Fanning ta’lim texnologiyasi " tasdiqlayman" O’quv-tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari




Download 27,19 Mb.
bet123/156
Sana27.11.2023
Hajmi27,19 Mb.
#106725
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   156
Bog'liq
namuna

2-reja:Sopol materiallar
Sopol - toshsimon anorganik material bo‘lib, anorganik plastmassa yoki uning kukuniga yuqori haroratda ishlov berish orqali olinadi. Sopol materiallarda, asosan, kristall, shishasimon va gaz fazalari bo‘ladi.
Kristall faza sopolning asosiy xossalari (r, TK, tgδ, ET, ,σ va hokazolar) ni aniqlaydi. Bu faza, asosan, kislorodli birikma va ularning qattiq qotishmalari (SiO2, TiO2, ZrO2 va hokazo) yoki kislorodsiz birikma (Nb, N, Si, NAl) lardan iboratdir.
Qo‘llanilishi bo‘yicha sopol quyidagi turlarga bo‘linadi: o‘rnatiluvchi buyumlarda ishlatiladigan sopollar; kondensatorda ishlatiladigan sopollar;
signet sopoli; pyezosopollar.
O‘rnatiluvchi buyumlarda qo‘llaniladigan, rning kichik qiymatlariga ega materiallar: BaO-Al2O3-SiO2; MgO-Al2O3-SiO2; CaO-Al2O3-SiO2; ZrO-Al2O3- SiO2.
Kondensatorlarda qo‘llaniladigan r ning yuqori qiymatlariga ega sopol materiallar: ZrO2-TiO2; CaZrO3-CaTiO3; MgTiO4-CaTiO3; CaSnO3-CaZnO3- CaTiO3.
Pyezoelektrik va segnetoelektriklar uchun qollaniladigan materiallar: BaTiO3- SrTiO3-CaTiO3; BaTiO3-BaZrO3, MaTiO3-BaSnO3; SrTiO3-Bi2 O3∙3TiO2.
Sopolning shishasimon fazasi - kristall fazalarni o‘zaro boglaydigan qatlamdir. U sopolning pishishiga imkon yaratishi bilan birga, materialning mexanik mustahkamligini ham oshiradi. Shishasimon fazaning miqdori materialning texnologik xususiyatlari (pishirish harorati, plastiklik) bilan aniqlanadi. Bu faza miqdorining oshirilishi materialning mexanik mustahkamligini ko‘taradi.
Plastik bo‘lmagan sopol xossalarini barqarorlashtirish va cho‘kishini kamaytirish maqsadida uni pishirish ikki bosqichda (dastlabki va oxirgi holatlarida) o‘tkaziladi. Shu sababli, sopol ishlab chiqarish quyidagi ketma- ketlikda bajariladi:

  1. xomashyoni tayyorlash jarayoni (o‘lchash, maydalash, birikmalarni aralashtirish, ulardan briket tayyorlash).

  2. briketlarni dastlabki pishipish.

  3. briketlarni maydalash, unga plastifikator (parafin, yelim) qo‘shish.

  4. detallarni qoliplash.

  5. So‘nggi bosqichdagi pishirish.

Kondensator sopoli uchun r yuqori qiymatiga ega bo‘lishi kerakligi sababli, uning kristali asosida rutil, titanat, sirkonat, ishqorli metall stannatlari qo‘llaniladi.
Yuqori chastotali kondensator sopoli vazifasiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: 1) o‘zgaruvchan sig‘imli kondensator sopoli (r=150-230; TK=(3300- 1400)∙10-6 grad-1; termokompensatorli kondensator sopoli (r=35-95; TK=(750150)∙10-6). 3) termostabil kondensator sopoli (r=12-48; TK=(-75- 33)∙10-6 grad-1.
Kondensatorning vazifasiga qarab uning konstruksiyasi turlicha bo‘lishi mumkin. Ular gazsimon, dielektrikli (havoli, gaz to‘latilgan, vakuumli), qattiq anorganik dielektr materialli (slyudali, shishali, sopolli, shisha emalli, shisha
sopolli), qattiq organik dielektrik materialli (qog‘oz, lavsan, polistirol, polipropilen, (ftorplast-pardali va hokazo) va oksid izolyatsiyali (alyuminiy yoki tantal oksidli metalloksidli) turlarga bo‘linadi.


    1. Download 27,19 Mb.
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   156




Download 27,19 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fanning ta’lim texnologiyasi " tasdiqlayman" O’quv-tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari

Download 27,19 Mb.