|
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
|
bet | 127/156 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 27,19 Mb. | | #106725 |
Bog'liq namunaMavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. O‘tkazgich materiallarning xossalarini ifodalaydigan asosiy ko‘rsatkichlar nimalardan iborat ?
Javob: 1.solishtirma qarshilik) yoki solishtirma o‘tkazuvchanlik qarshilikning harorat koeffitsienti
2.issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti (T);
3.kontakt potentsiallar farqi va termoelektr yurituvchi kuch (TEYK);
4.elektronlarning metalldan chiqish ishi;
5.cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi (r) va uzilish oldidagi nisbiy cho‘zilish (l/l)
2. Metallarda solishtirma o‘tkazuvchanlik nimaga bog‘liq bo‘lmaydi?
Javob: Metallarda solishtirma o‘tkazuvchanlik elektr maydoni kuchlanganligiga bog‘liq bo‘lmaydi.
3. Joul-Lens qonuni nimalarni izohlab beradi?
Javob: Joul-Lens qonuni keltirib chiqarilgan, ya’ni metallarda elektr o‘tkazuvchanlik va elektr energiya isrofi tushuntirib berilgan. Bundan tashqari, mazkur qonun metallarning elektr va issiqlik o‘tkazuvchanliklari orasidagi bog‘lanishni ham izohlaydi
4. Ikki metallni birgalikda eritilsa ulardagi sodir bo‘ladigan o‘zgarishni tushuntirib bering?
Javob: Ikki metallni birgalikda eritib, so‘ng sovitilsa, ular kristallanadi va bir metall atomlari ikkinchisining kristalli panjarasiga kiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
A.X.Sulliyev, I.M.Bedritskiy, O.T.Boltayev “Elektrotexnika materiallari” Toshkent-2017 (169-174 bet).
Internet sayitlari
1. w.w.w.tsts.uz
2. w.w.w. abt.uz
3. w.w.w.scbist.orj
4. w.w.w.Wikipedia.
5. www.magistral.ru
16-Mavzu: O‘tkazuvchanlik xususiyati yuqori bo‘lgan materiallar
Reja:
1. O‘tkazuvchanlik xususiyati yuqori bo‘lgan materiallar turlari
2. Alyuminiy materiallari
3. Mis materiallari
Mashg‘ulot maqsadi: O‘tkazuvchanlik xususiyati yuqori bo‘lgan materiallarni o‘rganish.
1-reja: O‘tkazuvchanlik xususiyati yuqori bo‘lgan materiallar turlari
Elektr o‘tkazuvchanligi yuqori bo‘lgan materiallarning solishtirma qarshiligi nisbatan kichik bo‘ladi. O‘tkazgichdan tok o‘tayotganda bunday materiallarda energiya isrofi ham ancha kam bo‘ladi. Ana shunday xususiyatlar tarkibida qo‘shimchalar bo‘lmagan sof metallarga xosdir.
3.12-rasm. Metall solishtirma qarshiligini haroratga bog‘liqligi
Kumush solishtirma qarshiligi eng kichik (r=0,016 mkOm) metalldir. Kumushning oksidlanishga chidamliligi yuqoridir. Kumushning narxi yuqori bo‘lganligi sababli, undan faqat noiloj hollardagina foydalaniladi.
Elektr texnikada qo‘llaniladigan asosiy o‘tkazgich materiallaridan biri mis hisoblanadi. U tabiatda keng tarqalgan material bo‘lib, mexanik mustahkamlikka va yaxshi o‘tkazuvchanlikka egadir. Misning qiymati kumushnikiga nisbatan biroz yuqoridir.Elektr texnikada asosan “Elektrolitik” misdan foydalinadi.
Metallning solishtirma qarshiigi
3-reja:Mis materiallari
Bunday mis elektroliz usuli bilan yaxshilab tozalanish natijasida uning tarkibidagi qo‘shimchalar miqdori 0,05-0,07% dan ortmaydi. Xalqaro standartga muvofiq tozalangan misning normal sharoitdagi solishtirma o‘tkazuvchanligi 58mkSm/m, ya’ni =0,017241 mkOmm bo‘lishi kerak.
Sanoat sharoitida mis sim ishlab chiqarish jarayonida qattiq mis(QM) uchun
0,0178 mkOmm, yumshog‘i (YuM) uchun 0,0175 mkOmm qilib olingan. Ushbu simning mexanik xossalari quyidagi jadvalda keltirilgan.128
Agar metallning rqiymati katta val/l qiymati kichik bo‘lsa, zarur mexanik mustahkamlikni ta’minlash uchun materialning kesim yuzasini kichikroq olsa ham bo‘ladi. Tozalangan mis simlarni tayyorlashda metallning mexanik xossalari hisobga olinadi. Qattiq misning egiluvchanlik chegarasi 300 MPa ga to‘g‘ri keladi, bu esa mazkur metalldan elektr o‘tkazuvchi prujina tayyorlash imkonini bermaydi. O‘tkazgich materiallarning mexanik xossalarini yaxshilash maqsadida mis qotishmalari (jez va bronza) dan foydalaniladi.
3.2-jadval
|
| |