББИЙ БАЁННОМАСИ, Komptash, 2-kurs ad diplom oldi amaliyot, Лотин тили ва тиббий терминология, Fayziyev V amaliyot uslubiy ko\'rsatma pdf-fayllar.org, Amaliy ishi №4 cisco packet tracerda wan tarmog’ini loyihalash v, 1- amaliy mashg\'uloti Mavzu Tarmoq qurilmalari va kommunikasiya, 42.y.Bank-faoliyati-tahlili-oquv-qollanma-T.M.Qoraliyev-T.-2016y., 6-maruzaBFS., МИРЗО УЛУҒБЕК ТИТУЛЫ РУС, Tarmoqlanish jarayoni uchun ayrim misollar восстановлен, 1-deadline 730-22 GAYRATOV HOJIAKBAR, 8-mavzu. Miqdoriy analiz (3), 5-Mavzu. Uch fazali tok zanjirlari Reja

    Fanlararo aloqadorlik ta'lim samaradorligini oshirish omili
    Zulayho Hakimova Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 1-kurs doktoranti
    Hozirgi zamon axborot texnologiyalari asrida ilm o`rganish va uni ta`lim oluvchiga fan asoslarini yuqori darajada o`rgatish, shuningdek, olamni bir butunlikda anglashga va tasavvur etishda, tevarak-atrofda sodir bo‘layotgan voqealarni to`g`ri anglashda, ularning mohiyatini anglab oladigan yoshlarni tarbiyalashda fanlararo integratsiya alohida ahamiyat kasb etadi. Sir emaski, boshlang'ich sinflarda nutq madaniyatini shakllantirish bugungi kunda dolzarb masala hisoblanadi. Nutq to'g'riligi ustida ishlash, boshlang'ich sinf o'quvchilarining nutq madaniyatini takomillashtirish o'qituvchining o'quv-uslubiy faoliyatidagi asosiy yo'nalishlaridan biri sanaladi. Nutq madaniyatini shakllantirish masalasi uzoq o'tmish Sharq mutafakkirlari ijodida ham markaziy o'rin egallagan. Jumladan, buyuk mutafakkir Forobiy to'g'ri so'zlash, mantiqiy xulosalar chiqarish, mazmundor va go'zal nutq sohibi bo'lish haqida shunday deydi: - Qanday qilib ta'lim berish va olish, fikrni qanday ifodalash, bayon etish, qanday so'rash va qanday javob berishga kelganimizda, bu haqidagi ilmlarning eng birinchisi jismlarga, ya'ni substansiya (mustaqil, o'z-o'zidan mavjud) va aksidensiya (tasodifan namoyon)lariga ism beruvchi til haqidagi ilmdir deb tasdiqlayman. Ikkinchi ilm grammatikadir: u jismlarga berilgan ismlarni qanday tartibga solishni hamda substansiya va aksidensiyaning joylashishini va bundan chiqadigan natijani ifodalovchi hikmatli so'zlarni va nutqni qanday tuzishni o'rgatadi. Uchinchi ilm logikadir: u ma'lum xulosalar keltirib chiqarish uchun logic figuralarga binoan qanday qilib darak gaplarni joylashtirishni o'rgatadi, bu xulosalar yordamida biz bilmagan narsalarni bilib olamiz hamda nima to'g'ri va nima yolg'on ekanligi haqida hukm chiqaramiz. Nutq atamasi arabcha so'zdan olingan bo'lib, so'zlash, gapirish qobiliyati ma'nosini bildiradi. Tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi so'zlovchining til vositalaridan foydalanish jarayoni va shu jarayonning hosilasi. Boshlang’ich sinfda boshlang’ich sinf o’quvchilarining nutqiy kompetensiyalarini kuchaytirish eng asosiy vazifalardan biridir. Nutqda fikr shakllantiriladi, shu bilan birga, fikr nutqini yaratadi. Fikrni nutqiy shakllantirish uning aniq tushunarli, sof, izchil, mantiqiy bo‘lishini ta’minlaydi.
