Fanning ta’lim texnologiyasi " tasdiqlayman" O’quv-tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari




Download 27,19 Mb.
bet124/156
Sana27.11.2023
Hajmi27,19 Mb.
#106725
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   156
Bog'liq
namuna

Sitollar

Sitallar kristall strukturali anorganik material bo‘lib, maxsus tarkibli shishani kristallash orqali olinadi (“sitall” so‘zi “silikat” va kristall so‘zlarining qisqartmasidan iborat. Sitallning kristall fazasi tayyorlanish sharoitiga qarab 90- 95% ni tashkil etadi. Bunda kristall o‘lchamlari 1-2 mkm dan ortmaydi.
Kristall fazali sopoldan farqli o‘laroq, sitall shisha qotishmalaridan hosil bo‘ladi va mayda donador (kristall o‘lchami 1 mkm, sopolnikida esa 20-25 mkm) tarkibga ega bo‘lib, material hajmida havo bo‘shliqlari bo‘lmaydi. Sitalldan mahsulot ishlab chiqarish usullari xuddi shishaniki kabi bo‘ladi. Sitall olish uchun arzon bo‘lgan tog‘ jinslari, shlak kabi xomashyolar talab etiladi. Quyidagi tarkibli sitallar eng ko‘p tarqalgan:

  1. litiy-alyumosilikatli (Li2O-Al2O3-Si O2);

  2. magniy-alyumosilikatli (MgO-Al2 O3-SiO2);

  3. litiy-ruh-silikatli (Li2O-ZnO-SiO2);

4).litiy-magniy-silikatli (Li2O-MgO-SiO2) va boshqalar.
Sitallarning metall bilan yaxshi birikishi, dielektrik xossalari va issiqqa chidamliligining yuqoriligi, ularning mikromodulli bosma shemalar asosida qo‘llash imkonini beradi. Alangaga chidamliligi, yaxshi mexanik xossalari, yuqori darajali radioshaffofligi tufayli sitallni aylanadigan antenna o‘tkazgichlarda ishlatish mumkin.
3-reja: Slyuda va slyudali materiallar
Slyuda tabiiy va sintetik turlarga bo‘linadi. Tabiiy slyuda kristall strukturali, qatlamli tuzilishga ega mineraldir. Slyuda juda yaxshi dielektrik xossalarga, egiluvchanlikka va mexanik mustahkamlikka ega kimyoviy chidamli hamda issiqbardosh mineraldir. Kimyoviy tarkibi bo‘yicha slyudaning turli xillari suvli alyuminiy silikati va ishqorli metall birikmalaridan iborat anizatrop materialdir. Slyuda kristallarida kislorod va kremniy hamda elementar qatlamlarni tashkil etuvchi alyuminiy va magniy ionlari o‘zaro mustahkam bog‘langandir. Shu sababli, slyuda elektr maydon kuch chiziqlari yo‘nalishida yuqori dielektrik xossalarga ega. U yupqa qatlamli, o‘ta egiluvchan, yonmaydigan mineraldir. Texnikada tabiiy slyudaning ikki turi: muskovit va flogopitdan foydalaniladi.
Slyuda tabiatda juda kam ychraydigan qimmatbaho materialdir. Uning qatlam bo‘yicha elektr izolyatsiya xossalari juda past, solishtirma hajmiy qarshiligi 106108 Omm qiymati muskovitda 1116, flogopitda 2346 atrofda bo‘ladi. Slyudaning elektr o‘tkazuvchanligiga namlik va harorat kuchli ta’sir etadi. Slyuda qayta ishlanib, undan mikanit, mikanitli tasma va mikafoliy ishlab chiqariladi. Ularni tayyorlash uchun qalinligi 545 mkm li slyuda ishlatilib, ularning yuzasi 46 sm2 dan 5065 sm2 gacha o‘zgartiriladi.
Slyudaning erish harorati 11451400C atrofida bo‘lib, mazkur mineralning suvsizlanishi: muskavitda 200600C, flogopitda esa 800900C da ro‘y beradi.119
Slyudaning qutblanishi, asosan, ionli bo‘ladi. Issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti muskovitda 0,44 Vt/mK, flogopitda 0,51 Vt/mK.
Mikanit-varaqsimon slyudali material bo‘lib, u o‘z navbatida argonik (gliftal) lok yoki anorganik bog‘lovchi modda (eruvchan shisha) yordamida tayyorlanadi.
Mikanit asosan kollektorli (elektr mashina kollektrlarida), quyma (elektr mashina kollektor konusida), egiluvchan (elektr mashina izolyatsiyasida) va qistirmali turlariga bo‘linadi.



Download 27,19 Mb.
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   156




Download 27,19 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fanning ta’lim texnologiyasi " tasdiqlayman" O’quv-tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari

Download 27,19 Mb.