    Nutq - kishi faoliyatining turi, til vositalari (so‘z, so‘z birikmasi, gap) asosida tafakkurni ishga solishdir. Nutq o‘zaro aloqa va xabar funksiyasini, o‘zaro fikrni his-hayajon bilan ifodalash va ta’sir etish vazifasini bajaradi. Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatda kishining aktiv faoliyatining muhim vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi. O‘quvchi uchun esa nutq maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olish qurolidir. Agar o‘quvchi va uning tildan bajargan ishlari ko‘zda tutilsa, nutq o‘stirish deganda, tilni har tomonlama (talaffuzi, lug‘ati, sintaktik qurilishini, bog‘lanishli nutqni) aktiv amaliy o‘zlashtirish tushuniladi. Agar o‘qituvchi ko‘zda tutilsa, nutq o‘stirish deganda, o‘quvchilar tilning talaffuzi, lug‘ati, sintaktik qurilishi va bog‘lanishli nutqni muhim aktiv egallashlariga yordam beradigan metod va ish turlarini qo‘llash tushuniladi. O'quvchilarning nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirishda o'qituvchining darsga jiddiy yondashishi zarur ekanligi Sh.Sariyevning tadqiqot ishida yoritilgan. "O'qituvchining o'qish namunasiga ko'ra o'quvchilar to'g'ri, ifodali o'qishni o'rganadi. Darsda matnni o'qib berish uchun o'qituvchi puxta tayyorgarlik ko'rishi, mazmunni chuqurroq anglashga intilishi, matnning ayrim o'rinlari qanday o'qilishi lozimligini belgilab olishi lozim. O'qituvchi ayrim tovush, bo'g'in, so'zlarni qanday o'qish kerakligini izohlagach, o'quvchilar matnni navbat bilan o'qishadi. O'qituvchi ularni kuzatib, to'g'rilab boradi". O'qituvchi so'zni risoladagidek o'qishni, so'zlarni o'qish vaqtida intonatsiya va urg'uga e'tibor berishni, jumlalarning tarkibidagi leksik birliklar tiniq, ravon talaffuz qilishni o'rgatsa, o'quvchilarning o'qish texnikasini egallash faoliyati aktiv holatga o'zgaradi. O'qish texnikasini egallashda takror o'qish samara beruvchi nutqiy faoliyatdir. Bir marta o'qilgan matn o'quvchida yetarlicha tushuncha va bilim hosil qilmasligi mumkin. O'qish faoliyatining qiziqarli tashkil qilinishi ularni chuqur bilim egallashga yo'naltiradi. Muntazam kitob o'qish, ilmiy, badiiy adabiyotlarni mutolaa qilish muayyan motivlarni o'zida tarkib toptiradi. O'quvchilar leksikasini kengaytirish, uning o'z kechinmalarini yanada keng va xilma-xil ifodalashni o'zlashtirishi uchun imkoniyat yaratadi. Nutqni zamonaviy va to'laqonli rivojlantirish uchun atrofdagi odamlar bilan o'zaro hamkorlik bolaning muloqotga bo'lgan ehtiyoji tarkibini boyitishi zarur.
    Dars jarayonlarida fanlararo aloqadorlikdan foydalanish esa o’quvchilar nutqini o’stirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, fanlarda o’zlashtirilgan bilimlarning mustahkamlanishiga yordam beradi. Buni ona tili hamda ingliz tili fanlarining o’zaro integratsiya qilingan holatida yaqqol ko’rishimiz mumkin. Bilamizki, qaysi til o’rganilishidan qat’iy nazar o’z ona tiliga solishtirib o’rganiladi. Demak, ona tili va ingliz tili darslarini o’zaro bog’lab dars o’tish ancha samarali hisoblanadi. Masalan, biror grammatik tushunchani ingliz tili darsida tushuntirmoqchi bo’lsak bu mavzuni ona tili darsida o’tilganini eslatish kifoya. Shunda o’quvchilar qiyinroq bo’lgan grammatik mavzuni ham osos o’zlashtira oladilar.

    Foydalanilgan adabiyotlar:
    1. Muhammadiyeva.K. “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutq madaniyatini shakllantirish metodikasi”. Toshkent. 1995.
    2. Mirzayorov.L. “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilaring nutiqiy kopmetsiyalarini mustaqil ishlar orqali shakllantirish metodikasi”. Qashqadaryo.2022.
    3. Qurbonova.O. “O‘quvchilarning nutq ma'daniyati va nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirish”. Toshkent.2022.
    Download 18.58 Kb.




    Download 18.58 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fanlararo aloqadorlik ta'lim samaradorligini oshirish omili Zulayho Hakimova

    Download 18.58 Kb.